Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta yarim sharlar po‘stlog‘iga ta`sir etishning ba`zi turlarida elektroentsefalogramma ritmlarining o‘zgarishlari.
61-rasm. Odam katta yarim sharlari pustlog‘idagi ba`zi sensor va motor zonalarning joylashuvi (sxemalashtirilgan). Miya stvolining retikulyar formatsiyasiga ta`sir etilganda elektroentsefalogrammada sust ritmlar tez ritmlarga aylanadi. Bu xodisa desinxronizatsiya yoki aktivatsiya reaktsiyasi deb ataladi (G. Jasper). Odam ko‗zini ochganda alfaritmning betaritm bilan almashinishi aktivatsiya reaktsiyasining vujudga kelish misollaridan biridir. Yarim sharlar po‗stlog‗ini tilish tajribalari elektroentsefalogramma ritmlarining vujudga kelishi va davom etishida afferent impulsatsiyaning yetakchi rol o‗ynashidan guvohlik beradi. Yarim sharlar po‗stlog‗ining kichik bir qismiga po‗stloq ostidagi yadrolardan keluvchi barcha nerv tolalari qirqib qo‗yilsa-yu, shu qismning tomirlar bilan bog‗lanishi saqlab qolinsa (yarim sharlar po‗stlog‗ining yakkalangan "xoshiyasi" preparati), shu qismdagi elektr aktivligi batamom to‗xtaydi. Ammo shu qismga elektr toki bilan bevosita ta`sir etilsa, unda potensiallarning sekin-asta so‗nuvchi tebranishlari seriyasi yana paydo bo‗ladi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘iga ta`sir etishning ba`zi turlarida elektroentsefalogramma ritmlarining o‘zgarishlari. Yuzaga chiqarilgan potensiallar. Tajribada har qanday retseptiv neyronning retseptorlarlariga ta`sir etilganda yoki efferent nerv tolalari bevosita ta`sirlanganda elektroentsefalogrammada harakterli yuzaga chiqarilgan potensiallar birlamchi yoki ikkilamchi javoblar shaklida paydo bo‗ladi.Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining turli bo‗limlaridan ajratib olishda qayd qilinadigan birlamchi javoblarni analiz qilish shunday xulosaga olib keldi. Birinchi musbat tebranish yarim sharlar po‗stlog‗ining I-IV qavatlaridagi piramidal hujayralarning qo‗zg‗alishiga bog‗liq; ikkinchi manfiy tebranish yarimsharlar po‗stlog‗idagi I - II qavatlarining 251 qo‗zg‗alishini aks ettiradi, bu, extimol, I - II qavatlardagi apikal (uch tomondagi) dendritlarning sinxron depolyarizatsiyasiga bog‗liq bo‗lsa kerak. Yuzaga chiqarilgan potentsiallarni qayd qilish metodikasi analizatorlarning miya po‗stlog‗idagi vakillik kartalarini tuzishda, miyaning turli bo‗limlari o‗rtasidagi bog‗lanishni aniqlashda, har hil sistemalarning o‗zaro ta`sirini o‗rganishda va farmakologik preparatlarning ta`sirini tekshirishda keng qo‗llaniladi. Narkozda katta yarim sharlar po‗stlog‗ining holatini elektroentsefalografiya metodi bilan kontrol qilish xirurgiya klinikasida katta amaliy ahamiyatga ega bo‗lib, narkotik modda berishni boshqarishga vа narkozni zarur darajada chuqur saqlashga imkon beradi. Gipoksiya. Nafas olishning to‗xtashi yoki sof azotni nafasga olish sababli kelib chiqadigan gipoksiyada ham elektroentsefalogramma harakterli ravishda o‗zgaradi. Gipoksiyaning dastlabki davrida alfaritm o‗rniga sekundiga 15-40 tebranishlar chastotasiga ega bo‗lgan betaritm paydo bo‗ladi. Betaritm so‗ngra deltato‗lqinlar bilan almashinadi. Odamda deltato‗lqinlarning paydo bo‗lishi es- xushning yo‗qolishi bilan bir vaqtga to‗g‗ri keladi. Gipoksiya davom etaversa, yarim sharlar po‗stlog‗idagi elektr aktivligining qayd qilinishi to‗xtab qoladi. Bordi-yu, shu payt yana kislorod berilsa, elektroentsefalogramma teskari tartibda o‗zgaradi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling