Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Nazorat savollari 
1. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining hujayra strukturasi 
qanday tuzilgan va u qanday ahamiyatga ega hisoblanadi ?. 
2. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗ida elektr hodisalar 
nimalardan iborat ?. 
3. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining sensor hudud 
(zona)larine ayting va ular qanday ahamiyat kasb etadi ?. 
4. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining motor hududlari va 
ularning shkastlanish oqibatlari ?. 
5. 
Limbik tizimning kata yarim sharlar funksiyasidagi 
ahamiyati ?. 
6. 
Harakat jarayonlari kata yarim sharlar po‗stlog‗ida 
qanday nazorat (control) qilindi va ularni o‗rganish usullari ?. 
 VEGETATIV NERV SISTEMASINING UMUMIY TUZILISHI VA 
ASOSIY FIZIOLOGIK XOSSALARI. VEGETATIV FUNKSIYALARNI
BOSHQARUVCHI (NERV REGULYATSIYASI) MARKAZLAR, 
VEGETATIV REFLEKSLAR
Fransuz fiziologi F.K. Bish zamoni XIX asr boshlaridanoq organizm 
funksiyalarini animal (somatik) va vegetativ funksiyalarga ajratib kelishadi. Skelet 
muskullarining ta‘sirotlarni qabul qilish va harakat reaksiyalarini animal (somatik) 
funksiyalarga kiritishadi. Modda almashinuvi va butun organizmda yuzaga 
chiqadigan funksiyalar (ovqat xazm qilish, qon aylanishi, nafas chiqarish), 
shuningdek o‗sish va ko‗payish (urchish) vegetativ funksiyalar deb ataladi. 
Funksiyalar shu tariqa bo‗linganiga yarasha nerv sistemasi somatik va vegetativ 
nerv sistemalariga bo‗linadi. Somatik nerv sistemasi organizmning sensor va motor 
funksiyalarini ta‘minlaydi. Vegetativ nerv sistemasi barcha ichki organlar, tomirlar 
va ter bezlarining efferent innervasiyasini, shuningdek skelet muskullari
reseptorlarning va qisman nerv sistemasining trofik innervasiyasini ta‘minlaydi. 


267 
Vegetativ funksiyalar regulyasiyasini ajratish bilan birga, organizmning butun 
reaksiyalarida sensor, motor va vegetativ komponentlar yuqorida aytganimizdek 
o‗zaro chambarchas bog‗langanligini qayd qilib o‗tmoq kerak. Organizm 
reaksiyalarining skelet muskullari tomonidan yuzaga chiqariladigan somatik 
komponentlari vegetativ funksiyalardan farq qilib, ixtiyoriy ravishda yuzaga 
chiqarilishi, kuchaytirilishi yoki tormozlanishi mumkin; ularni reaksiyaning 
boshidan oxirigacha bosh miya katta yarim sharlari nazorat qilib turadi. 
Vegetativ komponentlar esa, ko‗pincha, ixtiyoriy ravishda kontrol qilinmaydi. 
Ba‘zi tadqiqotchilar shunga asoslanib, vegetativ nerv sistemasini avtonom (J. 
Lengli) yoki ixtiyordan tashqari (G. Gaskell) deb atashdi. Ammo markaziy nerv 
sistemasining oliy bo‗limlaridan mustaqil «avtonom» vegetativ nerv sistemasi 
haqidagi tasavvur g‗oyatda shartlidir. Ichki organga doir shartli reflekslar hosil 
qilish ustidagi ko‗pgina tajribalar shuni yaqqol isbot etdiki, bosh miya katta yarim 
sharlari po‗stlog‗i vegetativ nerv sistemasidan innervasiyalangan hamma organlar 
faoliyatini boshqaradi va ularning faoliyatini organizmning mavjud extiyojlariga 
yarasha, organizmning tashqi va ichki muxitidan keluvchi ta‘sirotlarga 
ko‗rsatadigan reaksiyalariga yarasha uyg‗unlashtiradi (koordinasiya). 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling