Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Nazorat savollari: 
7. 
Shartsiz va shartli reflekslar bir-biridan qanday 
farqlanadi?. 
8. 
Shartsiz va shartli reflekslarning komponentlariga 
nimalar kiradi ?. 
9. 
Shartli reflex turlariga misollar keltiring ?. 
10. 
Farmokologik ta‘surotlarga doir shartli reflekslar ?. 
11. 
Shartli reflekslarni organish usullari nimalardan iborat ?. 
12. 
Shartli reflex signallari ?. 
13. 
Vaqtga doir shartli reflekslarni ayting ?. 
14. 
Shartli reflekslarning biologic ahamiyati nimada ?. 
 


316 
KATTA YARIM SHARLAR PO‘STLOG‘IDA QO‘ZG‘ALISH VA 
TORMOZLANISHNING O‘ZARO MUNOSABATLARI, ASAB TIPLARI , 
HARAKAT MALAKALARINI HOSIL QILISH, UYQU TURLARI.
I.P.Pavlov shartli reflekslarni hosil bo‘lishiga doir fikrlari. Shartli 
refleks hosil qilishda ko‗zatiladigan shartli refleks generalizatsiyasini I. P. Pavlov 
shunday izohlagan edi: shartli signal hargal ta`sir etganda qo‗zg‗alish miya 
po‗stlog‗ining bevosita ta`sirlanadigan hujayralaridan qo`shni hujayralarga yoyilib 
(irradiatsiya), ularni vujudga kelayotgan vaqtincha aloqaga tortadi. Miya 
po‗stlog‗ining sensor zonalarida, ayniqsa assotsiativ zonalarida ko`pgina nerv 
yo‗llari (gorizontal tolalar) borligini, yonma-yon yotgan nerv hujayralari shu 
gorizontal tolalar orqali bog‗lanishini hozirgi zamondagi gistologik va 
elektrofiziologik tadqiqotlar ko‗rsatib berdi. 
Biroq qo‗zg‗alish miya po‗stlog‗ining bir qismidan ikkinchi qismiga 
o‗tganda, ya`ni qo‗zg‗alish irradiatsiyasida boya aytilgan gorizontal yo‗llar bilan 
bir qatorda vertikal yo‗llar: po‗stloq-po‗stloq osti-po‗stloq yo‗llari, ayniqsa miya 
stvolining retikulyar formatsiyasi orqali o‗tuvchi yo‗llar ham muhim rol o‗ynasa 
kerak. Masalan, miya po‗stlog‗ining bir qismiga strixnin eritmasi bilan hullangan 
qog‗oz qo‗yib, yuzaga chiqarilgan nerv impulslarining razryadlari ikkala yarim 
shar po‗stlog‗ini birlashtiruvchi qadoqsimon tana qirqib quyilganiga qaramay, 
qarama-qarshi yarim sharga ham tarqaladi.
76-rasm. 
 
 
Teri
analizatorida
differentsiallovchi
tormozlanish 
ning
irradiatsiyasiga taalluqli N. I.
Krasnogorskiy tajribasi 
(sxema). 


differentsnallanuvchi ta-
'sirlovchi; 1. 2, 3 va 4 - 
musbat shartli ta`sirlovchilar. 
Farmakologik modda - aminazin (xlorpromazin) retikulyar formatsiya 
funktsiyalarini susaytirganda impulslar bir yarim shardan ikkinchi yarim sharga 
o‗tmay qo‗yadi. Ta`sirlovchilarni differentsiallash protsessida ichki tormozlanish 
qo‗zg‗alish irradiatsiyasini cheklab, neyronlarning muayyan guruhlarida 
qo‗zg‗alish kontsentratsiyasiga yordam beradi. I.P. Pavlov shartli reflekslarga 
tormozlovchi signallarning ta`sirini tekshirib, qo‗zg‗alish gina emas, tormozlanish 
ham irradiatsiyaga va kontsentratsiyaga qodir, degan xulosaga keldi. 


317 
Tormozlanish irradiatsiyasi N. I. Krasnogorskiyning quyidagi tajribasida 
ko`rsatib berilgan. Itning keyingi oyog‗i bo‗ylab 5 ta kasalka (suyanchiq) 
biriktirilgan, bo`lib terining turli bo`laklariga-mexanik ta`sir ko`rsatgan (65-rasm). 
Yuqoridagi to‗rtta kasalka ijobiy shartli signallar sifatida qo‗llanilgan. Ularning 
ta`sirida itda so‗lak ajratish shartli refleksi yuzaga chiqqan.
Pastdagi kasalka teriga ta`sir etganda ovqat berilmagan, bu ta`sirot 
tormozlovchi effekt bergan. Tajribalarning ko‗rsatishicha, pastdagi kasalka 
qo‗llanilgach, terining boshqa qismlariga ta`sir etish effekti keskin darajada 
o`zgargan, terining yaqin qismiga ta`sir etish shartli reflekslarni yuzaga chiqarmay 
qo‗ydi, uzoqroq qismlariga ta`sir etish kuchsiz effekt berdi,faqat eng yuqoridagi 
kasalka ta`sirida kuchli shartli refleks vujudga keldi. Tormozlovchi agent ta`siridan 
qisqa vaqt (masalan, 1 minut) keyin ijobiy ta`sirlovchilar qo‗llanilganda ham, 
shunday natija olinadi. Uzoqroq muddatdan keyin refleksning tormozlanishi 
susayadi va shartli reflekslar tiklanadi. 
I. P. Pavlov bu ma`lumotlarni shunday izohladi: tormozlovchi shartli signal 
ta`sir etganda shu ta`sirotni idrok etuvchi po‗stloq hujayralarida tormozlanish 
protsessi ro‗y beradi, bu protsess avval po‗stloqqа yoyiladi (irradiatsiya), so‗ngra 
boshlang‗ich nuqtada to‗planadi (kontsentratsiya). Tormozlanish irradiatsiyasi turli 
itlarda tezlik bilan - 20 sekunddan 5 minutgacha vaqt ichida avj oladi. 
Tormozlanish kontsentratsiyasi esa 4-5 baravar sekinroq ro‗y beradi.Ichki 
tormozlanish irradiatsiyasining tabiati hozircha ravshan emas. . 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling