Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Rostlash reflekslari. Tonik rostlash yoki to‗g‗rilash reflekslarini o‗rta miya yuzaga chiqaradi va binobarin, bulbar hayvonlarda bunday reflekslar bo‗lmaydi. Miyani to‗rt tepalik yuqorisidan qirqib qo‗yish operatsiyasidan keyin hayvon bir necha vaqt o‗tgach boshini, so‗ngra esa butun tanasini ham ko‗tarib, oyoqqa turadi, ya`ni tabiiy vaziyatini oladi. Bunday reflekslar faqat o‗rta miyasi butun hayvonlarda kuzatiladi. Bu reflekslarning yuzaga chiqishida labirintlar, bo‗yin muskullari va gavdaning teri yuzasidagi retseptorlar ishtirok etadi. Hayvon yon tomonlama yotgan bo‗lsa, boshini ko‗taradi va bosh tepasi yuqoriga qaragan tabiiy vaziyatini oladi. Og‗irlik kuchining g‗ayri tabiiy yo‗nalishi tufayli vestibulyar apparat retseptorlarining ta`sirlanishi natijasida hayvon boshi refleks yo‗li bilan ko‗tarilib, tabiiy vaziyatni oladi. Ammo vestibulyar apparat yemirilgan taqdirda gavda biror qattiq yuzada yondashayotsa, bosh rostlanadi, ayni vaqtda faqat bir tomondagi teri retseptorlari ta`sirlanadi. Bu holda bir tomondagi terining ta`sirlanishiga javoban bosh refleks yo‗li bilan rostlanadi. Bunda bir tomondagi teri nervlarining ta`sirlanishi quyidagicha isbot etiladi: yondasha yotgan hayvon ustiga ozgina yuqa taxta qo‗yilsa, ikkala tomondagi teri nervlari simmetrik ravishda ta`sirlanib, bosh yana pastga tushadi. Taxta olib qo‗yilgach va bir tomondagi teri yana ta`sirlangach bosh tag‗in refleks yo‗li bilan ko‗tariladi. Boshning ko‗tarilishi rostlash reflekslarining faqat birinchi fazasini tashkil etadi. Ikkinchi fazasi boshdan keyin tananing refleks yo‗li bilan rostlanishidan iborat. Bu refleks ham ikki tomonlama boshlanadi, bo‗yin muskullaridagi proprioretseptorlarning va tana terisidagi retseptorlarlarning ta`sirlanishidan kelib chiqadi. Dekerebratsiyalangan hayvon yondashayotganda birinchi faza tufayli boshini ko‗tarsa, bo‗yin muskullarining proprioretseptorlari ta`sirlanadi va shunga javoban tanani rostlovchi muskullar qisqaradi. Shunday qilib, avval bosh ko‗tariladi, keyin boshning ko‗tarilishi oqibatida tana ko‗tariladi va hayvon normal vaziyatni oladi. Hayvon yotganicha boshini bog‗lab, rostlanishiga imkon berilmasa, tanasi baribir rostlanaveradi, endi bo‗yin muskullaridagi proprio-retseptorlarning ta`sirlanishidan qatiy nazar, hayvon gavdasining qaysi tomonida yotgan bo‗lsa, o‗sha tomonidagi terining bir yoqlama 219 ta‘sirlanishi tufayli tana rostlanadi. Buni yuqorida aytilgan tajribaga o‗xshash tajriba bilan isbot etish mumkin: hayvon ustiga taxta qo‗yilsa, ikkala tomondagi terining ta`sirlanishi tufayli tanani rostlash refleksi yuzaga chiqmaydi. Shunday qilib, boshni ham, tanani ham rostlaydigan ikkita mexanizm bor: birinchi mexanizmda vestibulyar apparat retseptorlari va teri retseptorlari ta`sirlansa, ikkinchi mexanizmda bo‗yin muskullarining proprioretseptorlari va tana terisidagi retseptorlar ta`sirlanadi. Bu tonik reflekslarning markazlari o‗rta miyada bo‗lib, ularning yuzaga chiqishida qizil yadro aktiv ishtirok etadi. Vestibulyar apparat retseptorlaridan va bo‗yin muskullarining proprioretseptor- laridan keluvchi impulslar boshning turli vaziyatlarida ko‗zning burilishiga ham sabab bo‗ladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling