Qotishma turlari va xossalari
Download 14.36 Kb.
|
Qotishma turlari va xossalari
Aim.uz Qotishma turlari va xossalari Ikki va undan ortik elementlarni birga suyultirish orkali xosil kilingan birikma qotishma deyiladi. Qotishmani tashkil etgan elementlarning xar biri komponent deb ataladi. Texnikada sof metallar emas, balki ularning qotishmalari ishlatiladi. Korroziyabardoshlik fakat qotishmalarning tarkibiga boglik bulmay, balki ularning strukturasiga, qotishmada xoil bulgan fazalarning xossalariga, strukturani tashkil kiluvchilarga, xosil kilingan strukturaning yuza kattaligiga, uning tuzilishiga, shakliga va uning sistemada tarkalishiga, shuningdek qotishmada xosil bulgan kuchlanishga va qotishmaning sirt tuziliщiga boglik. Komponentlar suyuk xolatida bir-birida eriydigan, ammo kattik xolatida bir-birida mutlok erimaydigan va uzaro kimyoviy birikma xosil kilmaydigan qotishmalar mexanik aralashmalar deyiladi. Qotishmaning bir-biridan chegara sirt bilan ajralgan kismi faza deb ataladi. Mexanik aralashmalarda, uni tashkil kiluvchi komponentlar soniga karab, ikki yoki undan kup fazalar buladi. Binobarin, ikki komponentli mexanik aralashma ikki fazali qotishma xisoblanadi. Kupchilik metall qotishmalar suyuk xolatda bir jinsli, ya’ni komponentlari bir-birida erigan xolatda buladi va kristallanish jarayonida uning bir jinsliligi saklanib koladi. Bunday qotishmalarda komponentlarning atomlari umumiy kristall panjaraning tarkibiga kiradi, ya’ni komponentlari bir-birida eriydi. Demak, eruvchi komponentning eruvchanligi va erituvchi komponentning eritish kobiliyati kattik xolatda xam saklanib koladi. Bunday qotishmaning kristallanishi natijasida xosil bulgan kattik jism kattik eritma deyiladi. Binobarin, kattik eritma bir fazali, bir turdagi kristallardan iborat va bir kristall panjaraga ega bulgan qotishmadir. Birlamchi kristallanish jarayonida komponentlarning uzaro kimyoviy reaktsiyaga kirishuvi natijasida xosil bulgan qotishmalar kimyoviy birikmalar deb ataladi. Kimyoviy birikmalar bir jinsli, ya’ni bir fazali qotishmalar jumlasiga kiradi. Qotishmalarda ikkilamchi kristallanish jarayoni xam sodir buladi. Bu kristallanish qotishma komponentlarining allatropik shakl uzgarishlariga yoki kattik eritmalarni kisman yoki batamom parchalanishiga boglik. Kattik eritmalar parchalanganda yangi kattik eritma, kimyoviy birikma yoki mexanik aralashma xosil buladi. Kimyoviy birikma xosil kiluvchi bir fazali qotishmalar konstruktsion material sifatida ishlatilmaydi. CHunki bunday qotishmalar murt, kattik bulishi bilan birga yomon texnologik xususiyatlarga ega buladi. Kattik eritma xosil kluvchi bir fazali qotishmalar yaxshi texnologik xususiyatga ega bulishi bilan birga ular korroziyabardosh qotishmalar xisoblanadi. Kup fazali qotishmalar korroziyabardosh bulmaganligi sababli ulardan kimyoviy sanoatda ishlatiladigan jixozlar tayyorlanmaydi. Ammo kup fazali qotishmalar ichida korroziyabardoshlari xam buladi. Masalan: kremniyli chuyan, kremniy alyuminiy (silumin qotishma) - Al+Si li qotishma va x.k. Download 14.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling