Va oliy nerv faoliyati


Talamusning spetsefik yadrolari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Talamusning spetsefik yadrolari. Talamus yadrolarining bu funktsional 
sistemasi ikkita gruppaga: ko‗chiruvchi yadrolar (talamus releflari) va assosiativ 
yadrolarga bo‗linadi. Bu gruppalar o‗rtasidagi tafovut shundan iboratki, 
ko‗chiruvchi har bir yadro (rele) ga muayyan sensor trakt (ko‗ruv, eshituv, lemnisk 
spinotalamik va boshqa traktlar) dan impulslar keladi.
Assosiativ yadrolarga esa nerv sistemasining boshqa bo‗limlaridan bevosita 
emas, balki talamusning ko‗chiruvchi yadrolaridan impulslar keladi. Shunday 


237 
qilib, talamusning o‗zida qayta ishlangan axborot assosiativ yadrolarga kiradi. 
Asosiy ko‗chiruvchi yadrolar oldingi (dorzal, ventral va medial), ventrolateral, 
ortki ventral (lateral va medial) hamda tizzasimon (lateral va medial) tanalardan 
iborat. 
Lateral tizzasimon tana .Ko‗ruv signallarini ko‗chiruvchi yadrodir. u 
yadroning neyronlariga oldingi to‗rt tepalikning birlamchi ko‗ruv markazlaridan 
impulslar keladi. Lateral tizzasimon tana neyronlarning o‗siqlari katta yarim
sharlar po‗stlog‗ining ko‗ruv zonasiga boradi. 
Medial tizzasimon tana eshituv yo‗lining ko‗chiruvchi yadrosidir. Bu 
yadroning neyronlariga orqadagi to‗rt tepalikning birlamchi eshituv organlaridan 
impulslar keladi. Medial tizzasimon tana neyronlarining o‗siqlari katta yarim 
sharlar po‗stlog‗ining eshituv zonasiga kiradi. 
Uzunchoq miyadagi Gollf va Burdax yadrolaridan boshlangan tolalar (lembik 
yo‗llari) va orqa miya bilan talamus o‗rtasidagi yo‗l orqali, shuningdek uchlik nerv 
yadrolaridan boshlanuvchi tolalar orqali talamusga keluvchi impulslar teri, yuz, 
tana va qo‗l-oyoq retseptorlaridan, proprioretseptorlardan axborot olib turadi. 
Bu axborot talamusning ortki ventral yadrosiga keladi. Bu yadroning 
neyronlari oladigan axborotini katta yarim sharlar po‗stlog‗ining orqadagi 
markaziy pushtasi - somatosensor zonasiga ko‗chiradi. Ortki ventral yadroga ta`m 
bilish retseptorlarlaridan ham impulslar keladi. Visserorseptorlardan keladigan 
impulslar ham ortki medial ventral yadrolari kiradi. Bu, adashgan nerv, qon va 
chanoq nervlari ta`sirlanganda ortki ventral yadroda yuzaga chiqarilgan 
potentsiallarni tekshirib aniqlangan (R. A. Durinyan). Miyachadan impulslar 
ventrolateral yadroga kiradi, u yerdan katta yarim sharlar po‗stlog‗ining oldingi 
markaziy pushtasiga, ya`ni motor zonasiga boradi. Ba`zi ma`lumotlarga qaraganda, 
talamusning oldingi yadrolariga visseroretseptorlardan va qisman hid biluv 
retseptorlarlaridan ham impulslar keladi. Impulslar talamusning oldingi 
yadrolaridan katta yarim sharlarning limbik sohasiga boradi. 
Retseptorlarning muayyan gruppalaridan impuls oluvchi neyronlarning 
talamus yadrolaridagi lokalizatsiyasi turli metodlar bilan tekshirilgan. J. Dyusser 
de-Barren maymunlar ustida tajribalar qilib, talamus yadrolarining ayrim 
qismlariga strixnin eritmasini ingichka ignada yubordi va shundan keyin 
gavdaning teri yuzasidagi turli qismlarda sezuvchanlik o‗zgarishini tekshirdi. 
Strixnin eritmasi qaysi joyga yuborilishiga qarab, goh yuz sohasida, goh 
oldingi yoki keyingi oyoqlar sohasida sezuvchanlik ortishini (giperesteziya kelib 
chiqishini) aniqladi.
Sezuvchanlik gavdaning ayniqsa qarama-qarshi tomonida ko‗proq buziladi. 
V. Mauntkastl va E. Xenneman talamus ortki ventral yadrosining turli 
qismlariga yupqa elektrodlar kiritib, gavdaning turli qismlari ta`sirlanganda


238 
yuzaga chiqarilgan potentsiallarni qayd qilishdi. Gavdaning turli sohalaridagi 
retseptorlardan keluvchi impulslar ortki ventral yadroning turli qismlariga
kirishi quyon va maymunlar ustidagi tajribalarda ko‗rsatib berildi. Boshning 
yuz qismi va oldingi oyoqlar, ayniqsa distal qismlari (maymunlarning barmoqlari) 
sezuvchanligining talamusdagi vakillik sohasi tana va keyingi oyoqlar 
sezuvchanligining vakillik sohasiga qaraganda kengroq. Buning ma`nosi shuki, 
yuz va oldingi oyoqlarning retseptorlaridan impuls oladigan neyronlar tana va 
keyingi oyoqlarning retseptorlaridan axborot oluvchi neyronlarga qaraganda ancha 
ko‗proq.
Gavda ayrim qismlarining yadrodagi vakillik sohalari qat`iyan chegaralangan 
maydonlar bo‗lmay, qisman bir-birini qoplaydi. Gavdaga tegishli qismidagi
eksteroretseptorlardan signal oladigan neyronlar yadroning qaysi qismlarida bo‗lsa, 
visseroretseptorlarlardan impuls oluvchi zonalar ham o‗shа qismlarida ekanligi 
yuzaga chiqarilgan potentsiallar metodi bilan ko‗rsatib berildi. Eksteroretseptorlar 
bilan visseroretseptorlarda keluvchi impulslar shu tariqa o‗zaro ta`sir etishi 
mumkin. Aks etgan og‗riqlar ham shu bilan izohlansa kerak. Bu og‗riqlar 
shundan 
iboratki, 
muayyan 
ichki 
organdagi 
patologi 
protsess 
visseroretseptorlardan keluvchi impulslar oqimi o‗sha organ ustidagi teri yuzasi 
sezuvchanlikning buzilishiga sabab bo‗ladi. 
Gavdaning turli qismlari ta`sirlanayotgani haqidagi signallarni qabul qiluvchi 
talamik neyronlardan impulslar katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi somatosensor 
zonaning turli qismlariga kiradi, bu zonada teri va muskul-burin resseptsiyasining 
vakilligi ham mayin fazoda taqsimlangan bo‗ladi. 
Ko‗z to‗r pardasining turli qismlaridagi retseptorlardan impuls oluvchi 
neyronlarning fazoda bir qadar chegaralanganligi lateral tizzasimon tanada ham 
qayd qilinadi. Kortiy organining turli qismlaridagi Retseptorlarlardan impuls 
oluvchi neyronlarning fazoda xuddi shuningdek bir qadar chegaralanganligi medial 
tizzasimon tanada ham kuzatiladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling