Va oliy nerv faoliyati
Somatik va Visseral sezuvchanlikning yarim sharlardagi vakilligi
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘ruv resseptsiyasining vakilligi
Somatik va Visseral sezuvchanlikning yarim sharlardagi vakilligi. Har bir
yarim sharda somatik (teri va bo‗g‗im-muskul) va Visseral sezuvchanlik vakilligining ikki zonasi bor, bu zonalar shartli ravishda yarim sharlar po‗stlog‗ining I va II somatosensor zonalari deb ataladi. Yarim sharlar po‗stlog‗ining birinchi somatosensor zonasi orqadagi markaziy pushtada bo‗lib, ikkinchi zonaga qaraganda kattaroq. Gavdaning qarama-qarshi tomonidagi teri (taktil va temperatura), bo‗g‗im-muskul va Visseral Retseptorlarlar oladigan axborotni yetkazib beruvchi talamusning orqadagi ventral yadrosidan afferent impulslar birinchi somatosensor zonaga kiradi. Odam gavdasi turli qismlarining proektsiyalari shu zonada qanday joylashganligi 51-rasmda ko‗rsatilgan. Qo‗l panjasi retseptorlari, ovoz apparati va yuzning miya po‗stlog‗idagi vakilligi kattaroq maydonni, tana, son va boldirning vakilligi esa kichikroq maydonni egallallashi rasmdan ko‗rinib turibdi. Miya po‗stlog‗idagi proektsiya maydoni biron retseptorlar maydondan tasirotlarni qabul qilishda qatnashuvchi po‗stloq nerv hujayralarining soniga bog‗liq. Po‗stloqda nerv hujayralari qancha ko‗p bo‗lsa, periferik ta`sirotlar analizi o‗shancha ko‗proq differentsiallanadi. Visseral afferent sistemalar (hazm yo`li, chiqarish apparati, yurak-tomirlar sistemasi) retseptorlarining miya po‗stlog‗idagi proektsiyalari gavdaning tegishli qismlaridagi teri retseptorlarining vakilligi sohasida joylashgan. Ikkinchi somatosensor zona Roland egasining ostida bo‗lib, Silviy egatining yuqori chekkasiga yoyiladi; bu zonaga ham afferent impulslar talamusning orqadagi ventral yadrosidan keladi. Ko‘ruv resseptsiyasining vakilligi. Ko‗ruv analizatorining miya po‗stlog‗idagi uchlari (ko‗ruv zonalari deb ataladi) ikkala yarim shardagi ensa bo‗laklarining ichki yuzasida pix egat va yondosh pushtalar sohasida joylashgan. Ko‗ruv zonalari ko‗z to‗r pardasining proektsiyasidan iborat. Bu sohaga afferent impulslar ko‗ruv yo‗lining uchinchi neyronlari joylashgan tashqi tizzasimon tanalardan keladi. 253 62-rasm. Odam gavdasidagi turli qismlar proektsiyalarining katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi somatosensor zonada joylashuvi (U. Penfild bilan Rasmussendal). 1- jinsiy organlar; 2 - barmoqlar; 3 - oyoq tovoni; 4- boldir; 5-son; 6-tana; 7- bo‘yin; 8 - bosh; 9-yelka; 10 - tirsak bo‘g‘imi; II - tirsak; 12 - bilak; 13 - kaft usti; 14 - qo‘l panjasi; 15 – qo‘l jimjilog‘i; 16 - nomsiz barmoq; 17 – o‘rta barmoq; 18 - ishora barmoq; 19 - bosh barmoq; 20 – ko‘z; 21 - burun; 12 - yuz (bet); 23 - yuqori lab; 24 - tishlar; 25- pastki lab; 26 - tishlar. milklar va jag‘; 27 - til; 28 - halqum (yutqin); 29 - ichki organlar. Gavda qismlarining kattaligi sensor vakillik kattaligiga mos keladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling