Va oliy nerv faoliyati
Shartli va shartsiz reflekslarning tafovuti
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Shartli va shartsiz reflekslarning tafovuti. Shartsiz reflekslar -
organizmning irsiyat yo`li bilan o`tadigan tug‗ma reaktslaridir. Shartli reflekslar organizmningindividual taraqqiyot jarayonida "turmush tajribasi" asosida kasb etadigan reaksiyalaridir. 295 70-rasm. Refleks yuzasidan I.P.Pavlov o‗tkazgan tajribalar. Shartsiz reflekslar turga taalluqli, ya`ni shu turning hamma vakillariga xosdir. Shartli reflekslar individual bo‗ladi: bir turning ba`zi vakillarida bo‗lishi, boshqalarida esa bo‗lmasligi mumkin. Shartsiz reflekslar birmuncha doimiy; shartli reflekslar esa doimiy bo‗lmay, muayyan sharoitga qarab hosil bo‗lishi, mustahkamlanishi yoki yo‗qolishi mumkin, ularning bu xossasi nomidan ham ko`rinib turibdi. Shartsiz reflekslar muayyan bir retseptiv maydonga qo`yilgan adekvat ta`sirlovchilarga javoban yuzaga chiqadi.Shartli reflekslar esa turli retseptiv maydonlarga qo`yilgan turli-tuman ta`sirotlarga javoban yuzaga chiqa oladi. Katta yarim sharlar pustlog‗i juda rivojlangan hayvonlarda shartli reflekslar miya po‗stlog‗ining funksiyasidir.Katta yarim sharlar po‗stlog‗i olib tashlangach shartli reflekslar yo‗qolib, faqat shartsiz reflekslar qoladi. Bundan anglashiladiki, shartli reflekslarga qarama-qarshi o‗laroq, shartsiz reflekslarning yuzaga chiqishida markaziy nerv sistemasining quyi bo‗limlari - po‗stloq ostidagi yadrolar, miya stvoli va orqa miya yetakchi rol' o`ynaydi. Ammo, funksiyalar yuksak darajada tabaqalashgan odam va maymunlarda ko‗pgina murakkab shartsiz reflekslar katta yarim sharlar po‗stlog‗ining muqarrar ishtirokida yuzaga chiqishini qayd qilib o‗tmoq kerak. Primatlarda katta yarim sharlar po‗stlog‗ining zararlanishi natijasida shartsiz reflekslarning patologik ravishda buzilishi va ba`zilarining yo‗qolib ketishi shundan guvohlik beradi. 296 Shartsiz reflekslarning hammasi ham darrov to`g`lish paytigacha hosil bo‗lavermasligini ta`kidlab o‗tmoq kerak. Ko‗pgina shartsiz reflekslar, masalan, lokomotsiya, jinsiy aktga taalluqli reflekslar odam va hayvon tug‗ilgandan keyin uzoq vaqt o‗tgach yuzaga chiqadi, lekin ular nerv tizimi normal taraqqiy etgandagina namoyon bo‗ladi. Shartsiz reflekslar filogenez jarayonida mustahkamlangan va irsiyat yo‗li bilan o`tadigan reflektor reaktsiyalar fondiga qo`shiladi. Shartli reflekslar shartsiz refkekslar asosida vujudga keladi.Shartli refleks hosil bo‗lishi uchun tashqi muhit yoki organizm ichki holatining biron o‗zgarishi katta yarim sharlar po‗stlog‗iga sezilib, biron shartsiz refleksning yuzaga chiqishi bilan bir vaqtda to‗g‗ri kelishi kerak. Faqat shundagina tashqi muhit yoki organizmning ichki holati o‗zgarishi, shartli refleksning ta`sirlovchisi - shartli ta`sirlovchi, yoki signal bo‗lib qoladi. Shartsiz refleksga sabab bo‗luvchi ta`sirot - shartsiz ta`sirot shartli refleksning vujudga kelishida shartli ta`sirotga yo‗ldosh bo‗lishi, uni mustahkamlashi kerak. Oshxonada pichoq va vilkaning jaranglashi yoki itga ovqat beriladigan idishning taqqillashi so‗lak chiqartirilishi uchun bu tovushlar ovqat bilan takror bir vaqtga tug‗ri kelishi - so‗lak chiqarish uchun dastlab indifferent bo‗lgan ta`sirlovchilar ovqat bilan, ya`ni so‗lak bezlarining shartsiz ta`sirlanishi bilan mustahkamlanishi kerak. Huddi shuningdek itning ko‗z oldida elektr lampochkasini yondirish yoki qo‗ng‗iroq chalish oyoq terisiga elektr tokini ta`sir ettirish bilan bir vaqtga tog‗ri keltirilsa (har-gal oyoq terisiga elektr toki ta`sir ettirilganda oyoq bukish shartsiz refleksi kelib chiqadi), faqat shundagina oyoq bukish shartli refleksini vujudga keltira oladi va ta`sirot - shartsiz ta`sirot shartli refleksning vujudga kelishida shartli ta`sirotga yo‗ldosh bo‗lishi, uni mustahkamlashi kerak. Xuddi shuningdek shamni loaqal bir marta ko`rish, badan kuyish sezgisi bilan to‗g‗ri kelgandan keyingina yosh bola yonayotgan shamdan qo`lini tortib yig‗lashi mumkin. Yuqorida keltirilgan hamma misollarda avvaliga nisbiy indifferent bo`lib kuringan tashqi ta`sirotlar idish- tovoqning taqillashi, yonib turgan shamni kurish elektr lampalarining yonishi, qo‗ng‗iroq tovushi shartsiz ta`sirotlar bilan mustahkamlangandagina shartli ta`sirlovchi bo`lib qoladi. Tashqi olamning dastlab indifferent bo`lgan signallari faqat shundagina faoliyatining muayyan turi uchun ta`sirlovchi bo`lib qoladi. Shartli reflekslar hosil qilish uchun vaqtincha aloqa vujudga kelishi zarur. Boshqacha aytganda, shartli ta`sirotni sezuvchi po‗stloq hujayralari shartsiz refleks dugasining tarkibiga kiruvchi po‗stloq neyronlariga vaqtincha bog‗lanishi kerak. Shartli va shartsiz ta`sirotlar bir vaqtga to‗g‗ri kelganda va bir-biriga ta`sir etganda katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi turli neyronlari bir- biri bilan bog‗lanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling