Va oliy nerv faoliyati
Harakat malakalarini hosil qilishning fiziologik mehanizmlari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Harakat malakalarini hosil qilishning fiziologik mehanizmlari.Katta
yarim sharlar po‗stlog‗ida vaqtincha aloqalarning vujudga kelishi va mustahkamlanishi mashq qilish natijasida avtomatlashgan harakat aktlarini, ya`ni harakat malakalarini hosil qilishga asoslanadi. Odamning hayot va faoliyat davrida hosil qiladigan malakalari juda ko`p. Tikka turish ham, yurish ham, yugurish ham, mehnat va sportdagi har xil harakatlar ham harakat malakalariga kiradi. Malakalarni hosil qilishda miya po‗stlog‗ining effektor - piramidal neyronlari bilan harakat analizatori va boshqa analizatorlarning po‗stloqdagi sensor hujayralari o`rtasida neyronlararo vaqtincha aloqalar vujudga keladi. Bunday aloqalarning vujudga kelish mexanizmini quyidagicha tasavvur etish mumkin.Odam va yuksak darajadagi hayvonlarda miya po‗stlog‗idagi piramidal neyronlarning shartli yoki shartsiz refleks yo`li bilan qo‗zg‗alishi oqibatida harakat vujudga keladi. Shu bilan birga har bir harakat vaqtida miya po‗stlog‗iga harakat apparatining proprioretseptorlaridan, shuningdek mazkur harakat natijalarini, ya`ni ish effektlarini idrok etishda qatnashuvchi ko`pgina gavda retseptorlaridan afferent impulslar oqimi kelib turadi. Miya po‗stlog‗idagi motor zona neyronlari bilan boshqa turli zonalardagi neyronlarning qo‗zg‗alishi takror qo‗shilavergach (harakat va uning natijasida 322 kelib chiqadigan afferent impulslar turli zonalarga boradi), vaqtincha aloqalar vujudga keladi. Bu aloqalar ixtiyoriy harakatlarni, ya`ni muayyan natijaga erishish yo`lidagi harakatlarni bajarish imkoniyatini tug‗diradi. Hayvonning harakati, masalan, oyog‗ini ko‗tarishi yoki richagni oyogi bilan bosishi natijasida u ovqat yesa va bu effekt bir necha marta takrorlansa, harakat analizatorining po‗stloqdagi hujayralari (skelet muskullari, burimlar va boylamlarning retseptorlaridan afferent impulslar oladigan po‗stloq hujayralari) bilan ovqatlanish markazining hujayralari o`rtasida vaqtincha aloqalar vujudga keladi (Yu. M. Konorskiy). Shu aloqalar vujudga kelishi tufayli hayvon miya po‗stlog‗ining ovqatlanish markazi quzg‗alganda u hargal oyog‗ini ko‗taradi yoki richagni oyog‗i bilan bosadi. Hayvonga odatda qanday sharoitda ovqat berilsa, o`sha sharoit ta`sirida yoki ilgari shartsiz ovqatlanish ta`siroti bilan mustahkamlangan har xil shartli signallar ta`sirida shunday holatni itda tajriba yo`li bilan yuzaga chiqarish mumkin. Xuddi shuningdek odam qo‗lining harakati - knopkani bosishi natijasida xonada chiroq yonsa, harakat analizatori bilan ko‗ruv analizatorining neyronlari o`rtasida, ya`ni o`sha harakat va uning natijalarini idrok etuvchi neyronlar o`rtasida vaqtincha aloqalar vujudga keladi. Shuning uchun ham odam qorong‗i xonaga kirganda chiroqni yoqish uchun viklyuchatel knopkasini bosadi va shunga o‗xshash hayvonlar va odam yashaydigan tabiiy sharoitda harakat malakalari ko`pincha sinab ko‗rish va yanglishish metodi bilan, ya`ni sinab qidirish harakatlari natijasida hosil bo`ladi. Quyidagi tajribani ko‗zdan kechiraylik och it qafasga qamab qo‗yilgan, qafasning eshigi faqat oyoq bilan bosib ochilishi mumkin. Eksperimentator qafas oldidan bir muncha nariga bir parcha kolbasa qo‗yadi, shunga ko‗ra hayvonning miya-po‗stlog‗idagi ovqatlanish markazi shartli refleks yo‗li bilan qattiq qo‗zg‗aladi. It qafas chiviqlari orasidan tumshug‗ini suqib kolbasani olishga urinadi.muddosiga yetolmaydi. Shundan keyin u oyoqlaridan birini kolbasaga yaqinlashtirmoqchi bo`lib, qafas chiviqlarining orasiga suqadi. Bu ham natija bermaydi hayvon qattiq qo‗zg‗aladi, keyingi oyoqlari bilan tikka turib, eshikchani butun gavdasi bilan itaradi, ayni vaqtda it tasodifan lukidonni bosadi, lukidon burilib, eshikcha ochiladi va it kolbasaga etishadi. Bunday tajribalar takrorlanganda hayvon ovqatga etishish uchun zarur harakatni darrov bajaradi. Bunday harakat malakasining vujudga kelish mexanizmi quyidagicha. Ovqatni ko‗rish va hidini sezish ovqatlanish markaziga qattiq ta`sir etganda qo‗zg‗alish ovqatlanish markazidan yarim sharlar po‗stlog‗ining sensomotor zonasnga (harakat analizatorining po‗stloqdagi uchiga) irradiatsiyalanadi, shu tufayli har xil qidirish harakatlari vujudga keladi. It bajaradigan ko`p harakatlardan faqat bittasi izlangan natijani beradi, ya`ni ovqatga yetishtiradi. Bu holda lukidonni ochish (harakat reaktsiyam) bilan bog‗langgan proprioretseptev 323 ta`sirotlar va ko‗ruv ta`sirotlari shartsiz ovqatlanish ta`siroti bilan birga bo`lgani uchun harakat hamda ko‗ruv analizatorining hujayralari bilan ovqatlanish markazining hujayralari o`rtasida vaqtincha aloqalar vujudga keladi, bular esa hayvonning keyinchalik shu harakat vazifasini darrov hal qilishiga yordam beradi. G‗oyat muhimi shuki,hayvon har bir yangi vazifani hal qilishda avvalo ilgari hosil qilgan harakat malakalaridan yoki ularni tashkil etuvchi ayrim komponentlaridan foydalanadi. Yo‗qorida ko‗zdan kechirilgan misolda qafas eshikchasini ochish usuli o`zgartirilsa.masalan lukidonni uni bosish yo`li bilan emas, balki ko‗tarish yo`li bilan ochiladigan qilib qo‗yilsa, it avvalo oyoq bilan bosishdan iborat eski usulni tatbiq etib ko‗radi, faqat keyinchalik bir necha behuda urinishdan keyingina, ya`ni avvalgi shartli reflektor harakat reaktsiyasi takror mustahkamlanmagach, boshqa sinov harakatlarini bajara boshlaydi. Odamda ham ko`pgina harakat malakalari sinash-qidirish harakatlari yordamida vujudga keladi. Bolada harakatlarning rivojlanishini ko‗zdan kechirib, bunga bemalol ishonish mumkin.Bola hayotining 4-5-oyida buyumni, masalan, ko‗z oldiga osib quyilgan ravshan rangli o‗yinchoqni ushlab olishga urinadi. Dastlab bu urinishlar xaotik betartib bo`ladi, chunki bolaning miya po‗stlog‗ida ko‗z va qo‗l harakatlarini uyg‗unlashtiradigan vaqtincha aloqalar hali yo‗q bola o‗yinchoqqa tikiladi, qo‗lini uzatadi, ko`p marta qo‗li yetmaydi va kafti uyinchoqqa tegib, uni ushlab olmaguncha shu ahvol davom etadi. Bunday harakatlarda dastlab butun gavda va yuz muskullari qatnashadi. Bola mashq qilgan sayin harakatlari tobora aniq bo`lib qoladi. U yanglish harakatlarni kamroq qilib, uyinchoqqa qo‗lini tegizadi va nihoyat, bola buyumga birinchi galdayoq qo‗l tegizishga urganadi. Ammo buyumni ushlash uchun kaft va barmoqlarni o`sha buyumga nisbatan to‗g‗ri ushlash kerak. Ammo, bolada bunday mahorat hali yo‗q. Bu gal ham zarur harakat malakasi vujudga kelmaguncha sinov- qidiruv harakatlarining yana bir butun seriyasi namoyon bo`ladi. Kichkina buyumlarni bosh barmoq bilan ishora barmoqni qarama-qarshi qo‗yib ushlab olish qobiliyati bolada kechroq taraqqiy etadi. Bolaning barqaror tikka turish, yurish, yugurish va shunga o‗xshash harakat malakalarini hosil qilishida ham, sinov-qidiruv harakatlarini bajarish yo`li bilan vaqtincha aloqalar hosil qilish mexanizmi muhim rol o‗ynaydi. Gavda muvozanatini yoki uning fazoda siljishini ta`minlaydigan harakatlar mustahkamlanib qoladi, gavda muvozanatiga halal beradigan yoki gavdaning siljishiga yordam bermaydigan harakatlar esa tormozlanadi.Harakatning o`zi yoki natijasi vujudga keltiradigan afferent impulslar shartli qo‗zg‗alishni avtomatik ravishda mustahkamlab to‗rar ekan, vaqtincha aloqalar saqlanaveradi.Harakat biron sabab bilan avvalgiday foydali natija bermasa, ya`ni shartli qo‗zg‗alish 324 shartsiz ta`siroт bilan mustahkamlanmasa, faqat shundagina vaqtincha aloqalar tormozlanadi. Har xil ixtiyoriy harakatlarni analiz qilish shunday xulosaga olib keladi harakatning istalgan natijasi olinganda afferent impulslar boradigan po‗stloq hujayralarining komplekti ixtiyoriy harakatlarning har biri boshlanishidan shartli refleks yo`li bilan qo‗zg‗aladi hujayralarning shu kompleksiga P.K. Anoxin harakat aktseptori, deb nom bergan. Harakat aktseptori hujayralarining shartli refleks yo`li bilan qo‗zg‗alishiga harakat natijasini oldindan bilib beradigan, kelajakni oldindan ko`rsatadigan fiziologik mexanizm deb qarash mumkin. Harakat natijasi olinganda harakat aktseptori hujayralariga afferent impulslar kelishi esa qanoatlanish, rag‗batlanish, maqsadga etish emotsiyalarining fiziologik asosini tashkil etadi.Bu holda emotsional-ijobiy reaktsiyalarni yuzaga chiqarish bilan bog‗langan muayyan po‗stloq, osti strukturalari ham reaktsiyaga tortiladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling