Va oliy nerv faoliyati


Vegetativ innervatsiya (boshqarilish) ning ahamiyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Vegetativ innervatsiya (boshqarilish) ning ahamiyati. Vegetativ nerv 
sistemasining vazifasi periferik organlardagi, shuningdek markaziy nerv 
sistemasidagi 
modda 
almashinuvi, 
qo‗zg‗aluvchanlik 
va 
avtomatiyani 
boshqarishdan iborat. Vegetativ nerv sistemasi to‗qima va organlarning fiziologik 
xolatini boshqarib va o‗zgartirib, ularni butun bir organizmning shu paytdagi 
faoliyatiga moslashtiradi. Organlarning ishlash sharoitiga qarab, ularga vegetativ 
nerv sistemasi tuzatuvchi yoki ishga tushiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Organ 
avtomatiyali bo‗lib, uzluksiz ishlasa, simpatik yoki parasimpatik nervlar orqali 
keluvchi impulslar esa organ faoliyatini faqat kuchaytirsa yoki susaytirsa 
tuzatuvchi (korreksiyalovchi) ta‘sir ko‗rsatdi, deb aytishadi. Organ uzluksiz 


277 
ishlamasa va unga simpatik yoki parasimpatik nervlar orqali keluvchi impulslar 
organni qo‗zg‗atsa, bunda vegetativ nerv sistemasi ishga soluvchi ta‘sir
ko‗rsatdi, deb aytishadi. 
Qo‘shaloq, vegetativ innervatsiya Vegetativ nerv sistemasidan 
innervatsiyalangan organlarning aksarisi shu sistemaning ikki bo‗limiga simpatik 
va parasimpatik nerv sistemasiga bo‗ysunadi. Organlarga vegetativ nervlar orqali 
keluvchi impulslar ta‘sirida shu organlar faoliyatining o‗zgarishi haqidagi 
ma‘lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan. 
6-jadval 
Simpatik va parasimpatik nervlarning organlarga ta’siri . 
Organ 
Parasimpatik
nervlar ta‘siri 
Simpatik nervlar 
ta‘siri. 
Yurak 
Sekinroq urib,
qisqarish kuchi 
kamayadi 
Tezroq urib, sissarish 
kuchi oshadi 
Teri tomirlari 
Torayadi 
Ichki organlar
tomirlari 
Torayadi. 
Til va so‗lak
bezlari- 
ning tomirlari 
Kengayadi 
Torayadi 
Jinsiy organlarning 
to- 
mirlari 
Kengayadi
:
Torayadi 
Ko‗z 
Korachigi torayadi
(rang- 
Qorachiri kengayadi (rang- 
tur pardaning yon 
^alqasi- 
tur pardaning radial 
muskullari qisqaradi) 
muskullari qisqaradi) 
Bronxlar 
Torayadi 
Kengayadi 
So‗lak bezlari 
So‗lak chiqaradi 
So‗lak chisaradi 
Me‘da bezlari 
Shira chiqaradi 
Shira chiqishi susayadi 
Me‘da osti
bezining 
tashqi sekresiya 
tuqimasi 
Shira chiqaradi 
— 
Me‘da osti
bezining 
Langergans
orolchalari 
Insulin chiqaradi 
— 
Buyrak usti bezlarining 
magiz qavati 
— 
Adrenalin chisaradi 
Teri silliq 
muskullari 
Kisqaradi 
Me‘da-ichak silliq 
muskullari 
Qisqarishlari
kuchayib, 
Tonusi oshadi. 
Qissarishlari susayib, 
Tonusi kamayadi. 
Xomilasiz bachadon 
ning silliq muskullari 
--- 
Bushashadi. 


278 
Simpatik va parasimpatik bo‗limlar ko‗pgina organlarga qarama-qarshi ta‘sir 
ko‗rsatadi, ya‘ni funksional antagonistlar hisoblanadi. Nerv sistemasining shu ikki 
bo‗limi o‗rtasidagi funksional antagonizm yana shunda ko‗riladiki, ulardan biri 
organizm xolatini bir yo‗nalishda o‗zgartiruvchi ichki sekresiya bezini 
innervasiyalay oladi, ikkinchisi esa organizm xolatini qarama-qarshi yo‗nalishda 
o‗zgartiruvchi boshqa bezni innervasiyalaydi. Masalan, simpatik nervlar buyrak 
usti bezining mag‗iz qavatini innervasiyalab, adrenalin chiqishini kuchaytiradi va, 
shu tariqa, qondagi qandni ko‗paytiradi, ya‘ni giperglikemiyaga sabab bo‗ladi, 
parasimpatik nervlar me‘da osti bezining Langergans orolchalarini innervasiyalab, 
insulin chiqishini kuchaytiradi buning oqibatida esa qondagi qand kamayadi, ya‘ni
gipoglikemiya ro‗y beradi. 
Simpatik va parasimpatik sistemalar ta‘sirida organizmda ro‗y beruvchi 
funksional o‗zgarishlar yig‗indisini analiz qilish shuni ko‗rsatadiki, simpatik nerv 
sistemasi organizm kuchlariga zo‗r berishini talab qiladigan sharoitda uning 
intensiv ishlashiga imkon bersa, parasimpatik nerv sistemasi, aksincha, o‗sha zo‗r 
berib ishlash paytida organizm yo‗qotgan resurslarning tiklanishiga yordam beradi.
Darxaqiqat, simpatik nerv sistemasi qo‗zg‗alganda yurak tezroq urib, 
qisqarish kuchi oshadi, qonning arterial bosimi ko‗tariladi, jigardagi glikogen 
parchalanib, qonda glyukoza ko‗payadi, skelet muskullarining ish qobiliyati ortadi; 
parasimpatik nerv sistemasi qo‗zg‗alganda esa, aksincha, yurak sekinroq urib, 
qisqarish kuchi kamayadi, qon bosimi pasayadi, insulin ko‗proq ishlanib chiqib, 
glikogenning to‗planishiga va qondagi glyukozaning kamayishiga imkon beradi, 
me‘dadan va me‘da osti bezidan shira chiqishi kuchayib, ovqat xazmi osonlashadi. 
Organizmning shoshilinch ish ko‗rishini talab qiladigan har xil sharoitda simpatik 
nerv sistemasi tonusining oshib ketishi, uyqu vaqtida, aksincha, parasimpatik nerv 
sistemasi tonusi oshib ketishining ahamiyati shundan tushunarli. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling