Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Vegetativ reflekslar. Vegetativ reflekslar degan ko‗pgina reflektor
reaksiyalarning yuzaga chiqishida vegetativ nerv sistemasining neyronlari qatnashadi :Eksteroretseptorlar ta‘sirlanganda ham, interoretseptorlar ta‘sirlanganda ham vegetativ reflekslar yuzaga chiqadi. Bu reflekslarda impulslar markaziy nerv sistemasidan periferik organlarga simpatik yoki parasimpatik nervlar orqali o‗tadi. Turli vegetativ reflekslar juda ko‗p. Meditsina praktikasida vissero-visseral, vissero-butan va butan-visseral reflekslarning ahamiyati katta. Ta‘sirlanganda reflekslarni yuzaga chiqaradigan retseptorlarning va oxirgi reaksiyaning vujudga kelishida qatnashuvchi effektorlar (ishlovchi organlar)ning ixtisoslashishiga qarab, bu reflekslar bir-biridan farq qiladi. Vissero-visseral reflekslar ichki organlardagi reseptorlarning ta‘sirlanishi natijasida vujudga keladigan va ichki organlar faoliyatining o‗zgarishi bilan tugaydigan reaksiyalardir. Aorta, karotid sinus yoki o‗pka tomirlaridagi bosimning ortishi yoki kamayishi natijasida yurak faoliyati, tomirlar tonusi, taloqqa qon to‗lishining reflektor o‗zgarishlari; qorin bo‗shlig‗idagi organlar ta‘sirlanganda yurakning refleks yo`li bilan to‗xtab qolishi; qovuq ichidagi bosim oshganda qovuq silliq muskullarining refleks yo`li bilan qisqarishi va qovuq sfinkterining bo‗shashuvi va boshqa ko‗p reflekslar vissero-visseral reflekslarga kiradi. Vissero-butan reflekslar shundan iboratki, ichki organlar ta‘sirlanganda gavdaning chetki qismlarida ter ajralishi, terining elektr qarshiligi (elektr o‗tkazuvchanligi) va teri sezuvchanligi o‗zgaradi. Masalan, ichki organlarning zararlanishiga a‘loqador bo‗lgan ba‘zi bir kasalliklarda terining muayyan qismlaridagi sezuvchanligi oshadi va elektr qarshiligi kamayadi. Qaysi organning zararlanishiga qarab, terining bunday qismlari topografiyasi har xil bo‗ladi. Butan-visseral reflekslar shundan iboratki, terining muayyan qismlari ta‘sirlanganda tomir reaksiyalari ro‗y beradi va muayyan ichki organlar faoliyati o‗zgaradi. Ba‘zi shifobaxsh proseduralar, masalan, ichki organlar og‗riganda terining ma‘lum bir qismini isitish yoki sovutish shunga asoslangan. Amaliy meditsinada vegetativ nerv sistemasining xolati xaqida fikr yuritish uchun bir qancha vegetativ reflekslardan foydalaniladi (vegetativ funksional probalar). Bularga ashnerning ko‘z-yurak refleksi (ko‗z soqqalariga barmoq bosilganda yurak urishining qisqa vaqt siyraklanishi), nafas olish-yurak refleksi, yoki nafas aritmiyasi (navbatdagi nafas olishdan oldin, nafas chiqarish oxirida yurak urishining siyraklanishi), ortostatik reaksiya (yotgan xolatdan tikka turganda yurak urishining tezlashuvi va arterial bosimning ko‗tarilishi) va boshqa reflekslar kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling