Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Yurish. 
Skelet, 
tana 
va 
qo‗l-oyoq 
muskullarining 
murakkab 
koordinatsiyalangan faoliyati tufayli odam yuradi. Bu koordinatsiya bolada sekin 
asta, bir yoshidan boshlab vujudga keladi va keyingi taraqqiyot prostessida 
avtomatlashib qoladi. 
Voyaga yetgan odam yurgan vaqtda oyoqlarining ketma-ket qanday 
harakatlanishi 250-rasmda ko‗rsatilgan. Odam yurgan vaqtida navbat bilan goh 
o‗ng oyog‗iga, goh chap oyog‗iga tayanadi (bir tayanchli davr). Tayangan o‗ng 
oyoq; gavdani ko‗tarib turgan paytda bo‗sh chap oyoq oldinga uzatiladi. Oldinga 
uzatilgan chap oyoq tovoni yerga tekkan vaqtda o‗ng oyoq hali yerdan uzilmay 
tana bir necha vaqtgacha ikkala oyoqqa tayanib turadi (ikki tayanchli davr). 
So‗ngra gavda vazni butunlay oldindagi chap oyoqqa tushadi, bu oyoq endi 
tayanch bo‗lib qoladi. Tayanch bo‗lib qolgan chap oyoq tovonidan uchigacha 
yumaloqlanib, tanani oldinga qarab yurgizadi, ayni vaqtda o‗ng oyoq esa oldinga 
uzatilib, gavda vaznini o‗z zimmasiga olish uchun tovonini yerga tegizadi. Yurish 


263 
akti ayrim komponentlarining juda aniq takrorlanishi bilan farq qiladi, bu 
komponentlardan har biri o‗zining avvalgi qadamlarni aniq qo‗yishidan iborat. 
Yurish aktida odam qo‗llari ham aktiv qatnashadi: o‗ng oyoq oldinga 
uzatilganda o‗ng qo‗l orqaga harakatlanadi, chap qo‗l esa oldinga uzatiladi. Chap 
oyoq oldinga uzatilganda esa, aksincha, chap qo‗l orqaga qarab, o‗ng qo‗l oldinga 
qarab harakatlanadi. Boshqacha aytganda, odam yurganda qo‗l-oyoqlari qarama-
qarshi yo‗nalishda harakatlanadi. Erkin oyoqning ayrim zvenolari (son, boldir va 
panja)ning harakati faqat muskullarning qisqarishigagina bog‗liq bo‗lib qolmay, 
inertsiyaga ham bog‗liq. Zveno tanaga qancha yaqin bo‗lsa, inertsiyasi ushancha 
kamroq bo‗lib, tanaga o‗shancha ertaroq ergasha oladi. Masalan. erkin oyoq soni 
hammadan ertaroq oldinga suriladi, chunki u chanoqqa hammadan ko‗ra yaqin. 
Boldir chanoqdan uzoq bo‗lgani uchun keyinda qoladi, shu sababli oyoq tizzadan 
bukiladi. Huddi shuningdek oyoq panjasining boldirdan keyinda qolishi sababli 
oyoq boldir panja bo‗g‗imidan bukiladi.
Odam yurganda muskullarning ketma-ket ishga tortilishini va 
qisqarishlarining aniq koordinatsiyasini markaziy nerv sistemasi asosan bosh 
miya yarim sharlari po‗stlog‗i ta`minlandi. Yurish akti nerv mexanizmi jihatidan 
avtomatlashgan zanjirli refleksdir, bu refleksda afferent impulsatsiya harakatning 
avvalgi har bir elementga hamroh bo‗lib, navbatdagi elementning boshlanishi 
uchun signal bo‗lib xizmat qiladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling