Va oliy nerv faoliyati


Miya stvolining tonik reflekslari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Miya stvolining tonik reflekslari. Miya stvolining bulbar bo‗limning va 
ayniqsa mezentsefal bo‗limning eng muhim funktsiyasi shuki, u gavdaning 
fazodagi vaziyatiga qarab muskullar tonusini qayta taqsimlaydi. Muskullar tonusi 
refleks yo‗li bilan qayta taqsimlanib, gavda muvozanatining saqlanishini 
ta`minlaydi. 


216 
R.Magnus hilma-hil tonik reflekslarning jami yig‗indisini ikkita gruppaga 
bo‗ldi: 1) gavdaning fazodagi muayyan vaziyatini taqoza qiladigan statik reflekslar 
va 2) gavdaning surilishi bilan yuzaga chiqadigan statokinetik reflekslar. Statik 
reflekslarning o‗zi ikkita katta gruppaga ajratiladi. Birinchi gruppasi gavdaning 
muayyan vaziyatini yoki pozasini ta`minlaydi va vaziyat reflekslari, yoki poza-
tonik reflekslar deb ataladi. Ikkinchi gruppa gavdaning g‗ayri tabiiy vaziyatdan 
normal vaziyatga qaytishini ta`minlaydi va rostlash reflekslari deb ataladi.Vaziyat 
reflekslarida tonus qayta taqsimlanadi, masalan qo‗l yoki oyoqning yozuvchi 
muskullar tonusi kamayib, bukuvchi muskullar tonus oshadi. Bunday reflekslarni 
uzunchoq miya markazlari yuzagа chiqaradi. Gavda vaziyati reflekslarining kelib 
chiqishida vestibulyar apparat retseptorlaridan va bo‗yin muskullarining 
proprioretseptorlarlaridan keluvchi afferent impulslar katta ahamiyatga ega. 
Uzunchoq miyaning tonik reflekslarida labirintlarning ishtiroki. Tonik 
reflekslarda labirintlarning ahamiyati borligini R. Magnus bilan A. de-Kleyn 
quyidagi tajribada ko‗rsatib berishdi. Dekerebratsiyalangan hayvonning bo‗yniga 
gipsli boylam shunday kiygizildiki, hayvon boshi tanasiga nisbatan doimo bir 
vaziyatda turaverdi va, shu tariqa, buyin muskullarining proprioretseptorlari 
ta`sirlana olmaydigan qilib qo‗yildi. So‗ngra hayvon ikkala chakkasidan o‗tuvchi 
o‗q tevaragida aylantirib turildi. Hayvon orqa tomonini pastga qaratib yotsa
yozuvchi muskullar tonusi maksimal darajaga yetdi; hayvon orqasini yuqoriga 
qilib yoqa, yozuvchi muskullar tonusi kamaydi.
Bu holda gavdadagi hamma qismlarning nisbiy vaziyati o‗zgarmagani holda 
faqat og‗irlik kuchining gavdaga nisbatan yo‗nalishi o‗zgardi, bundan 
anglashiladiki, tonik refleks yerning tortish yo‗nalishining o‗zgarishiga sezgir 
retseptorlarda, ya`ni vestibulyar apparat retseptorlarida boshlana olar edi. 
Darhaqiqat, bu tajribalar dekerebratsiyalangan, labirintlari yemirib qo‗yilgan 
hayvonlar ustida qilinsa, ular aylantirilganda tonus taqsimoti hech bir o‗zgarmaydi. 
Uzunchoq 
miyaning 
tonik 
reflekslarida 
bo‗yin 
muskullari 
proprioretseptorlarining ishtiroki. Labirinti yemirilgan hayvonlar boshining 
vaziyati tanasiga nisbatan o‗zgartirilsa, tonik reflekslarni aniqlash mumkin. 
Boshning tanaga nisbatan vaziyati 
o‗zgarganda bo‗yin muskullarining 
proprioretseptorlari ta`sirlanadi, shu sababli har hil muskul gruppalaridagi tonus 
refleks yo‗li bilan qayta taqsimlanadi. Bosh orqaga engashtirilganda oldingi 
oyoqlarni yozuvchi muskullar tonusi oshib, keyingi oyoqlarni yozuvchi muskullar 
tonusi kamayadi. Bosh ko‗krak qafasiga engashtirilganda oldingi va keyingi 
oyoqlardagi muskullar tonusining teskari o‗zgarishlari ro‗y beradi. Bosh 
burilganda muskullar tonusi quyidagicha o‗zgaradi: bosh qay tomonga burilgan, 
bo‗lsa, o‗sha tomondagi oldingi oyoqni yozuvchi muskullar tonusi va qarama-
qarshi tomondagi oyoqni bukuvchi muskullar tonusi oshadi. Bunday reflekslar 


217 
bo‗yin muskullarining proprioretseptorlariga bog‗liq; orqa miya bo‗yin 
segmentlarining orqa ildizlari qirqib qo‗yilsa, tonus qayta taqsimlanmaydi. 
Yuqorida tasvir etilgan tonik reflekslar dekerebratsiyalangan xayvonlarda 
yaxshiroq ko‗rinadi, ularda miyaning yuqoriroqdagi bo‗limlaridan keluvchi 
impulslar manzarani murakkablashtirmaydi. Yangi tug‗ilgan bolalarda miyaning 
yuqoriroqdagi bo‗limlari kasallangan, masalan, miyaga qon quyilgan yoki bosh 
istisqosi kelib chiqqan bo‗lsa, haqiqiy dekerebratsiya namoyon bo‗ladi, bunday 
xollarda yuqoridagicha reflekslar kuzatilgan. Miyasiga qon quyilib, gavdasining 
yarmi falajlangan, ya`ni gemilegiya bo‗lgan katta yoshli kishilarda ham ba`zan 
shunday reflekslar kuzatiladi.Operatsiya qilinmagan normal hayvonda ham 
muskullar tonusi yuqorida aytilganga o‗xshash qayta taqsimlanadi.
Mushuk boshi tepasida bir parcha go‗sht ushlab turilsa, boshini kutaradi, ayni 
vaqtda oldingi oyoqlari yoziladi, keyingi oyoqlari bukiladi va mushuk sakrash 
uchun qulay vaziyatni oladi (49-rasm, A). Mushukning boshi oldiga tarelkada sut 
quyilsa u boshini engashtiradi, shunga ko‗ra oldingi oyoqlari ozroq bukiladi va 
keyingi oyoqlari ozroq yoziladi; muskullar tonusining shunday qayta tiklanishi 
natijasida mushuk sutni icha boshlaydi . Sichqon qitir-qitir qilganda mushuk 
boshini ungga bursa, shu harakat tufayli mushuk gavdasining o‗ng tomonidagi 
yozuvchi muskullar tonusi oshib qarama-qarshi tomondagi yozuvchi muskullar 
tonusi kamayadi. Tonusining bunday qayta taqsimlanishi chap tomondagi 
oyoqlarining yanada harakatlanishiga va, binobarin tananing o‗ngga, ya`ni sichqon 
o‗tayotgan tomonga burilishiga imkon beradi.
Magnus aniqlagan qonuniyatlar odam sport va gimnastika mashqlarini 
bajargan vaqtda ham kuzatiladi; bu qonuniyatlarni to‗g‗ri tatbiq etish ko‗proq, 
ratsional mashq qilish uchun ahamiyatli. Sport fiziologiyasining boshning yetakchi 
roli printsipi; degan printsipi o‗sha qonuniyatarga asoslanadi. Bu printsipga
muvofiq gavda harakatlaridan ilgari bosh tegishlicha harakatlansa, gavda 
harakatlari osonlashadi. Bosh tegishlicha harakatlanganda tana va qo‗l-oyoq
muskullarining tonusi muayyan harakatni bajarish uchun eng maqbul tarzda 
taqsimlanadi. Masalan, konki uchganda yugurish yo‗lkalarida burilish vaqtida 
bosh tegishli tomonga burilishi lozim. Shtangani siltab ko‗targanda shtanga 
ko‗taruvchi qo‗lni yon tomonga burish va boshni birmuncha orqaga 
engashtirish harakatni osonlashtiradi. Fiziologiya nuqtai nazaridan bosh noto‗g‗ri 
vaziyatda bo‗lsa, ba`zi gimnastika mashqlari qiyinlashadi va hatto bajarish 
mumkin bo‗lmay qoladi.


218 

50-rasm. Normal mushukda vestibulyar tonik reflekslar 
bosh vaziyatiga bog‘liq. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling