Va oliy nerv faoliyati


Vegetativ nerv sistemasining sinapslarida impulslarning o`tishi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Vegetativ nerv sistemasining sinapslarida impulslarning o`tishi. Vegetativ 
nerv oxirlari ta‘sirlanganda ularda mediatorlar hosil bo`lishi haqidagi ma‘lumotlar 


275 
qon aylanishi va ovqat hazm qilishga bag‗ishlangan boblarda keltirilgan edi. Bu 
faktni 1921 -yilda O. Levi ajratilgan yurak ustidagi tajribalarda kashf etgan. Ana 
shu tajribalarda sayyor va simpatik nervlarga ta‘sir etilgan, so‗ngra boshqa 
organlar ustidagi tajribalarda ham shunga o`xshash ma‘lumotlar olingan. Ter 
bezlarini innervatsiyalaydigan barcha parasimpatik va simpatik nervlarning 
oxirlarida mediatorlardan asetilxolin, ter bezlarining nervlaridan tashqari barcha 
postganglionar simpatik nervlarning oxirlarida esa noradrenalin (bir metil 
gruppasidan mahrum etilgan adrenalin) hosil bo`ladi. 
Quyidagi faktlar har xil nervlarning oxirlarida nerv impulslarining ximiyaviy 
yo`l bilan o`tishini ko`rsatuvchi asosiy dalillardir: 1) ajratilgan organ tomirlaridan 
o`tuvchi suyiqlikda yoki organdan oqib ketuvchi sonda muayyan nerv ta‘sirlangan 
vaqtda asetilxolin yoki noradrenalin borligi (juda oz miqdorda hosil bo`ladigan, 
lekin juda katta fiziologik aktivlikka ega bo`lgan mediatorlarni aniqlamoq uchun 
tekshiriladigan suyuqlik asetilxolin yoki adrenalinga g‗oyatda sezgir biologik 
obyektlarga ta‘sir ettiriladi); 2) organ tomirlariga kiritiladigan asetilxolinning ta‘siri 
parasimpatik nervni ta‘sirlash effektiga o`xshaydi yoki noradrenalin ta‘siri va simpatik 
nervga ta‘sir etish effekti bir xil bo`ladi; 3) asetilxolinni parchalaydigan xolinesteraza 
fermenti parasimpatik mediatorni parchalab tashlaydi va adrenalinni ham
noradrenalinni ham parchalaydigan aminokisidaza fermenti simpatik mediatorni 
parchalab yuboradi; 4) ba‘zi zaharlar spetsifik ta‘sir ko`rsatadi: ezerin va prostigmin 
parasimpatik nervga ta‘sir etish effektini kuchaytiradi, bu moddalar xolinesterazani 
susaytirib, asetilxolinning parchalanishiga to‗sqinlik qiladi; organning asetilxolinga 
reaksiya ko`rsatish qobiliyatini yo`q qiladigan modda atropin parasimpatik nervga 
ta‘sir etish effektini bartaraf qiladi; to‗qimaning adrenalin va noradrenalin ta‘siriga 
sezgirligini oshiradigan modda — kokain simpatik nervga ta‘sir etish effektini 
kuchaytiradi. 
Mediatorlar vegetativ nerv sistemasining gangliylaridagi priganglionar 
sinapslarda ham hosil bo`ladi. Buni 1933-yilda A. V. Kibyakov mushuk 
bo‗ynining yuqori simpatik tuguni tomirlaridan Ringer Lokk eritmasini o`tkazib 
qilgan tajribalarida birinchi marta isbot etdi u preganglionar simpatik tolalar 
ta‘sirlanganda tugundan oqib ketuvchi eritmada adrenalinsimon modda borligini 
aniqladi. Preganglionar tolalarning sinapslaridagi qo‗zg‗atuvchi mediator 
asetilxolin ekanligini keyinchalik V. Feldberg va J. Gaddum ko`rsatib berdi. K M 
Shevelevaning tajribalariga qaraganda adrenalin simpatik gangley neyronlarining 
aktivligini kamaytiradigan mediator ekan. Adrenalinsimon modda hosil bo`ladigan 
tormozlovchi tolalar postganglionar tolalar bo`lib, tugunni innervasiyalaydi va 
uning funksional holatini o‗zgartiradi deb taxmin qilinadi. 


276 
Gangliylarning sinapslarida asetilxolinning ta‘sir etish xususiyati shuki, ta‘sir 
effektlari tugun atropindan zaharlangach yo‗qolmaydi, ammo nikotindan 
zaharlangach 
yo‗qoladi. 
Shunga 
asoslanib, 
asetilxolinga 
sezuvchan 
strukturalarning ikki turi bor, deb hisoblanadi; ularning bir turi atropin ta‘sirida, 
boshqa turi esa nikotin va boshqa ba‘zi bir moddalar — ganglioblokatorlar 
(geksoniy va boshqalar) ta‘sirida asetilxolinga sezuvchanligidan mahrum bo‗ladi. 
Asetilxolin va adrenalin yoki noradrenalin oxirgi apparatlardagina emas, 
parasimpatik va simpatik nerv tolalarida ham topilgan. Masalan, sayyor nerv 
tolalariga elektr toki bilan ta‘sir etilganda asetilxolin topildi, simpatik nervlarda esa 
adrenalinsimon modda (noradrenalin bo‗lsa kerak) borligi aniqlandi. 
G. Deyl nerv tolalarining oxirlarida qanday mediator hosil bo‗lishiga qarab, 
bu tolalarni x o l i n e r g i k va a d r e n e r g i k  tolalarga ajratishni taklif etdi. 
Barcha parasimpatik nervlar, preganglionar simpatik tolalar, shuningdek 
postganglionar simpatik tolalar (bular ter bezlarini innervatsiyalab, muskullarning 
tomirlarini kengaytiradi) xolinergik tolalar hisoblanadi. Ularning nerv oxirlarida 
asetilxolin hosil bo‗ladi. Yuksak temperaturada ter chiqartiradigan va skelet 
muskullarining tomirlarini kengaytiradigan tolalardan boshqa postganglionar 
simpatik tolalarning hammasi andrenergik tolalar hisoblanadi. Andrenergik 
tolalarning oxirlarida noradrenalin hosil bo‗ladi. 
Nervlardan 
mahrum 
bo‗lgan 
organlarning 
tegishli 
mediatorlarga 
sezuvchanligi vegetativ nervlar qirqilgach va aynib qolgach oshib ketadi. Simpatik 
nerv sistemasidan innervasiyalangan har bir organ: yurak me‘da, ichak tomirlar, 
ko‗zning rangdor pardasi va shu kabilar simpatik nervlardan mahrum qilinsa 
(desimpatizasiya), adrenalinga va noradrenalinga ortiq darajada sezuvchan bo‗lib 
qoladi. Huddi shuningdek organ parasimpatik nervlardan mahrum qilinsa
asetilxolinga ortiq darajada sezuvchan bo‗ladi. Nervdan mahrum qilingan 
(denervasiya) tuqimalarning ortiq darajada sezuvchanlik sabablaridan biri shuki, 
to‗qimalarda 
adrenalinni 
parchalaydigan 
ferment 
(aminooksidaza) 
yoki 
asetilxolinni parchalaydigan ferment (xolinesteraza) kamayadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling