Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eshituv agnoziyasi
Agnoziya. Bilish funktsiyasining buzilishi agnoziya (grekcha gnozis - bilish
so`zidan) deb ataladi. Agnoziyaning bir qancha turli formalari, masalan, ko‗ruv, eshituv, taktil agnoziyalar bor. Ko‗ruv agnoziyasi buyumni tanimaslikda namoyon bo`ladi. Ko‗ruv agnoziyasi (optik agnoziya) bo`lgan odam buyumlarni kuradi, qoqilmasdan ularni aylanib utadi-yu, ammo tanimaydi; u buyumni tanimoq uchun paypaslab tekshirishi yoki tovushini eshitishi kerak Optik agnoziya ko`pincha miya ensa bo`laklarining zararlanishiga bog‗liq. Eshituv agnoziyasi Buyumlarni chiqaradigan tovushidan tanimaslikda namoyon bo`ladi. Bemor tovushni eshitadi-yu, uni tovush chiqaruvchi muayyan jismga bog‗lamaydi. Eshituv agnoziyasi bo`lgan bemor bong tovushini yoki shaldirab to`shayotgan suv tovushini tanimasligi mumkin, ammo bongni tashqi kurinishiga qarab, suvni unga qul botirib xis qiladigan sezgisiga qarab darrov taniydi. Eshituv agnoziyasi odatda miyaning chakka bo`lagi zararlanganda ko‗zatiladi. Eshituv agnoziyasida nutqni idrok etish funktsiyasi buziladi. Taktil agnoziya buyumning tegib to‗rganini bemor xis qilgani xolda uni paypaslab tanimasligida namoyon bo`ladi, binobarin, taktil agnoziyada bemorning oddiy taktil sezgilari saqlanib to‗radi. O‗ng yarim sharning emas, balki ko`pincha chap yarim sharning yuqoridagi tepa bo`lagi zararlanganda taktil agnoziya ko‗zatiladi. Apraksiya. Apraksiya (grekcha praksis - ish, harakat so`zidan) muayyan maqsad yo`lida ish kurish, masalan, iroda bilan muayyan harakat qilishning buzilishida namoyon bo`ladi. Masalan, apraksiya bo`lgan bemor ko`pincha gugurt chaqa olmaydi, qulini qimirlatib, salomlasha olmaydi, non kesolmaydi va hokazo. Ayni vaqtda quli falaj bo‗lmay, ayrim oddiy harakatlarni bajara oladi - qulini 336 istagan bug‗imidan buka va yoza oladi. Bemor qiladigan ish-harakatini tushunishi, ammo shu bilan birga maqsadga muvofiq harakatni bajara olmasligi apraksiyaga harakterli. Apraksiyada harakat qilish tashabbusi keskin darajada susayadi, shuning oqibatida ixtiyoriy harakatlar kamayadi. Afaziya. Agnoziya va apraksiyalar ko`pincha nutq buzilishi bilan birga ko‗zatiladi, ba`zan sof formada ham uchrab, nutq buzilishidan tashqari, buyumni tanish va harakat funktsiyalarining buzilishi bilan davom etmaydi. Nutq buzilishi afaziya deb ataladi. Uning bir necha turi bor. Harakat (motor) yoki peshona afaziyasi yoki Brok afaziyasi boshqa to‗rlardan ertaroq tasvir etilgan. Bunda bemor nutqni tushinishi mumkin, lekin o`zining nutqi goyat qiyinlashgan yoki butunlay gapira olmaydigan bo`ladi, Biroq afaziyasi og‗ir bo`lsa, bemor ta-ta, ne, ni va shunga o‗xshash ayrim tovushlarni qichqirib va sekin ayta oladiyu, biron so`zni ham bemalol ayta olmaydi. Motor afaziya bilan bir vaqtda xat yozish buziladi (agrafiya) va xatni ovoz chiqarib o‗qib bo`lmaydi, lekin bemor o‗qigan narsasini tushunishi mumkin. Motor afaziya chap yarim sharning pastdagi peshona pushtasi zararlanganda kelib chiqadi; ozgina kishilarda (chapaqaylarda) ung yarim sharning tegishli qismi zararlangan bo‗lishi mumkin. Nutq funktsiyasi buzilishining ikkinchi formasi - sensor yoki chakka afaziyasi, yoki Vernike afaziyasi nutq idrok etishning buzilishi bilan ta`riflanadi. Sensor afaziyali bemor nutqni tushunmaydi. ayrim so`zlarni eshitmaydi, so`zlash qobiliyati saqlanish bilangina qolmay, hatto sergaplikda namoyon bo`ladi. Sensor afaziyada bemor uz nutqini idrok eta olmasligi tufayli so`zlarni ko`pincha bo`zib aytadi va uning uzluksiz nutqi mutlaqo tushunilmaydigan bo‗lishi mumkin. Sensor afaziya bilan bir vaqtda aleksiya (ya`ni ovoz chiqarmasdan yoki ovoz chiqarib uqish qobiliyatining buzilishi) va amo`ziya (ya`ni mo`zikani idrok etish qobiliyatining buzilishi) ham uchraydi. O‗naqaylarda chap yarim sharning birinchi chakka pushtasi zararlanganda sensor afaziya kelib chiqadi. Afaziyaning maxsus turi- amneziya yoki tepa amneziyasi, amnestik afaziya ayrim so`zlarni, ko`pincha ot, nomlarni unutib quyish bilan ta`riflanadi. Amneziya bo`lgan bemor nima haqida gapirmoqchi ekanligini biladi-yu, ko`pincha zarur so`zni esiga tushirolmaydi va buyumning nomini atash uchun uni uzundan-uzoq tasvirlashga majbur bo`ladi. Afaziyaning bu formasida chap tomondagi pastki tepa pushta zararlangan bo`ladi. Bu pushta zararlanganda ko`pincha agnoziya va apraksiyalarning boshqa simptomlari, jumladan, sanay olmaslik-akalkuliya ham ko‗zatiladi.Bir qancha ko‗zatishlarga asoslanib, buyumni tanish, maqsadga muvofiq ish kurish va nutq protsesslarida tepa sohasining orqadagi qismi va peshananing oldingi pushtasi maxsus rol uynaydi, deb faraz qilinadi. 337 Miya po‗stlog‗idan ba`zi qismlarining zararlanishi ikkinchi signal sistemasining funktsiyalariga ayniqsa ko`p ta`sir etadi, garchi shunday bo`lsa ham, miyaning hatto bir-biridan ancha uzoqdagi ko`p qismlari zararlanganda har qanday murakkab funktsiya (tanish, matseadga muvofiq ish kurish, nutq, yozish, o‗qish, sanash) buzilishi mumkinligini A. R. Luriya va boshqa tadqiqotchilar ko`rsatib berishgan. Shu bilan birga miya po‗stlog‗idan biror qismining zararlanishi oqibatida aksari bitta funktsiya emas, balki bir qancha funktsiyalar buziladi. Shunday qilib, ikkinchi signal sistemasi muayyan funktsiyalarining markazlari haqida juda shartli qilib gapirish mumkin, xolos, Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling