Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- UZUNCHOQ MIYA VA VAROLEV KO‘PRIGI (KEYINGI MIYA) Miya stvoli.
- Keyingi miyaning o‘tkazuvchi yo‘llari.
Nazorat savollari .
1. Orqa miya qanday tuzilishga ega ?. 2. Orqa miya ildizlarining joylashuvi qanday ?. 3. Orqa miya ildizlarida ta‘sirlar qanday tezlikda o‗tadi ?. 4. Orqa miya ildizlari ishchi a‘zo (periferiyada) larda qanday taqsimlangan ?. 5. Orqa miya (spinal) reflekslariga misollar keltiring ?. UZUNCHOQ MIYA VA VAROLEV KO‘PRIGI (KEYINGI MIYA) Miya stvoli. Uzunchoq miya bilan Varoliyev ko‗prigi keyingi miya degan umumiy nom bilan birlashtiriladi. Ular o‗rta miya bilan birga miya stvolini hosil qiladi. Miya stvolining tarkibiga bir talay yadrolar hamda ko‗tariluvchi va tushuvchi yo‗llar kiradi. Miya stvolidagi to‗rsimon tuzilma retikulyar formatsiyaning muhim funktsional ahamiyati bor. Miya stvoli anatomik va 208 funksional jihatdan orqa miya, miyacha va katta yarimsharlar bilan bog‗langan. Murakkab koordinatsiyali ko‗pgina harakat reflekslarining dugalari (yoylari) miya stvolida tutashadi. Nafas olish, yurak faoliyati, tomirlar tonusini boshqaradigan hayot uchun muhim markazlar miya stvolidadir. Hazm organlari va boshqa bir qancha organlarning funksiyalarini idora etuvchi markazlar ham miya stvolida. Miya stvolining fiziologiyasini eksperimental yo‗l bilan o‗rganishda uchraydigan katta qiyinchilik shundan iboratki, hayvonlarning miya stvoli qirqib qo‗yilganda turli funksiyalar buziladi, chunki hayvonlarning har xil turlarida miyaning shunga mos keluvchi bo‗limlari turlicha rol o‗ynaydi. Modomiki shunday ekan, odam miya stvolining fiziologiyasini tushunmoq uchun turli kasalliklarda funksiyalar buzilishini klinikada kuzatish muhim ahamiyatga egadir. Turli kasalliklarda miya stvolidagi yadrolar yoki o‗tkazuvchi yo‗llar zararlanadi. . Keyingi miyaning o‘tkazuvchi yo‘llari. Orqa miyadan bosh miyaga va bosh miyadan orqa miyaga boradigan barcha nerv impulslari Varoliy ko‗prigi bilan uzunchoq miyadan o‗tadi. Bu impulslardan ba`zilari keyingi miyada yangi neyronga kiradi, bu neyron esa impulslarni markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo‗limlariga o‗tkazadi. Gollf va Burdax tutamlaridan o‗tadigan impulslar shunday bo‗ladi. Bir qancha o‗tkazuvchi yo‗llar, masalan, lateral kortikospinal trakt, Gollf va Burdax yadrolaridan boshlanuvchi afferent yo‗llar keyingi miyada kesishadi (uzunchoq miyaning ko‗tariluvchi yo‗llari medial qovuzloq sohasida kesishadi) O‗tkazuvchi yo‗llardan ba`zilarining tolalari kiritma va motor neyronlarda sinaps hosil qilib, keyingi miyada tugaydi. Masalan, impulslarni katta yarim sharlar po‗stlog‗idan bosh miya nervlarining harakatlantiruvchi yadrolariga o‗tkazuvchi kortikobulbar trakt keyingi miyada tugaydi (46-rasm). Orqa miya neyronlarining holatini va faoliyatini o‗zgartiruvchi impulslarni orqa miyaga o‗tkazadigan ba`zi tushuvchi yo‗llar keyingi miyadan boshlanadi. Masalan kortikospinal yo‗llar va vestibo‗lospinal tutam shunday. O‗tkazuvchi yo‗llarning keyingi miyadagi yo‗lini bilish keyingi miyaning turli qismlari shikastlanganda funksiyalarning buzilish mexanizmi haqida tasavvur olishga imkon beradi. Keyingi miyaning bir tomolnama zararlanganini ko‗rsatuvchi harakterli belgi alternatsiyalovchi falajlardir. Bu falajlar shundan iboratki, keyingi miyaning zararlangan tomonidagi bir yoki bir necha serebral nerv (bosh miya nervi) ning harakat falaji bilan bir qatorda gavdaning qarama-qarshi tomonidagi motor funktsiyalar va sezuvchanlik ham buziladi. Buning sababi shuki, spinal yo‗llar yo orqa miyaning o‗zida, yoki keyingi miyada kesishadi, bosh miya nervlari esa bu yerda kesishmaydi. V-XII kerebral nervlarning yadrolari bilan bog‗langan reflektor dugalar keyingi miyada tutashadi. Shu bosh miya nervlari 209 orqali keluvchi afferent impulslar keyingi miyada kiritma va motor neyronlarga o‗tadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling