Va oliy nerv faoliyati


Vegetativ nerv tizimi to‘g‘risida tushuncha


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Vegetativ nerv tizimi to‘g‘risida tushuncha. Vegetativ nerv 
sistemasining markazlari miya stvolida va orqa miyada joylashgan. 1. O‗rta 
miyada parasimpatik nerv sistemasining-mezensefal bo‘limi bor; undan vegetativ 
tolalar ko‗zni harakatlantiruvchi nerv tarkibida ketadi. 2. Uzunchoq miyada 
parasimpatik nerv sistemasining bulbar bo‘limi bor; undan efferent tolalar yuz, til 
halqum nervlari va adashgan (sayyor) nerv tarkibida. Chiqadi. 
Ko‗priksimon tugun 
Yo‗g‗on ichak 
Qovuq 
Jinsiy azolar 
 
68-rasm Parasimpatik nerv sistemasining sxemasi (Villigerdan). 
Shtrixlangani: o‘rta miya, undan boshlanuvchi parasimpatik tolalar ko‘zni 
harakatlantiruvchi nerv (111)tarkibida boradi; uzunchoq miya, undan 
boshlanuvchi parasimpatik tolalar yuz (VII), til-xalqum (IX) nervlari va sayyor 


268 
nerv (X) tarkibida ketadi; umurtqa pog‘onasining dumg‘aza bo‘limi, bundan 
chanoq nervi (perfeks)) boshlanadi
3. Orqa miyaning ko‗krak va bel segmentlarida (birinchi ko‗krak segmentidan 
ikkinchi - to‗rtinchi bel segmentigacha) vegetativ nerv sistemasining simpatik 
(torako-lyumbal) bo‘limi bor; undan vegetativ tolalar tegishli orqa miya 
segmentlarining oldingi ildizlari orqali orqa miya neyronlarining o‗siqlari bilan 
birga chiqadi. 4. Orqa miyaning dumg‗aza segmentlarida parasimpatik nerv 
sistemasining sakral bo‘limi bor, tolalar undan chanoq nervi tarkibida chiqadi.
Shunday qilib, markaziy nerv sistemasining to‗rtta bo‗limida vegetativ nerv 
sistemasining markazlari joylashgan. Mezensefal, bulbar va sakral bo‗limlardagi 
yadrolar vegetativ nerv sistemasining parasimpatik qismini. Torako-lyumbal 
bo‗limdagi yadrolar esa vegetativ nerv sistemasining simpatik qismini hosil
qiladi. 
Vegetativ nerv sistemasining barcha bo‗limlari oraliq miyadagi (gipotalamus 
va targ‗il tanadagi) oliy vegetativ markazlarga bo‗ysunadi. Bu markazlar 
organizmdagi ko‗pgina organ va sistemalarning funksiyalarini uyg‗unlashtiradi. 
Ana shu markazlar o‗z navbatida katta yarim sharlar po‗stlog‗iga bo‗ysunadi. Katta 
yarim sharlar po‗stlog‗i somatik va vegetativ funksiyalarni xulq-atvorning yagona 
aktlari qilib birlashtirib, organizmning butun bir reaksiya ko‗rsatishini ta‘minlaydi. 
Bo‗yinning yuqori tuguni 
Bo‗yinning o‗rta tuguni
Yo‗lduzsimon gangliy
Yurakka va bronxlarga boradigan
tarmoqlar
quyoshsimon chigal 
ichak tutqichining yuqori 
tuguni 
 
ichak tutqichining pastki 
tuguni. 
69-rasm. Simpatik nerv sistemasining sxemasi (Villigyerdan). Preganglionar 
tolalar sidirg‘a chiziqlar bilan, postganglionar tolalar esa uzuq-uzuq chiziqlar bilan
ko‘rsatilgan..Orqa miyaning ko‗krak-bel qismi (VII bo‗yin segmentidan


269 
III bel segmentigacha) shtrixlangan, preganglionar simpatik tolalar shu 
yerdan boshlanadi. 
Parasimpatik tolalar ko‗p organlarga sayyor nerv tarkibida boradi. Bronxlar, 
yurak qizilo‗ngach, me‘da, ingichka ichak me‘da osti bezi, buyrak usti bezlari, 
buyraklar, taloq, yo‗g‗on ichakning bir qismi sayyor (adashgan) nervdan
innervatsiyalanadi. 
Simpatik nerv sistemasi tolalarining tarqalishi 58-rasmda ko‗rsatilgan. 
Vegetativ nerv sistemasi simpatik bo‗limining yuqori segmentlaridan 
bo‗yinning yuqori simpatik tuguni orqali bosh organlarga tolalar boradi navbatdagi 
sigmentlarga esa pastrog‗dagi simpatik tugunlar orqali ko‗krak bo‗shlig‗i 
organlariga va qolgan tolalar boradi, so‗ngra bir qancha ko‗krak sigmentlari keladi, 
bulardan quyoshsimon chigal va ichak tutqichining yuqori tuguni orqali qorin 
bo‗shlig‗i organlariga tolalar boradi; va nihoyat bel sigmentlaridan ichak 
tutqichining pastki tuguni orqali asosan kichik chanoq organlariga va oyoqqa 
tolalar boradi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling