Va oliy nerv faoliyati
Vegetativ funksiyalarni boshqaradigan bulbar va mezentsefal markazlar
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Vegetativ funksiyalarni boshqaradigan bulbar va mezentsefal markazlar.
Sayyor nerv, til-xalqum nervi, yuz nervi va ko‗zni harakatlantiruvchi nerv tarkibida o‗tuvchi parasimpatik tolalardan innervatsiyalangan organlar faoliyatini boshqaruvchi markazlar o‗rta miya bilan uzunchoq miyada. Nerv sistemasining bu bo‗limlarida retseptor, kiritma va effektor neyronlarning gruppalari bor. Bular ko‗pgina vegetativ reflekslarning dugalarini hosil qiladi. Yurak urishini susaytiradigan, ko‗zdan yosh oqizadigan, so‗lak me‘da va me‘da osti bezi sekretsiyasini qo‗zg‗aydigan, o‗t pufagi va o‗t yo`lidan o‗t chiqartiradigan, me‘da va ingichka ichak qisqarishlariga sabab bo‗ladigan nerv markazlari uzunchoq miyada. Orqa miyaning ko‗krak va bel segmentlarida joylashib, periferiyaga tomir toraytiruvchi impulslarni yuboradigan simpatik nerv sistemasi neyronlarining faoliyatini uyg‗unlashtiruvchi va integrallovchi vazomotor (tomir harakatlantiruvchi) markaz uzunchoq miyaning retikulyar formatsiyasida. Uzunchoq miyadagi tomir harakatlantiruvchi markazning va sayyor nerv yadrosining yurak faoliyatini susaytiruvchi neyronlari doimo tonus xolatida bo‗ladi, natijada arteriyalar va arteriolalar hamisha birmuncha torayib, yurak urishi esa birmuncha sekinlashib turadi, bu tomir harakatlantiruvchi markazning va sayyor nerv yadrosi neyronlarining harakterli xususiyatidir. 287 Sayyor nerv yadrosining neyronlari ishtirokida yurakka taalluqli har xil reflekslar, jumladan, Gols refleksi , ko‗z-yurak refleksi (Ashner refleksi), nafas olish-yurak refleksi, sinokarotid va aortal refleksogen zonalarning retseptorlaridan boshlanuvchi reflekslar yuzaga chiqadi. Yurakning ko‗pgina reflektor reaksiyalari tomirlar tonusining o‗zgarishi bilan bir vaqtda ro‗y beradi. Buning sababi shuki, yurak faoliyatini boshqaruvchi neyronlar tomir. harakatlantiruvchi markazning neyronlariga bog‗langan.``1 Tomir harakatlantiruvchi markazda pressor va depressor zonalar bor. Pressor zonalar tomirlarni refleks yo`li bilan toraytirsa, depressor zonalar tomirlarni refleks yo`li bilan kengaytiradi. Tomirlarga innervatsiya beruvchi simpatik nerv sistemasining spinal neyronlariga impulslar tomir harakatlantiruvchi markazdan retikulospinal yo‗llar orqali keladi. Tomir harakatlantiruvchi markazning tomir kengaytiruvchi reflekslari odatda regional harakterda, ya‘ni gavdaning muayyan qismi bilan cheklangan bo‗ladi; tomir toraytiruvchi reflekslar esa gavdaning kengroq qismlarini o‗z ichiga oladi. Yurak faoliyati va tomirlar tonusini boshqaruvchi markazlarga garchi miya katta yarim sharlarining po‗stlog‗i ta‘sir etib tursa ham, ular nafas markazidan farq qilib, o‘z ixtiyoricha qo‘zg‘ala olmaydi yoki tormozlana olmaydi. Uzunchoq miyaning xazm organlari faoliyatini boshqaradigan reflektor markazlari so‗lak bezlariga til-xalqum va yuz nervlari tarkibida boruvchi parasimpatik nerv tolalari orqali me‘da, me‘da osti bezi, ingichka ichak o‗t pufagi va o‗t yo‗llariga —sayyor nerv tarkibida boruvchi parasimpatik nerv tolalari orqali ta‘sir ko‗rsatadi. Reflektor impulslar yuz nervining shoxchasi orqali ko‗z yoshi beziga boradi. O‗rta miyada to‗rt tepalikning oldingi do‗mboqlarida qorachiq refleksining markazi bilan ko‘z akkomodasiyasi markazi bor. Organizmning vegetativ funksiyalarini boshqaruvchi markazlar orqa miyada, uzunchoq miyada va urta miyada bo‗lib, bu markazlar faoliyatini gipotalamusning yuksak vegetativ markazlari integrallaydi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling