Va oliy nerv faoliyati


Miyachaning turli qismlariga ta`sir etish effektlari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Miyachaning turli qismlariga ta`sir etish effektlari. Miyachaning turli 
qismlariga elektr toki bilan ta`sir etilganda katta yarim sharlar po‗stlog‗ining 
muayyan qismlaridagi neyronlar, oraliq miya, o‗rta va uzunchoq miya hamda 
retikulyar formatsiya yadrolarining elektr aktivligi o‗zgaradi. Miyacha yuzasiga 
yoki undagi ayrim yadrolarga kuchli elektr toki bilan ta`sir etilganda ko‗z, bosh va 
qo‗l-oyoq harakatga keladi. Miyacha ta`sirlanganda ro‗y beruvchi harakatlar katta 


230 
yarim sharlar po‗stlog‗i ta`sirlanganda kelib chiquvchi harakatlardan farq qilib, 
sust va tonik harakterda bo‗ladi. Ta`sir etish effekti uzoq vaqt saqlanadi. 
Miyachaning turli qismlari har hil muskul gruppalarining qisqarishini 
boshqarishda qatnashadi. Shu sababli Dekerebrasion rigidlik mavjud bo‗lganda 
miyachaning oldingi bo‗lagiga ta`sir etilsa yozuvchi muskullar tonusi pasayadi, 
orqa miyaning kesishma yozish reflekslari kamayadi va katta yarim sharlar 
po‗stlog‗idagi motor zona bo‗laklariga elektr toki bilan ta`sir etish tufayli kelib 
chiqadigan muskul qisqarishlari susayadi. Miyachaning orqadagi bo‗lagiga ta`sir 
etilganda ko‗z harakatlari qayd qilinadi va katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi motor 
zonaning 
qo‗zg‗aluvchanligi 
o‗zgaradi. Miyachaning sharsimоn yadrosi 
ta`sirlanganda usha tomondagi oyoqlar bukiladi, chodir yadrolari ta`sirlanganda 
esa ikkala oldingi oyoq bukiladi. 
Miya katta yarim sharlari po‗stlog‗ining muayyan qismlari ta`sirlanganda 
miyacha po‗stlog‗ida yuzaga chiqqan elektr potentsiallarini qayd qilish yoki
aksincha, miyacha po‗stlog‗ining turli qismlari ta`sirlanganda miya katta yarim 
sharlari po‗stlog‗ida yuzaga chiqqan potentsiallarni qayd qilish ularning muayyan 
qismlari o‗zaro ikki tomonlama bog‗langanligini ko‗rsatdi. Masalan, oldingi 
oyoqlarning miyacha po‗stlog‗idagi vakillik zonasi oldingi oyoqlarning katta yarim 
sharlar po‗stlog‗idagi vakillik zonasiga bog‗liq. Miyachaning ko‗ruv zonasi katta 
yarim sharlar po‗stlog‗ining ko‗ruv zonasiga, miyachaning eshituv zonasi esa katta 
yarim sharlar po‗stlog‗ining eshituv zonasiga bog‗liq. Miyacha bilan katta yarim 
sharlar o‗rtasida retseptik harakterdagi shunday bog‗lanishlar borligidan, 
organizmdagi harakat sistemalarini boshqaruvchi mexanizmlar juda nozik 
korrelyatsiya qilinadi (uyg‗unlashtiriladi). 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling