Va oliy nerv faoliyati
Ta`sir etish metodikasi. Elektr bilan ta`sir etish
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Ta`sir etish metodikasi. Elektr bilan ta`sir etish. Elektr bilan ta`sir
etish metodikasi markaziy nerv sistemasining funktsiyalarini tekshirishda asosiy usullardan biri hisoblanadi. Bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗ining muayyan qismlariga kuchsiz elektr toki berilganda hayvonlarning turli harakat reaktsiyalari yuzaga chiqishini 1870 yilda Fritch bilan Gittsig, so‗ngra V. Y Danilevskiy, V. M. Bexterev va boshqa ko‗p tadqiqotchilar ko‗rsatib berishdi. Katta yarim sharlarning muayyan qismiga ta`sir etish yo‗li bilan ayrim muskul gruppalarini qisqatirish va hatto bir muskulning yakka qisqarishlarini yuzaga chiqarish mumkin. 189 Elektr bilan ta`sir etish metodikasi hayvonlar ustidagi tajribada sinab ko‗rilgach, odamdagi neyroxirurgiya operatsiyalarida ham tadbiq etildi. Xirurg shu metodikadan foydalanib, bosh miya po‗stlog‗ining turli qismlari qanday funksional rol o‗ynashini aniqlaydi. Bunday operasiyalar vaqtida bemor mahalliy og‗riqsizlantirish sharoitida bo‗lib, es-hushi saqlangani uchun elektr bilan ta`sir etish vaqtida qanday sezgilar kelib chiqayotganini aytib bera oladi. Elektrodlar katta yarim sharlar po‗stlog‗ining qaysi qismiga quyilishiga qarab, odam gavdasining turli qismlarida issiq, sovuq, sanchish, jimirlash sezgilarini, shuningdek yorug‗lik tovush, hid sezgilarini payqay oladi. Sezgi harakteri modalligi miyaning ta`sirlanadigan joyiga bog‗liq. Ta`sir etish metodikasi miya stvolining po‗stloq ostidagi strukturalari va orqa miya funksiyalarini tekshirishda ham qo‗llaniladi. O‗tkir tajribadagina emas, xronik tajribada ham elektr toki bilan ta‘sir ko‗rsatiladi. Shu maqsadda miyaning turli strukturalariga elektrodlar qo‗yib, kalla suyaklariga tish sementi yordami bilan mahkamlab qo‗yiladi. Stimulyatordan kelgan simlarni elektrodlarga ulab, muayyan nerv markazlariga ko‗p oylar mobaynida elektr toki bilan ta‘sir etish va shunda kelib chiqadigan funksional o‗zgarishlarni o‗rganish mumkin. Elektr toki markaziy nerv sistemasining muayyan darajada cheklangan (masalan, bir necha kub millimetrlik) qismiga ta‘sir etishi uchun ingichka elektrodlar va bo‗sag‗a kuchiga yaqin miqdordagi tok qo‗llaniladi. Ayni vaqtda elektrodni miyaning tekshiriladigan qismiga aniq qo‗yish g‗oyat muhim, shu maqsadda stereotaksis texnikasidan foydalaniladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling