Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Odam
harakatlarini o‘rganish metodikasi. Odam yurganda. yugurganda, sakraganda, shuningdek ishlab turib har xil harakat ishni bajarganda gavdaning ayrim qismlari bir-biriga nisbatan shunday tez suriladiki, ularni momental fotografiya yoki kinematografiyani tatbiq etmasdan turib batafsil kuzatib bo‗lmaydi. Harakatlar kinoga olinganda ketma-ket keluvchi kadrlardan har biri gavdaning faqat ayrim pozasini qayd qiladi, bu xol butun harakat aktining qanday o‗tishini analiz qilishni qiyinlashtiradi. Shu sababli kinematografiya bilan bir qatorda harakatlarni qayd qilishning siklografiya usuli ham ishlab chiqildi. Siklografiyadа harakat (yoki qo‗l-oyog‗idan birini qimirlatayotgan) kishining, ketma-ket keluvchi pozalari bitta fotografik plastinkada qayd qilinadi. Tekshiriluvchi kishiga shu maqsadga ko‗ra matodan tikilgan kostyum kiygiziladi. Gavdasining bo‗g‗imlarga tegishli joylariga va boshqa ba`zi nuqtalariga kichkina elektr lampochkalar mahkamlab qo‗yiladi. Tekshirilayotgan 262 kishining qimirlashi yoki surilishi fotoplastinkada iz qoldiradi. Ayni vaqtda yonib turgan har bir lampochkaga plastinkada chiziq shaklidagi tegishli yorug‗lik traektoriyasi mos keladi. Gavdaning ayrim qismlaridagi harakatlar tezligini aniqlash uchun fotokamera oldiga bir yoki bir nechа teshikli aylanma disk o‗rnatiladi. Disk fotokamera ob`ektivi oldida bir maromdagi tezlik bilan aylanib, lampochkalarning yorug‗lik traektoriyalarini bir-biridan birday vaqt intervali bilan ajralgan ayrim nuqtalarga bo‗lib tashlaydi. Siklogrammani N. A. Bernshteyn metodida ishlab chiqib, odam gavdasi va ayrim qismlarining fazo hamda vaqtdagi harakatlarini mukammal analiz qilish mumkin. Bu esa gavda va ayrim qismlarining haqiqiy va nisbiy siljishlarini aniqlash bilan bir qatorda bu siljishlarning uzunasiga, shuningdek tikka tushuvchi chiziqlar bo‗yicha tezligini va tezlanishini aniqlashga ham imkon beradi. Siklografiya metodining kamchiligi shuki, olinadigan ma`lumotlarni ishlab chiqish ko‗p vaqt va mehnatni talab qiladi. Shu sababli harakatning butun bir manzarasini beradigan Siklografiya metodi bilan bir qatorda yurish va boshqa harakat aktlarni o‗rganish uchun harakatning ayrim elementlarini (masalan, tizza, tirsak va boshqa bo‗g‗imlardagi burchak siljishlarini; mehnat harakatlarida ish asbobiga sarf qilinadigan kuchni; qadamning uzunligini hamda fazalarining davomiyligini va shu kabilarni) qayd qiladigan turli metodikalar ham qo‗llaniladi. Harakat aktini yuzaga chiqarishda turli muskullarning ishtirok etishini o‗rganmoq uchun ularning elektr aktivligi tekshiriladi, ya`ni elektromiografiya metodi qo‗llaniladi. Ajratib oluvchi elektrodlar shu maqsadda odam terisining tegishli muskul ustidagi qismiga qo‗yiladi. Ko‗p kanalli elektromiograflardan foydalanib, bir necha muskulning elektr aktivligi bir vaqtda qayd qilinadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling