Va oliy nerv faoliyati


Shartli refleks signallari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Shartli refleks signallari .Tashqi muhitning yoki organizm ichki holatining 
har qanday o`zgarishi muayyan intensivlikka yetib, katta yarim sharlar po‗stlog‗ida 
idrok etilgach, shartli ta`sirlovchi bo`lib qola oladi. Tabiati jihatidan turli-tuman
ta`sirlar - tovushlar (tonlar va shovqinlar), yorug‗lik intensivligi, yoritilgan
narsalarning konto‗ralari, ranglar, hidlar, ta`mli moddalar, teriga tegish, bosim, 
issiq va sovuq ta`siri, muskullarning taranglanish darajasi, qisqarishi va 
bo`shashuvi, gavdaning fazodagi vaziyati, ichki organlar holati, shilliq pardasining 
ta`sirlanishi, shuningdek organizmda modda va energiya almashinuvining 
o`zgarishlari shartsiz ta`sirotlar bilan birga qo‗llanilganda ular shartli 
reflekslarning 
signallariga 
aylanadi. 
Shunday 
qilib, 
eksteroretseptiv, 
vitseroretseptiv va proprioretseptiv ta‘sirotlarning hammasi shartli refleks 
signallari bo`lib qolishi mumkin. 
Dastlab indifferent bo`lgan ta`sirotlargina emas, odatda organizmning biror 
bir reaktsiyalarini, jumladan shartsiz reflekslarni yuzaga chiqaradigan ta`sirotlar 
ham shartli signallarga aylanishi mumkin. Qanday bo`lma'sin shartsiz refleksni 
yuzaga chiqaradigan ta`sirot boshqa shartsiz ta`sirot bilan birga qullanilganda 
ba`zan ikkinchi (uz tabiatiga kura boshqa) shartsiz refleksning shartli signali bo`lib 
qoladi. 
Pavlov laboratoriyasida utkazilgan tajribalarda kuchli himoyalanish shartsiz 
refleksini vujudga keltiradigan ta`sirotlar ovqatlanish refleksining shartli 
signallariga aylantirilgan edi. Shu maqsadda hayvonning oyoq panjasidan elektr 
toki utkazish bilan bir vaqtda ovqat berib ham turildi. Shunga o‗xshash bir qancha 
tajribalarda hayvon oyog‗idan elektr toki utkazish yo`li bilan ovqatlanish shartli 
reflekslari, jumladan so‗lak ajratish refleksi vujudga keltirildi.Ximoyalanish 
shartsiz refleksi - oyoq bukish refleksi sekin-asta susayib, ovqatlanish shartli 
refleksi mustahkamlanadigan paytgacha butunlay yo‗qoldi, tormozlandi. 
Bu holda nerv jarayoni bir shartsiz refleks markazidan boshqa nerv 
markazlariga o‗tdi, nerv markazlari o`rtasida vaqtincha aloqa vujudga kelishi 
tufayli himoyalanish shartsiz refleksini yuzaga chiqaruvchi ta`sirot ovqatlanish 
shartli refleksining signaliga aylandi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling