Va oliy nerv faoliyati


Organizm reaksiyalarida vegetativ nerv sistemasining ishtiroki


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Organizm reaksiyalarida vegetativ nerv sistemasining ishtiroki. Vegetativ 
nervlardan innervatsiyalangan organlar faoliyatining refleks yo`li bilan o‗zgarishi 
xulq-atvordagi xamma murakkab aktlar organizmdagi barcha shartsiz va shartli 
reflektor reaksiyalarning doimiy bir qismidir. Xulq-atvorning turli-tuman aktlari 
muskullar faoliyatida, aktiv harakatlarda namoyon bo‗lib, hamisha ichki organlar, 
ya‘ni qon aylanish, nafas olish, ovqat xazm qilish, chiqarish, ichki sekretsiya 
organlari funksiyasining o‗zgarishi bilan davom etadi. 
Yuqorida aytilgan organlar funksiyasining o‗zgarishi tufayli muskullar uzoq 
vaqt maksimal darajada samarali ishlay oladi. Muskullar qonni ko‗p olib, ularda 
modda almashinuvi kuchaygandagina shunday yaxshi ishlay oladi. Darxaqiqat har 
qanday muskul ishida yurak tezroq urib, qisqarish kuchi oshadi, turli organlardan 
o‗tuvchi qon qayta taqsimlanadi (ichki organlarning tomirlari torayadi, ishlayotgan 
muskullarning tomirlari kengayadi), qon depolaridan qon chiqishi hisobiga 
tomirlarda qon ko‗payadi, nafas olish kuchayadi va chuqurlashadi, depolardagi 
qand qonga chiqadi va xokazo. Muskullar faoliyatiga yordam beradigan shu va 
boshqa ko‗p moslanish reaksiyalari markaziy nerv sistemasidagi oliy bo‗limlarning 
vegetativ nerv sistemasi orqali ta‘sirida yuzaga chiqadi. 
Tashqi muxitning va organizm ichki xolatining turli o‗zgarishlarida organizm 
ichki muxitining nisbiy doimiyligini saqlashda vegetativ nerv sistemasining 
ishtiroki muxim ahamiyatga egadir. Quyidagi xodisalar bunga misol bo‗la oladi. 
Xavo temperaturasi ko‗tarilganda refleks yo`li bilan ter chiqadi, periferik tomirlar 
refleks yo`li bilan kengayib, issiqlik chiqishi kuchayadi, shuning natijasida gavda 
temperaturasi doimo bir darajada turib, organizm qizib ketmaydi. Ko‗p qon 
yo‗qotilganda yurak tezroq uradi, tomirlar torayadi, taloqda yig‗ilib turgan qon 
tomirlarga chiqadi. Gemodinamikadagi shu o‗zgarishlar tufayli qon bosimi 
birmuncha yuqori darajada turadi va organlar ozmi-ko‗pmi normal miqdorda
qon oladi. 
Butun organizmning umumiy reaksiyalarida vegetativ nerv sistemasining 
ishtiroki va moslashtiruvchi roli organizm xayotiga xavf taxdid solganda: masalan, 
dushman xujum qilganda, og‗rituvchi shikayotlarda, bukilib qolishda va shunga 
o‗xshash xollarda ayniqsa yaqqol ko‗riladi. Bunday vaziyatda taranglik 
reaksiyalari (stress) va emotsional xolatlar (g‗azab, qo‗rqish) ro‗y beradi. Ular shu 
bilan ta‘riflanadiki, bosh miya katta yarim sharlar po‗stlog‗i va butun markaziy 
nerv sistemasida qo‗zg‗alish keng yoyilib, muskullar faoliyati kuchayadi va 
vegetativ reaksiyalarning murakkab kompleksi yuzaga chiqadi.
Vegetativ reaksiyalar ro‗y berishi natijasida organizmning hamma kuchlari 
taxdid solayotgan xavfni bartaraf qilishga safarbar etiladi. Vegetativ nerv 
sistemasining ishtiroki odamning emotsional reaksiyalarini sababidan qat‘i nazar 
fiziologik analiz qilishda ham namoyon bo‗ladi. Odam xursand bo‗lganda 


284 
yuragining tezroq urishi, teri tomirlarining kengayishi, yuz qizarishi, qo‗rqqanda 
esa terining rangsizlanishi («rangi uchishi»), ter ajralishi, me‘dadan shira chiqmay 
qolishi va ichak peristaltikasining o‗zgarishi, g‗azablanish paytida qorachiqlarning 
kengayishi va shunga o‗xshashlarni misol qilib ko‗rsataylik.
Emotsional xolatlarning bu hamma fiziologik ko‗rinishlari shu bilan 
izoxlanadiki, qo‗zg‗alish markaziy nerv sistemasiga yoyilganda vegetativ nerv 
sistemasi ham reaksiyalarni yuzaga chiqarishda qatnashadi. Emotsional 
qo‗zg‗alish paytida vegetativ nerv sistemasi ishtiroki bilan kelib chiqadigan 
reflektor aktga psixogalvanik refleks, yoki teri-galvani refleksi misol bo‗la oladi. 
Bu refleksni o‗rganish uchun ter bezlari ko‗proq bo‗lgan teriga elektrodlarni 
maxkamlab qo‗yib galvanometrga ulanadi. Emotsional qo‗zg‗alishga sabab 
bo‗luvchi 
turli ta‘sirotlar: teriga igna sanchish, elektr toki berish, 
xayajonlantiruvchi xikoya eshittirish natijasida galvanometr strelkasi og‗adi. 
Birinchi marta I. R. Tarxanov tasvir etgan bu xodisaning sababi shuki, teridagi 
potensiallar farqi o‗zgarib, elektr qarshiligi kamayadi va bu xodisa asosan ter 
bezlarining faoliyatiga bog‗liq. 
Emotsional xolatlarning fiziologik ko‗rinishlari asosan simpatik nerv 
sistemasining qo‗zg‗alishiga bog‗liq. Ammo bunda parasimpatik nerv sistemasi 
ham qo‗zg‗alishi mumkin. Emotsiyalarda, masalan, mushuk vovullayotgan 
kuchukni ko‗rganda sayyor nervlar orqali keluvchi impulslar ta‘sirida insulin
chiqishi kuchayadi. U. Kennonning ma‘lumotlariga qaraganda, emotsional 
xolatlarning ko‗pgina fiziologik ko‗rinishlari vegetativ nervlarning bevosita 
ta‘sirida, shuningdek adrenalin ta‘sirida kelib chiqadi. Emotsional xolatlarda 
simpatik impulslar ta‘siri bilan qondagi adrenalin ko‗payadi. 
Organizmning og‗riq tufayli kelib chiqqan ba‘zi umumiy reaksiyalarida 
vegetativ nerv sistemasining oliy markazlari qo‗zg‗alishi natijasida gipofizning 
orqadagi bo‗ladigan vazopressin gormoni ko‗proq chiqadi, bu gormon tomirlarni 
toraytiradi va siydik chiqishini to‗xtatadi. 
Yuqorida keltirilgan misollarda reflektor duganing effektor qismiga gumoral 
zveno qo‗shilgan. Markaziy nerv sistemasi organlarga nerv impulslarini yuborib 
ta‘sir ko‗rsatish bilan birga, nerv impulslari ta‘sirida ichki sekretsiya bezlarida 
gormonlar ishlanib chiqib, qonga qo‗shiladi, ular ko‗p organlar xolatini va 
faoliyatini o‗zgartiradi. 
Turmushdagi turli-tuman sharoitga organizmning moslanishida simpatik 
nerv sistemasining roli shu sistemani batamom olib tashlash tajribalarida yaqqol
ko‗rsatiladi. U. Kennon mushuklarning ikkala chegara simpatik stvolini va
barcha simpatik gangliylarni batamom kesib olgan. Bundan tashqari, bir buyrak 
usti bezini olib tashlagan va ikkinchi buyrak usti bezini nervdan mahrum etgan, 
(muayyan ta‘sirotlarda simpatomimetik ta‘sir etuvchi adrenalinning qonga 


285 
o‗tishiga yo‗l qo‗ymaslik uchun shunday qilgan). Operatsiya qilingan xayvonlar 
tinch qo‗yilganda normal xayvonlardan deyarli xech bir farq qilmagan. Ammo, 
organizmning zo‗r berishini talab qiladigan turli sharoitda muskullar qattiq 
ishlaganda, organizm qizib ketganda, sovuganda, qon yo‗qotganda, emotsional
qo‗zg‗alishda simpatik stvol va gangliylar olib tashlangan xayvonlar chidami 
kamaygan. Masalan, normal xayvonlar gavda temperaturasining pasayishiga
sabab bo‗lmagan tashqi muxit temperaturasida simpatik nervlardan mahrum
qilingan xayvonlar gavdasi tezroq sovub qolgan.
Simpatik nerv sistemasini immunologik «ekstirpatsiya qilish» (olib tashlash) 
yo`li bilan shunga o‗xshash ma‘lumotlar olindi. Bu metod 1958 -yilda ishlab 
chiqildi. S. Koen sichqonlarning so‗lak bezlarida simpatik nerv xujayralarining 
o‗sishiga yordam beradigan oqsil moddani topdi. Ana shu moddani boshqa 
xayvonlarga yuborish yo`li bilan qon zardobi tayyorlandi, simpatik neyronlarning 
o‗sishiga yordam beradigan moddani o‗sha qon zardobidagi immun jismlar bog‗lab 
oladi. Simpatik nerv sistemasi taraqqiy etib ulgurmagan yosh xayvonlarga shunday 
zardob yuborilganda simpatik nerv sistemasi taraqqiy etmay, simpatik nerv 
xujayralari yemirilib ketadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling