Va oliy nerv faoliyati
-jadval Odamlardagi orqa miya reflekslari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orqa miya o‘tkazuvchi yo‘llarining funksiyalari.
5-jadval
Odamlardagi orqa miya reflekslari Refleksining nomi Qo‘llaniladigan ta`sirot Reflektor reaktsiya harakteri Refleksda qatnashuvchi neyronlar lokalizatsiyasi Pay, proprioretseptiv reflekslari; Tirsak refleksi, Tizza refleksi, Axill refleksi. Qorin reflekslari; Yuqoridagi O‘rtadagi Pastdagi Moyak kremaster refleksi Anal refleks Oyoq-kaft releksi M.Bisepsgasp.P payiga bolgacha urish (qo‘l tirsakdan salgina bukilgan) M. quadrseps payiga pate1la pastidan bolg‘acha urish Ahill payiga bolg‘acha urish Teriga shtrix bilan ta`sir etish: pastki qovurg‘alarga parallel qo‘yilganda (gorizontal )chov burmasiga parallel qilib,sonning ichki yuzasiga shtrix bilan ta`sir etish Anus yaqinidagi shtrix bilan ta`sir etish yoki sanchish M. Biseps brahi qisqaradi va qo‘l bukiladi M.kuadriseps qisqaradi va boldir yoziladi. Oyoq panjasi kaft tomonga bukiladi Qorin muskullarining tegishli qismlari qisqaradi M. cremaster qisqarib moyakni ko‘taradi To‘g‘ri ichak tashqi sefinkteri qisqaradi Oyoq barmoqlari va panjasi bukiladi Oyoq barmoqlari yoziladi va oyoq bukiladi. Orqa miyaning 5-6- bo‘yin segmentlari 2-4-bel segmentlari 1-2-dumg‘aza segmentlari 8-9-ko‘krak segmentlari 9-10-ko‘krak segmentlari I-12-ko‘krak segmentlari. 1-2-bel segmentlari 4-5-dumg‘aza segmentlari va 1-2-dumg‘aza seg- mentlari Orqa miya o‘tkazuvchi yo‘llarining funksiyalari. Orqa miya markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo‗limlari (miya stvoli, miyacha va katta yarim sharlar) ga ko‗tariluvchi va tushuvchi o‗tkazuvchi yo‗llar orqali bog‗lanadi. Retseptorlarlar oladigan axborot ko‗tariluvchi yo‗llar orqali o‗tadi. Impulslar muskul, pay va boylamlarning proprioretseptorlaridan markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo‗limlariga qisman orqa miyaning orqa ustunlaridagi Gollf va Burdax tutamlarining tolalari orqali, qisman yon ustunlardagi Govers va Fleksig yo‗llari (orqa miya bilan miyacha o‗rtasidagi yo‗llar) ning tolalari orqali o‗tadi. 204 Gollf va Burdax tutamlari Retseptorlar neyronlarning o‗siqlaridan hosil bo‗ladi, bu neyronlarning tanalari orqa miya gangliylarida yotadi (36-rasm). Ana shu usiqlar orqa miyaga kirgach yuqoriga ko‗tariladi, ayni vaqtda orqa miyaning birmuncha yuqorida va pastda yotgan segmentlaridagi kulrang moddaga kalta shoxchalar beradi. 46,-rasm Orqa miyada orqa ildizlar tolalarining yo‗lini ko‗rsatuvchi sxema (Renson bilan Klarkdan).1 - orqadagi ildizning yo‗g‗on tolalari; 2 - orqadagi ildizning ingichka tolalari; 3 - orqadagi ustunlar; 4-orqadagi lateral tizimcha (Lissauer trakti); 5 - orqa miya bilan miyacha o‗rtasidagi dorsal trakt; 6 - orqa miya bilan miyacha o‗rtasidagi ventral trakt; 7 - orqa miya bilan talamus o‗rtasidagi lateral trakt; 8-orqa miya bilan talamus o‗rtasidagi ventral trakt. Shu shoxchalar orqa miya reflektor dugalarining tarkibiga kiruvchi oraliq va effektor neyronlarda sinapslar hosil qiladi. Gollf va Burdax tutamlari uzunchoq miya yadrolarida tugaydi, afferent yo‗lning ikkinchi neyroni shu yadrolardan boshlanadi va kesishgandan keyin talamusga boradi; talamusda uchinchi neyron bor, uning o‗siqlari afferent impulslarni katta yarim sharlar po‗stlog‗iga o‗tkazadi (46-rasm). Gollf va Burdax tutamlarining tarkibiga kiruvchi tolalar uzilmasdan uzunchoq miyaga boradi. Orqa ildizlarning shulardan boshqa hamma afferent nerv tolalari orqa miyaning kulrang moddasiga kirib shu yerda uziladi, ya`ni turli nerv hujayralarida sinapslar hosil qiladi. Orqa miyaning orqa shoxidagi ustun yoki klark hujayralaridan va qisman orqa miyaning komissural yoki bitishma hujayralaridan Govers va Fleksig tutamlarining nerv tolalari boshlanadi. Orqa miya bilan miyacha o‗rtasidagi yo‗llar (Govers va Fleksig yo‗llari) dan afferent impulslar o‗tmay qolishi natijasida murakkab harakatlar buziladi, miyacha zararlangandagi kabi bunda ham muskul tonusi buziladi va ataksiya xodisalari kuzatiladi. Impulslar proprioretseptorlardan katta (140 mlsek gacha) tezlik bilan o‗tkazuvchi orqa miya bilan miyacha o‗rtasidagi yo‗llarni hosil qiluvchi aktipidagi mielinli yo‗g‗on tolalar orqali va Gollf hamda Burdax tutamlarining sekinroq (70 205 m1sek gacha) o‗tkazuvchi tolalari orqali tarqaladi. Muskul, bo‗g‗im va pay retseptorlaridan impulslarning katta tezlik bilan o‗tkazilishi, aftidan, harakat aktining bajarilish xarakteri to‗g‗risida organizm uchun muhim axborotning tez olinishiga bog‗liq, bu hil harakatning uzluksiz kontrol qilinishini ta`minlaydi. Og‗riq va temperatura retseptorlarlaridan impulslar orqa miyaning orqa shoxlarining hujayralarga boradi; bu yerda afferent yo‗lining ikkinchi neyroni boshlanadi. Bu neyron o‗siqlari shu segment ro‗parasida qarama-qarshi tomonga o‗tib, yon ustunlarning moddasiga kiradi va orqa miya bilan talamus o‗rtasidagi lateral yo‗lning tarkibida (36-rasmga qaralsin) ko‗ruv dumbog‗i boradi, impulslarni katta yarim sharlar po‗stlog‗iga o‗tkazuvchi uchinchi neyron esa shu yerdan boshlanadi. Og‗riq va temperatura retseptorlaridan impulslar orqa miya kulrang moddasining orqa shoxlari bo‗ylab yuqoriga ko‗tariluvchi tolalar orqali ham o‗tadi. Og‗riq va temperatura retseptorlaridan keluvchi impulslarni o‗tkazuvchi yo‗llar A delta tipdagi miyelinli ingichka tolalardan va qo‗zg‗alishni sekinroq o‗tkaziladigan, miyelinsiz tolalardan iborat. Orqa miyaning ba`zi kasalliklarida faqat og‗riq sezuvchanlik yoki faqat temperatura sezuvchanligi buzilishi mumkin. Buning ustiga, faqat issiqni yoki faqat sovuqni sezish buzilishi mumkin. Tegishli retseptorlardan keluvchi impulslar orqa miyada turli nerv tolalaridan o‗tishi shu bilan isbot etiladi. Terining taktil retseptorlarlaridan keluvchi impulslar orqa shoxlarning hujayralariga keladi (bu hujayralarning o‗siqlari kulrang modda bo‗ylab bir necha segment qadar ko‗tariladi), orqa miyaning qarama- qarshi tomoniga o‗tib, oq moddaga kiradi va impulslarni orqa miya bilan talamus o‗rtasidagi ventral yo‗l tarkibidan dumboqlarining yadrolariga olib boradi, bu yerdagi uchinchi neyron o‗zi olgan axborotini yarim sharlar po‗stlog‗iga o‗tkazadi. Teridagi tegish va bosim retseptorlarini keluvchi impulslar qisman Gollf va Burdax tutamlaridan ham o‗tadi. Gollf va Burdax tutamlarining tolalari orqa miya bilan talamus o‗rtasida yo‗llarning tolalari yetkazib beradigan axborot harakteriga, shuningdek o‗sha tolalarda impulslarning tarqalish tezligida tafovutlar bor. Tegish retseptorlaridan keluvchi impulslar orqa ustunlarning ko‗tariluvchi yo‗llari orqali o‗tadi va ta‘sirot joyining aniq lokalizatsiyasini ko‗rsatib beradi. Retseptorlarga vibratsiya ta`sir etganda kelib chiqadigan katta chastotali impulslarni ham shu yo‗llarning tolalari o‗tkazadi. Bosim retseptorlarining keluvchi impulslar ham shu yerdan o‗tadi, bu impulslar ta`sirotning intensivligini aniq bilishda imkon beradi. Tegish, bosim retseptorlaridan, shuningdek temperatura va og‗riq retseptorlaridan keluvchi impulslar orqa miya bilan talamus o‗rtasidagi yo‗llardan o‗tadi, lekin bu impulslar ta`sirotning lokalizatsiyasi va intensivligini (shiddatini) aniq ajratishga imkon bermaydi. 206 Gollf va Burdax tutamlarining tarkibida boruvchi tolalar ta`sirotlar haqida differentsiallangan (ajratilgan) axborotni yetkazib beradi, impulslarni katta tezlik bilan o‗tkazadi, shu bilan birga bu impulslar chastotasi anchagina doirada o‗zgarishi mumkin. Orqa miya bilan talamus o‗rtasidagi yo‗llarning tolalari impulslarni sekin o‗tkazadi; ta`sirot kuchi har xil bo‗lganda bu tolalardan o‗tuvchi impulslar chastotasi kam o‗zgaradi. Afferent yo‗llardan o‗tuvchi impulslar, qoida o‗laroq qo‗zg‗aluvchi possinaptik potentsialni vujudga keltiradi, bu potentsial ko‗tariluvchi afferent yo‗lning . Ammo, shu paytda markaziy nerv sistemasi boshqa afferent yo‗llar orqali organism uchun muhimroq biro axborot olayotgan bo‗lsa, bir neyrondan ikkinchi neyronga o‗tuvchi impulslar tormozlanishi mumkin. Orqa miyaning tushuvchi yo‗llari orqali unga yuqoriroqdagi effektor markazlardan impulslar kelib turadi. Orqa miya bosh miya markazlaridan tushuvchi yo‗llar orqali impulslar olib va ularni ishlovchi organlarga o‗tkazib turadi, shu tariqa o‗tkazish ijro etish vazifasini bajaradi. Orqa miyaning oldingi va yon ustunlari orqali o‗tuvchi kortiko spinal yoki piramida yo‗llar orqali orqa miyaga katta yarimsharlar po‗stlog‗idagi yirik pyramidal hujayralarning bevosita o‗zidan impulslar kelib turadi. Piramidal yo‗llarning tolalari oraliq va motor neyronlarda sinapslar hosil qiladi (faqat odam bilan maymunlarda piramidal neyronlar motoneyronlarga bevosita bog‗langan). Kortikospinal yo‗llar tarkibida bir millionga yaqin nerv tolasi bor, ulardan 3% ga yaqini yo‗g‗on (diametri 16 mk), Aa tipga kiruvchi tolalar bo‗lib, qo‗zg‗alishni katta (120- 140 m/ssk gacha) tezlik bilan o‗tkazadi. Bu tolalar katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi yirik piramidal hujayralarning o‗siqlaridir. Qolgan tolalar diametri 4 mk ga yaqin bo‗lib, qo‗zg‗alishni kamroq tezlik bilan o‗tkazadi. Bu tolalardan talayginasi impulslarni vegetativ nerv sistemasining spinal neyronlariga yetkazib beradi. Yot ustunlarning kortikospinal yo‗llari uzunchoq miyaning pastdagi uchdan bir qismi ro‗parasida kesishadi. Oldingi ustunlarning kortikospinal yo‗llari (to‗g‗ri piramidal yo‗llar deb ataladi) uzunchoq miyadа kesishmaydi; ular qaysi segmentda tugasa o‗sha segment yaqinida qarama-qarshi tomonga o‗tadi. Kortikospinal yo‗llar shu tariqa kesishgani uchun bir yarim sharning motor markazlari zararlanganda gavdaning qarama-qarshi tomonidagi muskullar falaj bo‗ladi. Piramidal neyronlar yoki kortikospinal yo‗lning o‗sha neyronlardan boshlanuvchi nerv tolalari shikastlangandan bir necha vaqt o‗tgach ba`zi patologik reflekslar kelib chiqadi. Piramidal yo‗llar zararlanishining tipik simptomi shundan iboratki, soxtalangan Babinskiy refleksi (oyoq kafti terisining refleksi) yuzaga chiqadi. Bu refleks shundan iboratki, oyoq kaftining terisiga shtrix bilan ta`sir etilsa, bosh barmoq yozilib, qolgan barmoqlar yilpig‗ich shaklida yoyilib ketadi; 207 yangi tug‗ilgan bolalarda piramidal yo‗llar hali rivojlanib ulgurmagani uchun ularda ham shunday refleks yuzaga chiqadi. Voyaga yetgan sog‗lom kishilarning oyoq kaft terisiga shtrix bilan ta`sir etish barmoqlarning refleks yo‗li bilan bukilishiga sabab bo‗ladi. Kortikospinal yo‗lning tolalaridan hosil bo‗lgan sinapslarda quzg‗aluvchi, shuningdek tormozlovchi possinaptik potentsiallar vujudga kelishi natijasida motoneyronlar qo‗zg‗alishi yoki tormozlanishi mumkin. Piramidal hujayralarning kortikospinal yo‗llarni hosil qiluvchi aksonlaridan kollaterallar chiqadi, bukollaterallar targ‗il tana, gipotalamus yadrolarida, qizil yadroda, miyachada, miya stvolining retikulyar formatsiyasida tugaydi. Yuqorida sanab o‗tilgan barcha yadrolardan impulslar ekstrakortikospinal yoki ekstrapiramidal yo‗llar degan tushuvchi yo‗llar orqali orqa miyaning kiritma neyronlariga keladi. Bu tushuncha yo‗llardan eng asosiylari retikulospinal, rubrospinal tektospinal va vestibo‗lospinal traktlardir. Rubrospinal trakt (Monakov tutami) orqali miyachadan to‗rt tepalikdan va po‗stloq osti markazlaridan orqa miyaga impulslar keladi. Shu yo‗lda o‗tuvchi impulslar harakatlar koordinatsiyasida va muskullar tonusining boshqarishida ahamiyatli. Vestibo‗lospinal trakt uzunchoq miyadagi vestibulyar yadrolardan orqa miyaning oldingi shox hujayralariga boradi. Ana shu yo‗ldan keluvchi impulslar gavda vaziyatining tonik reflekslarini yuzaga chiqaradi. Retikulospinal yo‗llar retikulyar formasiyaning aktivlashtiruvchi va tormozlovchi ta`sirlanish orqa miya neyronlariga o‗tkazadi. Ular motor neyronlarga ham, oraliq neyronlarga ham ta`sir ko‗rsatadi. Yuqorida aytilgan barcha tushuvchi uzun yo‗llar (orqa miyaning oq moddaepda) dan tashqari yuqoriroqdagi segmentlarni pastroqdagi segmentlarga bog‗lovchi kalta yo‗llar ham bor. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling