Va oliy nerv faoliyati
Vegetativ gangliy (tugun)larning funksiyalari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Vegetativ gangliy (tugun)larning funksiyalari. Vegetativ gangliylar
o‗zidan o‗tuvchi nerv impulslarining taqsimlanishi va tarqalishida anchagina rol o‗ynaydi. Gangliylardagi nerv xujayralarining soni gangliyga keluvchi preganglionar tolalar soniga nisbatan bir necha baravar ortiq (bo‗yinning yuqori simpatik tugunida 32 baravar, kipriksimon tugunda 2 baravar ortiq.) Shu tolalardan har biri gangliyning ko‗p xujayralarida sinapslar hosil qiladi. Shu sababli preganglionar tola orqali gangliyga kelgan nerv impulslari bir talay postganglionar neyronlarga va, binobarin,Innervasiyalanadigan organning yanada ko‗proq muskul va bez xujayralariga ta‘sir eta oladi. Shu tariqa, preganglionar tolalarning ta‘sir ko‗rsatadigan doirasi kengayadi. Preganglionar tolalar orqali keluvchi nerv impulslari nechog‗li keng tarqalishini quyidagi fakt ko‗rsatib turibdi: itning qorin bo‗shligidagi bir necha yirik organ me‘da osti bezi, ingichka ichak buyrak usti bezlari va buyraklarga sayyor (adashgan) nervning o‗rta hisobda 70 ga yaqin tolasi keladi. Sayyor nerv tolalarining bu chekli miqdori organ ichidagi nerv tugunlari va chigallarga sinaps orqali bog‗lanib, yuqorida aytilgan hamma ichki organlarning parasimpatik innervatsiyasini ta‘minlaydi. Ko‗pgina preganglionar tolalardan hosil bo‗lgan senapslar har bir postganglionar neyronda bor. Nerv impulslarining fazoda qo‘shilish xodisasi shu bilan bog‗langan. Preganglionar bir tolaga bo‗sag‗adan past kuchdagi stimul bilan ta‘sir etilsa, postganglionar tolalarda harakat potensiallari vujudga kelmaydi. Bir necha preganglionar tola bir tolaga ta‘sir etish uchun qo‗llanilgan kuchdagi stimullar bilan ta‘sirlansa, postsinaptik qo‗zg‗atuvchi potensiallarning fazoda masofada qo‗shilishi sababli postganglionar tolalarda harakat potensiallari qayd 272 qilinadi. Simpatik nerv tugunlarida ayrim preganglionar tolalarning ta‘sir zonalari qisman bir-birini qoplaydi. Shu sababli preganglionar tolalarning ikki tutamiga bir yo‗la ta‘sir etilganda okklyuziya xodisasi qayd qilnadi: preganglionar tolalarning ikki tutamiga bo‗sag‗adan yuqor kuch bilan bir yo‗la ta‘sir etish effekti shu tolalarning tutamlariga aloxida-aloxida ta‘sir etish effektlarining arifmetik yig‗indisiga nisbatan hamisha kamroq chiqadi. Preganglionar nerv tolalariga ta‘sir etilganda nerv impulslarining vaqtda qo‘shilish xodisasi ham ravshan ko‗rinadi. Yakka stimul, xatto ta‘sirot kuchi katta bo‗lganda ham, effekt bermaydi. (vegetativ nerv sistemasining neyronlari va markaziy nerv sistemasining ko‗pgina neyronlari yakka stimullar ta‘sirida qo‗zg‗ala olmaydi, bu xususiyatni iterativlik deb atashadi). Bunga qarama-qarshi o‗laroq, preganglionar tolalarning ritmik stimullar bilan ta‘sirlanishiga javoban postganglionar neyronlarda qo‗zg‗alish protsessi kelib chiqadi, chunki qo‗zg‗atuvchi postsinaptik potensiallar vaqtda qo‗shiladi. Neyronlararo sinapslarda nerv impulslarining bir tomonlama o‗tishi, tugunga kiruvchi ayrim preganglionar tolalar ta‘sir ko‗rsatadigan zonalarning bir-birini qoplashi, postsinaptik potensiallarning vaqtda ham fazoda qo‗shilishi va okklyuziya shuni kursatadiki, markaziy nerv sistemasidagi neyronlar va sinapslarning tuzilishi va xossalari qanday bo‗lsa, vegetativ nerv sistemasidagi neyronlar va gangliy sinapslarining tuzilishi bilan xossalari ham o‗shanday. Vegetativ nerv sistemasi neyronlarining harakterli xususiyati shuki, ularda vujudga keladigan impulslar birmuncha siyrak ritmli bo‗lib, sekundiga 10—15 dan oshmaydi. Masalan, tomir toraytiruvchi nerv tolalari orqali o‗tadigan impulslarning maksimal ritmi ko‗pincha sekundiga 6—8 dan oshmaydi. Preganglionar tolalarning qo‗zg‗alishlar chastotasi vegetativ nerv sistemasining neyronlarida vujudga keladigan tabiiy impulslar chastotasidan oshib ketsa, sinapslarda qisman ushlanib qoladi va postganglionar neyron siyrakroq ritmda qo‗zg‗aladi. Shunday qilib, nerv impulslarining ritmi o‗zgartiriladi. Stimulyasiyaning soniyaga 100 dan ortiq chastotasi qo‗zg‗alishlarning sinaps orqali o‗tishini batamom to‗xtatib (blokada qilib) qo‗yadi. Vegetativ nerv sistemasining gangliylari reflektor markazlarni, ya‘ni reflektor dugalar shu gangliylarda tutashadimi? Bu savol ko‗p marta muxokama qilingan bo‗lsada, xanuz uzil-kesil oydinlashtirilgani yo‗q. Ba‘zi organlardagi nerv chigallarida, jumladan me‘da va ichakdagi Auerbax chigalida tuzilishi bilan bir- biridan farq qiladigan va o‗zaro kontaktlanadigan ikki tipdagi nerv xujayralari borligi (bu xujayralarni A. S. Dogel topgan) vegetativ nerv sistemasining gangliy va chigallarida reflektor dugalarning tutashuvi mumkinligini ko`rsatadi. Ammo vegetativ nerv sistemasining gangliy va tugunlarida retseptorlardan qo`zg‗alish 273 olib keluvchi va impulslarni shu yerdayoq effektor neyronlarga o‗tkazuvchi retseptor neyronlar borligini ko‗rsatadigan yetarlicha ishonarli dalillar keltirilgani yo‗q. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling