Va oliy nerv faoliyati
Retikulyar formatsiyaning orqa miyaga va proprioretseptorlarga ta`siri
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Retikulyar formatsiyaning orqa miyaga va proprioretseptorlarga ta`siri.
Ko‗ruv dumboqlariga osh tuzining kristallari bilan ta`sir etilsa, orqa miya reflekslari susayishini I. M. Sechenov baqalar ustidagi tajribada ko‗rsatib berganiga 100 yildan oshdi. I. M. Sechenov o‗z tajribalariga asoslanib, ikkita katta kashfiyot qildi. Bularning biri tormozlanish protsessining kashf etilishi darrov e`tirof qilinadi. Ikkinchisi - retikulospinal ta`sirlarning kashf etilishi so‗nggi 20 yilda G. Megun va hamkorlarining ishlaridan keyin keng e‘tirof etildi.Hayvon uzunchoq miyasidagi retikulyar formatsiya bo‗laklariga elektr bilan ta`sir etilsa, orqa miya reflekslari tormozlanishining hayvon dekerebratsiya qilingandan keyin esa muskullar rigidligi kamayishini G. Megun va R. Reynis ko‗rsatib berishdi. Bir tomondan retikulyar formatsiyaga kuchsiz tok bilan ta`sir 221 etilganda orqa miyaning faqat o‗sha tomondagi neyronlari tormozlanadi. Kuchliroq tok bilan ta`sir etilganda orqa miyaning ikkala tomonidagi neyronlar tormozlanadi; bukish reflekslari, shuningdek yozish reflekslari tekshirilganda tormozlanish protsessi kuzatiladi. Uzunchoq miyaning ventromedial qismi ta`sirlanganda shunday natija kelib chiqadi miya stvolining boshqa qismlariga ta`sir etilganda bunday hodisalar ro‗y bermaydi. Orqa miyaning o‗tkazuvchi yo‗llarini qirqib qo‗yish retikulyar formatsiya neyronlaridan kelib orqa miya reflekslarini susaytiradigan tolalarning yo‗lini aniqlashga imkon berdi. Bu tolalar Renshou hujayralariga ta`sir etib, ularning motoneyronlarga tormozlovchi effektini kuchaytiradi. Bundan tashqari, retikulyar formatsiyadan keluvchi impulslar motoneyronlarning aktivligini bevosita tormozlay oladi ham. Retikulyar formatsiya bo‗laklariga qisqa vaqt ta`sir etilgach, orqa miyaning reflektor faoliyati osonlashadi. Shunga asoslanib, retikulyar formatsiyada orqa miyaning nerv hujayralarini aktivlashtiruvchi neyronlar bor deb faraz qilishdi. Miya stvolining turli qismlariga ta`sir etish ustidagi tajribalar bu farazni tasdiqladi. Oraliq miyada - gipotalamusda, o‗rta miya bilan Varoliy ko‗prigi qopqog‗ining kulrang moddasida va uzunchoq miyada retikulyar formatsiyaning ta`sirlanib orqa miya reflekslarini tormozlaydigan qismlaridan periferik tomonda orqa miyaning reflektor funktsiyasini kuchaytiradigan neyronlar bor. 51-rasm. Retikulyar formatsiyaning turli qismlariga ta`sir etish effektlari: orqa miyani tormozlovchi (A) va aktivlashtiruvchi (B) effekt (G. Megundan). A rasmda - bukish (a), tizza (b) va ko‘z pirillatish (ya) reflekslarida muskullarning qisqarish yozuvi. V rasmda - katta yarim sharlar po‘stlog‘ining ta`sirlanishiga javoban (a) va tizza refleksida (b) 222 muskullarning qisqarish yozuvi. Ikkala rasmning pastida - retikulyar formatsiyaga ta`sir etish belgisi. Retikulyar formatsiyaning shu qismlariga ta`sir etilsa, katta yarim sharlar po‗stlog‗ining ta`sirlashishi tufayli yuzagа chiqqan orqa miya reflekslari va skelet muskullarining qisqarishi kuchayadi (51-rasm, B). Orqa miya neyronlarini aktivlashtiruvchi impulslar o‗tadigan yo‗llarni ko‗zdan kechirish ularning retikulospinal trakt tolalari ekanligini ko‗rsatdi. Ayni vaqtda aktivlashtiruv-chi tormozlovchi tolalar har hil ekanligi aniqlandi. Retikulyar formatsiyaning aktivlashtiruvchi tolalari reflektor dugalarning kiritma neyronlarida tugaydi. Renshou hujayralarining tormozlovchi razryadlari kamayib, motoneyronlar qo‗zg‗aluvchanligi oshganligi tufayli retikulyar formatsiya ta`sirida orqa miya reflekslarining osonlashuvi ehtimoli bor. Retikulyar formatsiya reflektor harakatlarga (fizik reflekslarga) ta`sir etish bilangina qolmay, skelet muskullarining tonusiga (ximik reflekslarga) ham ta`sir etadi. Orqa miya yuqoriroqdan qirqib qo‗yilganda retikulyar formatsiya aktivlashtiruvchi va tormozlovchi ta`sir ko‗rsata olmaydi, bu esa spinal shokning va keyinroq ro‗y beradigan giperreflekslarning sabablaridan biri bo‗lsa kerak. 52-rasm. Mushuk miyasining sxematik tasviri, miya stvolidagi retikulyar formatsiyaning osonlashtiruvchi (+) va tormozlovchi ( -) zonalari, uning miya po‘stlog‘i, po‘stloq ostidagi strukturalar va miyacha bilan bog‘lanishlari ko‘rsatilgan (G. Megundan). Tormozlovchi yo‘llar: 1 - kortiko-retikulyar yo‘l: 2 - ka- udato-spinal yo‘l; 3 - miyacha- retikulyar yo‘l; 4 - retikulo- spinal yo‘l. Osoilashtiruvchi yo‘llar: 5 - retikulo-spinal yo‘l; 6 - vestibulo-spinal yo‘l. Retikulyar formasiyaning tomirlar tonusiga ta‘sir etish mexanizmi R Granit ishlari tufayli ma`lum bo‗lib qoldi. Orqa miyaning Gamma- motoneyron lari aktivligi retikulyar formatsiya o‗zgarshini R. Granit ko‗rsatib berdi. Gamma- motoneyronlar muskul dugalarining pereferik qismlaridagi tolalarni innervatsiya- laydi. Yuqorida aytilganidek gamma-efferentlar muskul dugalaridagi muskul 223 tolalarining qisqarishiga sabab bo‗lib, ularni taranglaydi va muskul duglarining yadro xaltasidagi retseptorlardan afferent impulslar kelishini shu tariqa kuchaytiradi. Muskul dugalaridan afferent impulslar orqa miyaga doimo kiraverib, alfa- motoneyronlarni qo‗zg‗atadi, bu esa muskullar tonusining sababi hisoblanadi. Orqa miyaning orqa ildizlari qirqib quyilganda muskul tonusining yo‗qolishi muskul tonusida afferent impulslarning roli borligini ko‗rsatadi. Muskul dugalaridan afferent impulslar kelib turishini esa o‗z navbatida gammamotoneyronlarni idora etadi. Shunday qilib, orqa miya neyronlari bilan skelet muskullari o‗rtasida murakkab o‗zaro munosabatlar va qaytar a‘loqalar bor. Bu o‗zaro munosabatlarni retikulyar formatsiya idora etadi, u gamma-motoneyronlarga ta`sir etib, muskul duglaridan keluvchi afferent impulslar oqimini o‗zgartiradi va shu bilan muskullar tonusiga ta`sir etadi. Muskullar tonusini o‗rta miya ko‗prigi ikkita retikulospinal yo‗l, tez o‗tkazuvchi va sekin o‗tkazuvchi yo‗llar orqali idora etadi. Ildam harakatlarni kontrol qiluvchi impulslar birinchi (tez o‗tkazuvchi) yo‗ldan, sust tonik qisqarishlarni kontrol qiluvchi impulslar esa ikkinchi (sekin o‗tkazuvchi) yo‗ldan o‗tadi. Retikulospinal mexanizmlarni bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗i va miyacha doimo kontrol qilib turadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling