Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Sezgilarning 
shakllanishida 
talamusning 
ishtiroki. 
Talamus 
sezgilarning kelib chiqishida qatnashadi, chunki u turli retseptorlarlar 
ta`sirlanganda kelib chiquvchi impul‘slarni katta yarim sharlar po‗stlog‗iga 
o‗tkazishdan tashqari, olingan axborot talamus yadrolarida qayta ishlanadi, 
shuning natijasida sezgilar harakteri o‗zgaradi. 
Ko‗pgina tadqiqotchilar (G. Ged va boshqalar)ning fikricha, talamus og‗riq 
sezuvchanlikning oliy markazidir. Bu fikr quyidagi dalillarga asoslanadi. 
Odamdagi neyroxirurgiya operatsiyalarida bosh miya katta yarim sharlar 
po‗stlog‗ining turli qismlariga bevosita ta`sir etilsa, og‗riq hissi juda kamdan-
kam paydo bo‗ladi. Ta`sir etuvchi elektrodlar talamusga qo‗yilganda esa, 
ro‗yrost og‗riq reaktsiyalari va sezgilar ro‗y beradi. Shunga ko‗ra, talamusning 


240 
ba`zi bir kasalliklarida azobli og‗riq sezgilari paydo bo‗lishini nevropatolog-
davolovchilar qadimdayoq payqashgan. Salgina ta`sirot teriga tegish, bo‗lgani 
salgina bosish, tovush yoki yorug‗lik ta`siri bunday bemorlarni og‗ir og‗riq 
tutishiga sabab bo‗ladi. Ba`zan esa talamus ta‘sirlanganda og‗riq sezgilarini
idrok etish buziladi, analgeziya ro‗y beradi. Bunda og‗rituvchi ta`sirotlar
og‗riq sezgilarini yuzaga chiqarmaydi. Nixoyat, organizmning odatda og‗riq xissi 
bilan davom etadigan tipik reaktsiyalarni hayvonlar ustidagi tajribada katta yarim 
sharlar po‗stlog‗ini olib tashlagandan keyin (talamus hayvonlarda) yuzaga 
chiqarish mumkin. 
Miya stvolining retikulyar formatsiyasi og‗riq reaksiyalarining kelib 
chiqishida muhim rol o‗ynashi so‗nggi vaqtdagi tadqiqotlarda aniqlandi. Ba`zi 
narkotik moddalar, masalan barbito‗ratlarni kiritish yo‗li bilan retikulyar 
formatsiya ishdan chiqarilganda va, shu tariqa, bosh miya yarim sharlar 
po‗stlog‗igа retikulyar formatsiyaning ko‗tariluvchi, aktivlashtiruvchi ta`siri 
to‗xtatib qo‗yilganda og‗riq reaktsiyalari susayadi. 
Ammo, keltirilgan faktlarning hammasi og‗riq sezgilarining shakllanishida 
katta yarim sharlar po‗stlog‗ining ishtirok etishini to‗la inkor etolmaydi. Miya 
po‗stlog‗ining ahamiyati shu bilan isbot etiladiki, o‗qituvchi ta`sirotlarda sensor 
zonalarda yuzaga chiqarilgan potentsiallar qayd qilinadi, binobarin, og‗riq 
retseptorlarlaridan miya po‗stlog‗iga impulslar yetib boradi. Og‗riq sezgilari 
ishontirish yo‗li bilan susaytirilishi mumkin (tug‗ruqni og‗riqsizlantirishda shu 
faktdan foydalaniladi). Miya po‗stlog‗ining sensor zonalari zararlanganda 
og‗rituvchi ta`sir berilgan joyni aniq bilib bo‗lmaydi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling