Va oliy nerv faoliyati


Ikkinchi va uchinchi tartibdagi shartli reflekslar


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

 Ikkinchi va uchinchi tartibdagi shartli reflekslar. Shartli refleksni shartsiz 
refleks asosidagina emas, ilgari vujudga keltirilgan boshqa shartli reflekslar 
negizida ham hosil qilish mumkin. Ayni vaqtda tajribalar quyidagicha o‗tkaziladi. 
Shartsiz ta`sirot, masalan, ovqat berish bilan bir vaqtda qandaydir tashqi indifferent 
signal ham qo‗llaniladi. Shu signalga, masalan, qungiroq tovushiga doir shartli 
refleks vujudga keltirilgach va mustahkamlangach, qungiroq tovushiga yangi 


305 
indifferent signal ham qo‗shiladi, masalan, terisi qashiladi. Bu holda avval terini 
bir necha soniya qashib turiladi, sungra qungiroq tovushi qo‗shiladi. Shu ish bir 
necha marta, takrorlanadi. Ilgari teri qashilganda hech ovqat berilmay, faqat 
boshqa shartli signal qo‗llanilgan bo`lsa, endi terini qashish shartli refleksni 
vujudga keltira boshlaydi. 
Signalni shartsiz ta`sirot bilan birga qo‗llanish orqali vujudga keltirilgan 
shartli reflekslar birinchi tartibdagi shartli reflekslar deb ataladi. Tashqi indifferent 
signal (misolimizda - terini qashishni) ilgari birinchi tartibdagi barqaror shartli 
refleksni; vujudga keltirgan shartli signal (qung‗iroq tovushi) bilan birga qo‗llanish 
asosida hosil qilingan shartli reflekslar esa ikkinchi tartibdagi shartli reflekslar deb 
ataladi. 
Ikkinchi tartibdagi shartli refleksni vujudga keltirmoq uchun shu shartli 
refleksni yuzaga chiqaradigan signal birinchi tartibdagi shartli signaldan kamida 
10-15 soniya oldin ta`sir etishi zarur. 
Indifferent signalni ikkinchi tartibdagi shartli signal (ta`sirlovchi) bilan birga 
qo‗llanib, itda uchinchi tartibdagi shartli refleksni vujudga keltirish mumkin. 
Hayvon oyog‗iga elektr toki bilan ta`sir etib, himoyalanish harakaт reflekslarini 
vujudga keltirish tajribalarida uchinchi tartibdagi shartli refleksni hosil qilish 
mumkin bo‗ldi. Itda to‗rtinchi tartibdagi shartli reflekslarni vujudga keltirib-
bo`lmaydi. Bolalarda oltinchi tartibdagi shartli reflekslar tasvir etilgan. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling