Va oliy nerv faoliyati
Shartsiz va shartli reflekslarning komponentlari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Shartsiz va shartli reflekslarning komponentlari. Shartsiz
reflekslarning aksarisi bir necha komponentdan tuzilgan murakkab reaktsiyalardir. Masalan, it oyog‗iga elektr toki bilan ta`sir etib yuzaga chiqariladigan shartsiz himoyalanish refleksida himoya harakatlari bilan bir qatorda nafas kuchayadi va tezlashadi, yurak tezroq uradi, ovoz reaktsiyalari paydo bo`ladi (it g‗inshiydi, vovullaydi), qon tarkibi o`zgaradi (leykotsitoz, trombotsitoz va hokazo ro‗y beradi). Ovqatlanish refleksi ham harakat (ovqatni yamlash, chaynash, yutish), sekretor, nafas, yurak - tomir va boshqa komponentlarga bo‗linadi. Shartli reflekslar, odatda, shartsiz refleks strukturasini gavdalantiradi, chunki shartsiz-ta`sirot qaysi nerv markazlarini qo‗zratsa shartli ta`sirot ham o`sha nerv markazlarini quzg‗atadi.Shu sababli shartli refleks komponentlari tarkibi shartsiz refleks komponentlari tarkibiga uxshaydi. Shartli refleks komponentlari reflekslarning shu turi uchun spetsifik asosiy komponentlarga va nospetsifik ikkinchi darajadagi. komponentlarga bo‗linadi. Himoyalanish refleksida harakat, ovqatlanish refleksida esa harakat va sekretor komponentlar asosiy hisoblanadi. Asosiy komponentlarga yo‗ldosh bo`ladigan o`zgarishlar - nafas, yurak urishi, tomirlar tonusining o`zgarishlari ham hayvonning ta`sirotga yaxlit reaktsiya ko`rsatishi uchun ham muxim, lekin ular, I. P. Pavlov aytganidek "sof xizmatkorlik rolini" o‗ynaydi. Masalan, himoyalanish shartli ta`sirlovchisi tufayli nafas tezlashuvi va kuchayishi, yurakning tez-tez urishi, tomirlar tonusining ortishi skelet muskullarida modda almashinuvini kuchaytirib, himoya harakat reaktsiyalarini yuzaga chiqarish uchun optimal sharoit tug‗diradi. Eksperimentator shartli reflekslarni tekshirganda asosiy komponentlardan birontasini ko`rsatkich sifatida tanlab oladi. Shuning uchun ham shartli va shartsiz harakat yoki sekretor yoki lokomotor reflekslar deb aytishadi. Ammo, ular organizm butun reaktsiyasining faqat ayrim komponentlari ekanligini nazarda tutmoq kerak. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling