Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Statokinetik reflekslar. Gavda aylantirilganda yoki gavdaning ayrim a`zolari 
bir-biriga nisbatan siljiganda statokinetik reflekslar kelib chiqadi. Gavda 
aylantirilganda boshning quyidagi harakatlari kuzatiladi: bosh avvalo gavdaning 
aylanayotgan tomoniga qarama-qarshi tomonga qarab mumkin qadar sekin-asta 
aylanadi, so‗ngra tez harakatlanib, tanaga nisbatan normal vaziyatni oladi; shundan 
keyin bosh qarama-qarshi yo‗nalishda tag‗in sekin aylanadi va yana tez buriladi va 
xokazo. Boshning bunday harakatlari bosh nistagmi deb ataladi. 
Gavda aylantirilganda ko‗z shunga o‗xshash reaktsiya ko‗rsatadi, ya`ni gavda 
qarama-qarshi tomonga sekin-asta buriladi va tezlik bilan boshlang‗ich 
vaziyatga keladi . Gavda harakatlarida ayrim a`zolar vaziyati o‗zgarib, tana va 
qo‗l-oyoqlardagi muskullar tonusi qayta taqsimlanadi. Masalan, it bir oyog‗ini
ko‗tarsa, qolgan uch oyog‗idagi tonus kuchayadi, shu tufayli it tikka turganda 
gavda vaziyati barqaror bo‗lib qoladi. Hayvonlarda statokinetik reflekslar o‗rta 
miya yadrolarini muqarrar ishtiroki bilan yuzaga chiqadi. 
Miya stvolining retikulyar formatsiyasi. Miya stvolining markaziy 
qismida turli tipdagi katta-kichik hujayralarning diffuz to‗plamlaridan tarkib 
topgan tuzilma anatomiya nuqtai nazaridan ajratiladi, ulardagi hujayralar turli 
yo‗nalishda yotgan bir talay tolalar bilan qalin o‗raladi. Bu sohadagi nerv 
to‗qimasining mikroskopdagi tashqi ko‗rinishi turga o‗xshaydi, shuning uchun uni 
tuzilishini o‗tgan asrning ikkinchi yarmida birinchi marta tasvir etgan O. Deyters 
to‘rsimon formatsiya, yoki retikulyar formatsiya deb atadi. Retikulyar 
formatsiyaning tuzilishini V. M. Bexterev bilan Ramon-Kaxal mukammal tasvir 
etishgan. Strukturasi jihatdan retikulyar formatsiyaga yaqin turadigan yadrolar 
talamusda ham bor; bu yadrolardan miya po‗stlog‗iga boruvchi nerv tolalari ham 
maxsus yo‗llarni hosil qiladi Retikulyar formatsiyaning fiziologik ahamiyati 
yaqindagina aniqlandi, buning uchun retikulyar formatsiyaning turli qismlarini 
tajribada yemirib yoki ta`sirlab va ulardan boshlanuvchi nerv yo‗llarini qirqib 
qo‗yib, katta yarim sharlar va orqa miyadagi elektr aktivligining o‗zgarishlari 


220 
tekshirib ko‗rildi. Retikulyar formatsiyaning turli qismlariga ta`sir etish uchun eng 
ingichka elektrodlar qo‗llaniladi va elektrodlarni kiritish uchun stereotaksis 
metodikasidan foydalaniladi. 
Markaziy 
nerv 
sistemasining 
hamma 
bo‗limlaridagi 
tonus 
va 
qo‗zg‗aluvchanlikni boshqarishdа retikulyar formatsiyaning katta ahamiyati borligi 
aniqlandi. Retikulyar formatsiya tushuvchi retikulospinal yo‗llar orqali orqa 
miyaning reflektor faoliyatini aktivlashtira oladi, shuningdek tormozlana oladi, 
ko‗tariluvchi yo‗llar orqali esa katta yarim sharlar po‗stlog‗ini aktivlashtira oladi, 
retikulyar formatsiyadan talamusning nospetsefik yadrolaridan keluvchi impulslar 
katta yarim sharlar po‗stlog‗ini siyrak holda saqlab turadi. Retikulyar formatsiya 
ta`sirida reflektor reaktsiyalar kuchliroq va aniqroq bo‗lib qoladi. 
Retikulyar formatsiyaning ko‗tariluvchi va tushuvchi yo‗llar orqali ta‘sir 
etishiga imkon beradigan aktivligiga sabab shuki, unga har hil efferent yo‗llarning 
kollaterallari orqali impulslar kelib turadi (39 rasm). Shu tufayli retseptorlarning 
turli-tuman ta`sirlanishi retikulyar formatsiya holatiga ta`sir etadi. Uni hosil 
qiluvchi neyronlar, bundan tashqari, har xil ximiyaviy moddalar - gormonlarga va 
moddalar almashinuvida hosil bo‗ladigan ba`zi bir moddalarga yuksak darajada 
sezuvchan. Retikulyar formatsiyaga miyacha va katta yarim sharlar po‗stlog‗ining 
effektor markazlaridan ham impulslar kelib turadi. 
Ko‗tariluvchi afferent impulslar ham, tushuvchi efferent impulslar ham 
retikuliyar formatsiya sohasida o‗zaro ta`sir etadi. Impulslar berk halqa neyron 
zanjirlari orqali ham aylanib yurishi mumkin. Shunday qilib, retikulyar formatsiya 
neyronlari doimo qo‗zg‗alish holda bo‗ladi shu tufayli markaziy nerv 
sistemasining turli qismlari tonus va faoliyatga muayyan darajada tayyor bo‗lib 
turadi. Retikulyar formatsiyaning muhim rol o‗ynashini qayd qilish bilan birga, 
uning qo‗zg‗alish darajasini katta yarim sharlar po‗stlog‗i idora etishini uqtirmoq 
kerak, katta yarim sharlar po‗stlog‗idan keluvchi impulslar retikulyar
formatsiyaning aktivligini kontrol qila oladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling