Va oliy nerv faoliyati


G. Gelmgoltsning qarashlari va simvollar nazariyasi"


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

G. Gelmgoltsning qarashlari va simvollar nazariyasi". XIX asrning eng 
yirik tadqiqotchisi G. Gelmgolts ham boya aytilgan qarashlarni qisman 
quvvatlagan edi. Gelmgolts materialist bo`lsa-da, izchil materialist emas edi. Lenin 
antganidek agnostitsizmga va kantchilikka moyil bo`lgan simvol materializm, yoki 
yarim materializmning namoyandasi edi. Gelmgolts quyidagilarni yozgan edi: 
"Men sezgilarni tashqi hodisalarning simvollari deb belgiladim va bu 
simvollarning ular timsol qilib ko`rsatadigan narsalarga qanday bo`lmasin 
o‗xshashligini rad qildim. Sezgilarimizning sifati bu sezgini tug‗dirgan tashqi 
ta`sirning xossalarini bizga bildirib to‗rganligidan, sezgi ta`sirning tasviri emas, 
balki belgisi deb hisoblanishi mumkin, chunki tasvir aks ettiriluvchi buyumga bir 
qadar o‗xshash bo‗lmog‗i kerak Belgining esa belgilangan buyumga o‗xshash 
bo‗lishi mutloqo shart emas". 
Shu bilan birga Gelmgolts materialist filosoflarga ergashib, tashqiolamning 
real ob`ektiv mavjudligini e`tirof etibchiqdi va tushuncha va tasavvurlarimiz 
o`zimiz kuradigan yoki tasavvurimizga keltiradigan buyumlarning nerv 
sistemasiga va ongimizga ko`rsatadigan ta`sirlaridir", deb xisoblanadi. I. 
Myo‗llerning qarashlarini va simvollar, yoki shartli belgilar nazariyasini 
materialist filosoflar haqqooniy ravishda qattiq tanqid qilishdi. 
Sezgilarni tashqi olamning ob`ektiv realligi in`ikosi sifatida materialistik 
tushunish. Sezgi izchil materializm nuqtai nazaridan ob`ektiv olamning sub`ektiv 
obrazidir. "Sezgi, - deb yozgan edi V. I. Lenin, - ongning tashqi olam bilan 
xaqiqatanan bevosita bog‗lanishidir, tashqi ta`sirlanish energiyasining ong faktiga 
aylanishidir". Ob`ektiv reallik - harakatdagi materiya ongimizga bog‗liq bo`lmagan 
holda mavjuddir. Retseptsiya organlari yetkazib beradigan axborot tufayli bu 
materiyaning xossalari ongimizda aks etadi. 


341 
"Sezgilarimiz ob`ektiv reallikni, ya`ni insoniyatga va inson sezgilariga bog‗liq 
bo`lmagan holda mavjud bo`lgan narsani aks ettiradi" (V. I. Lenin). Sezgilar 
qandaydir abstrakt simvollar yoki belgilar emas. Ular narsalarning ob`ektiv 
xossalarini aks ettiradi, ularning bir qadar aniq suratlarini, tasvirlarini beradi. 
Uning fikricha, "surat hech qachon model bilan tula-tukis tenglasha olmasligi 
shubxasizdir, ammo surat bir masala-yu, simvol, "shartli belgi" boshqa masaladir. 
Surat bo`lgan yerda "surati aks ettiriluvchi" narsaning zaruran va muqarrar 
ravishda ob`ektiv realligi bo‗lmogi kerak"Shartli belgi", simvol, iyogroglif 
mutloqo kerak bo`lmagan agnostitsizm elementini to‗ldiruvchi tushunchalardir". 
Fanning butun tarixi va odamzodning butun praktikasi agnostitsizmni, ya`ni 
olamni bilish mumkinligini inkor etishni rad qiladi va olamni bilish mumkinligini 
tasdiqlaydi. 
Praktika - sezgi va idroklarimiz to‗g‗rnligini ko`rsatuvchi kriteriy. Inson o‗z 
retseptorlari bilan dunyo haqida axborot olib, uni analizator apparatlarning jami 
yig‗indisi, asosan bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗i bilan qayta ishlab 
olinayotgan axborotning to‗g‗riligini o‗z faoliyati, hayot praktikasi bilan tekshirib, 
dunyoni bilib oladi. Retseptorning ta`sirlanishi va markaziy nerv sistemasi oliy 
bo‗limlarining qo‗zg‗alishi natijasida kelib chiqqan sezgilar va idroklarning 
to‗g‗riligini praktika (odamda ijtimoiy praktika) kontroli ta`minlaydi. 
Sezgi va idroklarning to‗g‗rnligini ta`minlash uchun bir retseptsiya 
organlarining ko`rsatishlarini ikkinchi retseptsiya organlarining kursatishlari bilan 
taqqoslash 
katta 
ahamiyatga 
egadir. 
Masalan, 
buyumlarning 
kattaligi, 
qanchamasofada ekanligi, ularning harakati yoki tinch to‗rganligi ko‗ruv, tuyg‗u va 
muskul sezgisi organlaridan bir vaqtda impulslar kelib turishi tufayli idrok etiladi. 
Bola o`zi oladigan axborotning to‗g‗riligini yoshligidan uz faoliyati bilan tekshirib, 
bir butun qilib birlashtiradi, katta yoshli odam tashqi olam haqidagi idroklarning 
to‗g‗rligiga shuning uchun mahkam ishonadi. Sezgi organ-lari yetkazib beradigan 
axborotni baholashda praktikaning rolini shu bilan ko`rsatish mumkin: ko‗zning 
optik sistemasi to‗r pardada tunkarilgan tasvir bersa ham, biz uni tuppa-tugri idrok 
etamiz. Buning sa-babi shuki, "yuqori" va "past" tushunchasi ko‗z yetkazib 
beradigan axborotni ogirlik kuchining ta`siri, gavdaning fazodagi vaziyati va shu 
kabilarni sezadigan boshqa retseptorlarning yetkazib bergan axborotiga solishtirib 
kurish natijasi hisoblanadi. Ko‗ruv sezgilarini to‗g‗ri baxolash imkoniyatini 
belgilab quyadigan asosiy mezon odamning amaliy faoliyatidir. 
Stratton 8 kungacha ko‗zoynak taqqan, bu ko‗zoynak tashqi buyumlar-ni 
tuntarib ko`rsatgan, ya`ni ularning tasviri to‗r pardaga tuppa-to‗g‗ri tushgan. 
Eksperimentator avval "yuqori" ni "past" bilan aralash-tirib yuborgan, lekin 
keyinchalik unda yangi praktika tufayli sekin-asta to‗g‗ri idrok vujudga kelgan, 
pastdagi yoki yuqoridagi buyumlarning tasviri to‗r pardaga garchi tuppa-to‗g‗ri 


342 
tushsa ham, ular yana to‗g‗ri idrok etila boshlagan. Ko‗zoynak olib quyilgandan 
keyin hambir necha vaqt yana tuntarilgan olam sezgisi paydo bo`lgan. 
Shunday qilib, miyaga hamma afferent yo‗l lar orqali keluvchi signallarning 
o`zaro ta`sir etishi tevarak-atrofdagi olamning aniq idrok qilinishini, uning 
kompleks (yig‗indi xolida) tasavvur qili-nishini ta`minlaydi. Ayni vaqtda markaziy 
nerv sistemasining oliy bo‗limlarida - bosh miya po‗stlog‗ida - afferent impul'slar 
shu payt-da miya pustlog‗‘iga keluvchi boshqa afferent impul'slar bilangina emas, 
balki 
ilgarigi 
ta`sirotlarning 
izlari, 
ya`ni 
organizmga 
ta`sir 
etgan
ta`sirlovchilarning markaziy nerv sistemasida qolgan izlari bilan ham o`zaro ta`sir 
etadi. Bu o`zaro ta`sir fazodagina emas, vaqtda ham ruy beruvchi xodisalarga baho 
berilishini ta`minlaydi. SHu tariqa tevarak-atrofdagi voqelikning miyada to‗g‗ri 
aks etishi uchun shart-sharoit vujudga keladi. Tabiat va jamiyatni bilish hamda 
o`zgaruvchan odamzodning erishgan muvaffaqiyatlari, fan va texnika yutuqlari 
odamning sezgi organlari yordamida oladigan va bosh miya katta yarim sharlar 
po‗stlog‗ida analiz qilinadigan axboroti to‗g‗riligini, aniqligini, ob`ektiv reallikka 
moslignii tasdiqlovchi eng -yaxshi dalil bo‗lib xizmat qiladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling