Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Aksonreflekslar. Vegetativ nervlar ta‘sirlanganda aksonreflekslar, yoki 
psevdo-reflekslar degan g‗alati reaksiyalar qayd qilingan. Ularning reflekslardan 
farqi shuki, aksonreflekslarda qo`zg‗alish retseptor neyrondan effektor neyronga 
o`tmaydi. 
Preganglionar 
yoki 
postganglionar 
neyronlarning 
aksonlari 
tarmoqlanganda bir tarmog`i bir organga yoki organning bir qismiga innervatsiya 
berib, ikkinchi tarmog‗i boshqa organni yoki shu organning boshqa qismini 
innervatsiyalasa, aksonreflekslar kelib chiqishi mumkin. Aksonning shunday 
tarmoqlanishi tufayli bir tarmoqning ta‘sirlanishi natijasida qo`zg‗alish ikkinchi 
tarmoqqa ham yoyilishi, shunga ko`ra ta‘sirot joyidan uzoqdagi organ reaksiya 
ko‗rsatishi mumkin. 
Aksonrefleksning klassik misolini o`tgan asrning 70-yillarida N. M. Sokovnin 
qovuq innervatsiyasini o‗rganib tasvirlagan edi. Ichak tutqichning pastki tugunidan 
qovuqqa boruvchi bir qorin nervining markaziy uchiga ta‘sir etilsa, qovuq, refleks 
yo`li bilan qisqarishini Sokovnin kuzatgan. Qo`zg‗alish ikkinchi qorin nervi orqali 
qovuqqa o`tishi oqibatida reaksiya kelib chiqadi. Bir tomondagi qorin nervining 
markaziy uchiga ta‘sir etilsa, ichaktutqichning pastki tugunini markaziy nerv 
sistemasiga bog‗lovchi preganglionar tolalar qirqib qo`yilgan taqdirda ham qovuq 
qisqaraveradi. Bu xolda markaziy nerv sistemasi orqali bo`ladigan odatdagi refleks 
yuzaga chiqmaydi, balki qirqilgan qorin nervidan ichaktutqichning pastki tuguni 
orqali ikkinchi (qirqilmagan) qorin nerviga va undan keyin qovuqda nerv 
impulslari o`tadi. 
Preganglionar tolaning tarmoqlanishi tufayli qo‗zg‗alishning bir qorin 
nervidan ikkinchi qorin nerviga o`tishini Lengli va boshqalarning tadqiqotlari 
tushuntirib berdi. 
Qorin nervi shoxchalarining ko`pchilik qismi ichaktutqichning pastki 
tugunidagi ganglioz xujayralarda tugaydi; shu tarmoqlardan bir qismi esa tugunda 
uzilmay, qorin nervining tarkibida kelib, ichak tutqichdan periferiyada, qovuq 
asosida ganglioz xujayralarda tugaydi. Qirqilgan qorin nervining markalar 
uchlariga ta‘sir etilganda shu nerv tarkibiga keluvchi preganglionar tolalar 
qo`zg‗alish o`sha tolalarning tarmoqlangan joyigacha boradi, so‗ngra ichak 
tutqichning pastki tugunidagi ganglioz xujayralarga kiradi va bu tugundan ikkinchi 
qorin nervlarining tolalari orqali qovuqqa tarqaladi. Preganglionar tolalarning 
ahamiyati bilan isbot etiladiki, preganglionar tolalar qirqib qo‗yilganda ayniydi, 
shu qisishdan 8—10 kun keyin qirqilgan qorin nervining markaziy uchiga ta‘sir 
etilsa, ikkinchi qorin nervi butun turishiga qaramay ta‘sirot qovuqqa yetib 


274 
bormaydi. Xuddi shuningdek preganglionar neyron sinapslarida qo`zg‗alish 
o‗tishini tuxtatib qo`yadi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling