Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Stereotaksis
Stereotaksis texnikasi. Elektrodlar, mikropipetkalar, miniatyura xolidagi
termoparalar va boshqa mikro asboblarni ichkarida yotgan miya strukto‗r alariga aniq kiritish uchun stereotaksis texnikasi tadbiq etiladi. U neyrofiziologik tadqiqotlarning imkoniyatlarini ancha kengaytirib yuboradi. Stereotaksis metodikasi bosh miyadagi turli strukturalarning kalladagi muayyan qismlarga nisbatan joylashuvini batafsil anatomik tekshirishga asoslanadi. Miya strukturalarining lokalizatsiyasi uch koordinatali maxsus sistemada ifodalanadi, shu sistemadan foydalanib, ayrim nerv markazlarining fazodagi o‗rni aniqlanadi. Metodikaning nomi grekcha stereos (hajmli) va taksis (joylashuv) so‗zlaridan olingan. Metodikani anatom D. M. Zernov birinchi marta 1889 yildayoq taklif etgan , so‗ngra uni neyroxirurg V. Xorsley va injener R. Klark ulardan keyin esa S. Renson mukammal ishlab chiqqan. Stereotaksis metodikasidan foydalanganda hayvonning boshi maxsus apparatda mahkam ushlab turiladi, ayni vaqtda tashqi eshituv yo‗llarining markazlari va ko‗z kosalari chetlarining pastki nuqtalari orqali o‗tuvchi gorizontal tekislik stereotaksis asbobining o‗qiga parallel bo‗ladi. Bu tekislik stereotaksis koordinatalarini hisoblab beradigan asosiy gorizontal tekislik deb ataladi. Ko‗pincha, amaliy muloxazalar bilan, hisoblasada asosiy tekislikdan 10 mm yuqoriroqdagi eng quyi gorizontal tekislikdan foydalanishadi (42-rasm). Eng quyi frontal tekislik tashqi eshituv yo‗llarining markazlarini birlashtiruvchi chiziq bo‗ylab gorizontal tekislikka qatiyan tik ravishda o‗tadi. Nulevoy sagittal tekislik kallaning o‗rta sagital chizig‗i bo‗ylab gorizontal va frontal tekisliklarga tik ravishda o‗tadi. 191 42-rasm. Mushuk kallasini Xorsley-Klark metodida stereotaksis asbobiga o‘rnatish sxemasi. Chiziqlar: asosiy gorizontal tekislik - AD ga; nulevoy gorizontal tekislik - 00 ga; nulevoy frontal tekislik-VV ga; nulevoy sagittal tekisliklarga mos keladi; V - tepa suyakdan nulevoy gorizontal tekislikkacha bo‘lgan masofali; - ko‘z kosasining pastki chekkasidan tashqi eshituv yo‘lining markazigacha bo‘lgan masofa; 1A - quloq tutkichlarning uchlari o‘rtasidagi masofa. Turli hayvonlardagi miya strukturalarining koordinatalari maxsus stereotaksis atlaslarida aniq ko‗rsatilgan. Shu koordinatalarga muvofiq, elektrod yoki boshqa mikro asbobni mustahkamlab turuvchi manipulyator yordamida mikrometrik vintlardan foydalanib miyaning tekshirilayotgan nuqtasiga kiritiladi. Stereotaksis texnikasi xozir neyroxirurgiya klinikasida operatsiya vaqtida ham qo‗llaniladi. Bu operatsiyada bemor bosh miyasining muayyan qismidagi patologik yemirish uchun elektrodlar kiritishga to‗g‗ri keladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling