Va oliy nerv faoliyati


Vegetativ markazlar tonusi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Vegetativ markazlar tonusi. Vegetativ nerv sistemasining ko`pgina 
markazlari muttasil tonus holatida bo‗ladi,ulardan innervatsiyalanadigan organlar 
qo‗zg‗atuvchi yoki tormozlovchi impulslarni shunga ko`ra uzluksiz olib turadi. 
Oldin ko`zdan kechirilgan ikki misol bilan tushuntiraylik, Itning ikkala sayyor 
nervi bo`ynidan qirqib qo`yilsa, yurak qisqarishlari tezlashadi, chunki sayyor 
nervlarning tonus holatidagi yadrolari yurakka doimo ko`rsatadigan tormozlovchi 
ta‘sirini shu nervlar qirqib qo`yilgandan keyin ko`rsatmaydi. Quyonning bir 
tomondagi simpatik nervi bo`ynidan qirqib qo‗yilsa, shu nerv qirqilgan tomondagi 
quloq tomirlari kengayadi, chunki tomirlar vazokonstriktor tonusdan mahrum 
bo`ladi. Qirqilgan nervning periferik uchiga sekundiga 1-2 stimul bilan ritmik 
ta‘sir etilsa, yurak qisqarishlarining sayyor nervlar qirqib qo‗yilguncha mavjud 
bo`lgan ritmi yoki quloq tomirlarining simpatik nerv butun vaqtdagi torayish 
darajasi tiklanadi.
Vegetativ nerv sistemasi tolalarining xossalari. Vegetativ nerv 
yo`llarining somatik nerv yo`llaridan farq qiladigan morfologik xususiyatlari shuki, 
ular ikki neyrondan tuzilgan, nerv yo`li nerv tugunlarida uziladi, markaziy nerv 
sistemasidan g‗uj bo`lib chiqadi, periferiyada segmentar tipda taqsimlanmaydi va 
diametri kichik bo`ladi. Preganglionar tolalar ‗V‘ tipga kiradi' ; diametri 2—3,5 va 
ba‘zan 5 mk bo`lib, yupqa miyelin pardasi bor. Postganglionar tolalar S tipga 
mansub bo`lib, diametri 2 mk dan oshmaydi, ko`pchiligining miyelin pardasi
yo`q.Vegetativ 
tolalar, 
ayniqsa 
postganglionar 
tolalar 
birmuncha 
kam 
qo`zg‗aluvchanligi bilan farq qiladi, ular skelet muskullarini innervatsiya qiladigan 
motor tolalarga ta‘sir etish uchun kerak bo`lganidan ko‗proq kuchlanishli elektr
toki bilan ta‘sir etishni talab qiladi. Vegetativ tolalarda nerv impulslarining 
tarqalish tezligi ham kamroq; sut emizuvchilardagi preganglionar tolalarda 3 dan 
20 m/sek gacha, postganglionar tolalarda 1 dan 5 m/sek gacha. Vegetativ 
tolalarning umumiy qonuniyati harakterli: ushbu tola qancha ingichka bo`lsa, 
reobazasi va xronaksiyasi o`shancha ortiq (ya‘ni qo`zg‗aluvchanligi kamroq), 
refrakter davri uzoqroq va impulslarni o‗tkazish tezligi kamroq. 
Simpatik va parasimpatik nerv tolalaridagi harakat potensiallari uzoq davom 
etishi bilan farq qiladi (ayrim cho‗qqi potensiali 150 msek gacha davom etishi
ya‘ni somatik nerv tolalaridagi cho‗qqi potensialiga nisbatan taxminan 100 baravar 
uzoqroq bo`lishi mumkin). Simpatik tolalarda harakat potensiali vujudga kelganda 
giperpolyarizatsiya uzoq (0,5 sekundgacha) davom etadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling