Va oliy nerv faoliyati


Vegetativ funksiyalarning boshqarilishida retikulyar formasiya


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Vegetativ funksiyalarning boshqarilishida retikulyar formasiya
miyacha va po‘stloq osti yadrolarining va retikulyar formasiyaning 
ahamiyati. Retikulyar formasiya markaziy nerv sistemasining turli bo‗limlariga 
aktivlashtiruvchi va tormozlovchi ta‘sir ko‗rsatib organizmning vegetativ 
funksiyalarini boshqaruvchi nerv markazlarining aktivligini ham muayyan darajada 
sekinlashadi. Retikulyar formasiya nerv markazlariga ham tonuslovchi ta‘sir 
ko‗rsatadi. Retikulyar formasiyaning ixtisoslashgan tuzilmasi bo‗lmish tomir 
harakatlantiruvchi bulbar markaz funksiyalari misol bo‗la oladi. Bu markaz orqa 
miyadagi segmentar tomir harakatlantiruvchi markazlar faoliyatini integrallaydi
va tonusini saqlaydi. 
Retikulyar formasiyaning aktivlashtiruvchi funksiyasi simpatik nerv
sistemasining adaptatsiontrofik funksiyasiga asos e‘tibori bilan o‗xshash 
ekanligini uqtirib o‗tmoq kerak. Retikulyar formasiya organizmni «faoliyatga 
sozlaydi» va markaziy nerv sistemasining aktiv siyrak xolatini ta‘minlaydi, 
simpatik nerv sistemasi esa periferiya organlarning, shu jumladan skelet muskullari 
va retseptor apparatlarning faoliyat uchun zarur xolatini vujudga keltiradi. Shunga 
ko‗ra, simpatik nerv sistemasiga retikulyar formasiya bilan funksional jixatdan bir 
deb qaralishi mumkin. Bu sistema retikulyar formasiyaning periferiyaga ta‘sirini 
o‗tkazuvchi tuzilma hisoblanadi.
Retikulyar formasiyada adrenalin (yoki noradrenalin) hosil bo‗lishi 
aniqlanganligi retikulyar formasiya bilan simpatik nerv sistemasinnng o‗zaro


291 
bog‗langanligini ko‗rsatadi. Retikulyar formasiyada adrenalin nerv 
impulslarining mediatori sifatida ro‗l o‗ynasa kerak (P. Q Anoxin). Adrenalin 
kiritilganda retikulyar formasiya tonusi oshadi, natijada katta yarim sharlarga
retikulyar formasiyaning aktivlashtiruvchi ta‘siri kuchayadi. Emotsional xolatlarda 
buyrak usti bezlaridan ajralib chiqadigan adrenalin retikulyar formasiyaga ta‘sir 
etib, simpatik nerv sistemasinnng qo‗zg‗alish effektlarini oshiradi va uzaytiradi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling