Va oliy nerv faoliyati
Elektrofiziologiya metodlari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Elektrofiziologiya metodlari. Markaziy nerv sistemasidagi turli
bo‗limlarning holati va faoliyatini o‗rganishda bioelektr hodisalarini qayd qilish yo‗li bilan ayniqsa qimmatli natijalar olingan. Bunday tadqiqotlar hayvonlar ustidagi o‗tkir tajribalarda ham, xronik tajribalarda ham, shuningdek odamdagi neyroxirurgiya operatsiyalarda va diagnostik proseduralarda ham o‗tkaziladi. Bularning hammasida elektrodlar tadbiq etiladi. Ular bosh terisiga yoki bosh miya yoki orqa miyadagi biron bo‗limning ochilgan yuzasiga qo‗yiladi. Ichkariroqdagi nerv markazlariga elektrodlar stereotaksis apparatlari yordamida yaqinlashtiriladi. Tadqiqotning vazifasiga qarab elektrodlar o‗lchami va shakli har hil bo‗lishi mumkin. Elektr potentsiallarini hujayralarning cheklangan bir gruppasidan ajratib olish kerak bo‗lsa, qalinligi bir necha mikron keladigan metall yoki shisha elektrodlar qo‗llaniladi. Metall elektrodlar uchidan tashqari hamma qismi lok qilingan ingichka simdan iborat; shisha elektrodlar KC1 ning uch molyar eritmasi to‗ldirilgan mikropipetkalardir. Elektr potentsiallari monopolyar, shuningdek biopolyar yo‗l bilan ajratib olinadi. Monopolyar yo‗lda bir elektrod markaziy nerv sestemasining tekshiriladigan qismiga yaqinlashtiriladi, ikkinchi-kattaroq elektrod 192 esa birinchi elektroddan uzoqda, odatda teri yuzasiga joylashtiriladi. Bipolyar yo‗lda ikkala elektrod markaziy nerv sistemasining tekshiriladigan qismiga qo‗yiladi. Markaziy nerv sistemasining holatini tekshirish uchun uning ba`zi kasalliklarida xozir bemor miyasining turli qismlariga bir talay ingichka oltin yoki platina simlar-elektrodlar kiritiladi, bu elektrodlarning uchlari kalla yuzasiga chiqarib qo‗yiladi. Shu yo‗l bilan miyaning turli qismlaridagi elektr aktivligining harakteriga qarab, patologik ochag lokalizatsiyasi xaqida fikr yuritiladi (Grey Uolter, N. P. Bextereva). Shundan keyin miyaning zararlangan qismiga sim elektrod kiritib, o‗zgarmas kuchli tok beriladi va patologik ochag shu tariqa elektroliz yo‗li bilan yemiriladi. Markaziy nerv sistemasi elektrofiziologik metodlar bilan tekshirilganda fon yoki spontan elektr aktivligi qayd qilinadi va uning turli afferent ta`sirotlar bilan o‗zgarishi aniqlanadi. Periferiyaga impuls olib boradigan, markazdan qochuvchi nervlarda yoki markaziy nerv sistemasining bir bo‗lagidan boshqa bo‗laklariga impuls o‗tkazuvchi markaz ichidagi o‗tkazuvchi yo‗llarda elektr impulizatsiyasi ham o‗rganiladi. Tashqaridan biron ta`sirot bo‗lmaganda ham markaziy nerv sistemasining hamma bo‗limlarida fon elektr aktivligi kuzatiladi. Shu sababli bu elektr aktivlanishi ko‗pincha spontan elektr aktivligi deb atashadi. U doimo ro‗y beruvchi ritmik elektr tebranishlarida namoyon bo‗ladi. Baqaning uzunchoq miyasidan elektr potentsiallarini ajratib olgan I. M. Sechenov shu spontan tebranishlarni birinchilardan aniqlagan edi. Chastotasi soniyasiga 10 dan 40 gacha bo‗lgan va amplitudasi hujayradan tashqariga elektrod qo‗yishda 100 mkv keladigan elektr potentsiallari ayirmasining tebranishlari nerv markazlarining spontan aktivligi uchun harakterlidir. Markaziy nerv sistemasining holatiga qarab, tebranishlar chastotasi va amplitudasi o‗zgaradi. To‗lqinsimon elektr aktivligi neyronlar va sinapslarda ro‗y beruvchi har hil elektr protsesslarining yig‗indi ifodasidir. Shuning uchun elektr aktivligini tekshirishga asoslanib, miyaning tekshirilayotgan strukturasidagi intim protsesslarni aniq tasavvur qilib bo‗lmaydi. 30-yillardan boshlab, E.Edrian ishlaridan keyin, retseptorlarlar yoki afferent nervlar ta`sirlanganda ro‗y beruvchi afferent impulslarga javoban markaziy nerv sistemasining muayyan qismi orqa miya, miyacha, ko‗ruv do‗mboqlari, katta yarim sharlar po‗stlog‗ining turli qismlarida kelib chiqqan elektr reaktsiyasi keng tadbiq etilmoqda. Bu elektr reaktsiyasi yuzaga chiqarilgan potentsial deb ataladi. Yuzaga chiqarilgan potentsiallarni qayd qilib, miyaning turli strukturalariga axborot o‗tadigan yo‗llarni va ta`sirotni qabul qiluvchi sensor sistemalar lokalizatsiyasini yetarlicha aniq tekshirish mumkin. 193 Retseptorlarlarning muayyan gruppasidan afferent impulslar oladigan nerv markazlarida yuzaga chiqarilgan potentsiallar amplitudasi kattaroq, latent davri esa qisqaroq bo‗ladi. Shu nerv markazlarida yuzaga chiqarilgan potentsiallar birlamchi javoblar, deb ataladi. Afferent nervga yakka elektr stimuli berilganda turli nerv markazlarida ro‗y bergan birlamchi javoblarning egri chiziqlari 43-rasmda ko‗rsatilgan. 43-rasm. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida (A), ko‘ruv dumbogining ortki ventral yadrosida (B), orqa miyada (V) yuzaga chiqarilgan potentsiallar (birlamchi javoblar)ning egri chiziqlari (R, A. Durinyandan). Harakterli birlamchi javob qoida o‗laroq, 400-600 mkv amplitudali ikki fazali potentsialdan iborat. Avval 10-12 msek uzunlikdagi musbat tebranish qayd qilinadi shundan keyin 15-20 msek uzunlikdagi manfiy tebranish ro‗y beradi. Birlamchi potentsiallar muayyan zonaga tarqaladi, muayyan sensor signallar keladigan zonani shu tufayli aniq bilish mumkin. O‗sha zonadan (maksimal aktivlik fokusidan) uzoq o‗qigan sayin ajratib olinadigan potentsiallar harakteri o‗zgaradi: javobning latent davri uzayadi, ayrim fazalarning amplitudasi kamayadi, uzunligi oshadi. Qo‗shimcha tebranishlar kelib chiqadi. Afferent nerv turli vaqt intervalida ketma-ket ikki elektr stimuli bilan ta`sirlanganda birlamchi javoblarni qayd qilib, birlamchi javob ajratiladigan neyronlardagi refrakter davr uzunligini o‗lchash mumkin. Turli nervlar yoki retseptorlar turli izchillik bilan ta`sirlansa, neyronlarning bir gruppasiga har hil impulslar kelishini aniqlash, ya`ni afferent yo‗llar konvergentsiyasi bor-yo‗qligini bilish mumkin. Har hil afferent signallarni qabul qiluvchi neyronlarning o‗zaro ta`sirini ham shu usulda o‗rgansa bo‗ladi. Kaltaroq latent davr bilan ro‗y beruvchi birlamchi javoblardan tashqari, nerv markazlarida, jumladan katta yarim sharlar po‗stlog‗ining turli sohalarida ikkilamchi javoblar deb ataladigan kechroq ro‗y beruvchi bir qancha javoblar kuzatiladi. Ikkilamchi javoblar, qoida o‗laroq murakkabroq konfiguratsiyasi va uzunroq latent davri bilan birlamchi javoblardan farq qiladi. Ular narkoz berilmagan hayvonlarda ayniqsa ravshan qayd qilinadi. Ayrim neyronlar 194 aktivligini va sinapsdan impuls o‗tish mexanizmini o‗rganish uchun hujayra ichidagi potentsiallarni mikroelektrodlar yordamida ajratib olish usuli qo‗llaniladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling