Va oliy nerv faoliyati


Nerv markazlarining tonusi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Nerv markazlarining tonusi. Elektrofiziologik tadqiqotlarning 
ko‗rsatishicha, refleksning chiqishidagina emas, nisbiy tinchlik holatida ham nerv 
markazlaridan periferiyaga tegishli organ va to‗qimalarga nerv impulslarining
razryadlari borib turadi. Tafovut faqat shundaki, ta`sirotga javoban reflektor 
reaktsiya yuzaga chiqishida bu razryadlar katta chastotali (masalan, kuchli 
ixtiyoriy harakatlarda harakatlantiruvchi nerv tolalarida sekundiga 50 impulsdan 
100 impulsgacha) bo‗lib, bir talay efferent tolalar orqali ozmi-ko‗pmi bir vaqtda 
yuboriladi, tinchlikda esa razryadlar chastotasi va bir vaqtda ishlayotgan birliklar 
soni juda kam bo‗ladi. 
Nerv markazlaridan periferiyaga uzluksiz keluvchi siyrak impulslar skelet 
muskullarining tonusini, ichak silliq muskullari tonusini, tomirlar tonusini vujudga 
keltiradi. Nerv markazlarining shunday doimiy qo‗zg‗alishi nerv markazlarining 
tonusi deb ataladi. Bu tonusning saqlanishida periferik retseptorlardan markaziy 


177 
nerv sistemasiga keluvchi afferent impulslar ham, har xil gumoral ta`sirotlar 
(gormonlar, va b.) ham ishtirok etadi. 
Nerv markazlari tonusining saqlanishida afferent impulslarning roli 
Brondjestning quyidagi tajribasida yaqqol ko‗rinadi. Baqa orqa miyasining 
sezuvchi ildizlari qirqilsa (baqaning keyingi oyoqlari shu ildizlardan 
innervatsiyalanadi), harakatlantiruvchi nervlar qirqib qo‗yilganda muskullar tonusi 
qanday kamaysa, bunda ham deyarli o‗shanday kamayadi. Bu tajriba ko‗rsatadiki, 
muskullar tonusi nerv markazlarining tonusiga bog‗liq, nerv markazlari tonusini 
esa o‗z navbatida muskul retseptorlaridan va boshqa periferik retseptorlardan 
keluvchi afferent impulslar saqlab turadi. 
Uzunchoq miya, o‗rta miya va oraliq miya markazlarining tonik ta`siri 
ayniqsa sezilarli. Mushuk bosh miyasi ham keyin baqa to‗rt tepalik oldingi 
dumboqlari 
sohasidan 
qirqib 
oyog‗idagi 
muskul 
qo‗yilganda, 
ya`ni 
detserebratsiyada (qo‗llar tonusi yozuvchi barcha muskullar tonusi xuddi 
mushukning yo‗qolishi tikka turgandagidek keskin darajada oshib ketadi. 
Detserebratsiya operatsiyasidan keyin muskullar taranglanib qoladi: oyog‗i 
zo‗rg‗a bukiladi. Zo‗rlab bukilgan oyoq tez asliga qaytadi, ya`ni: maksimal 
darajada yoziladi. Muskullarning doimo bir darajada barqaror turadigan va kam 
o‗zgaradigan tarangligi bilan davom etuvchi tonik qisqarish tetaniya kontraktil, 
yoki qisqartuvchi tonus deb ataladi. Tonusning bu formasida, xuddi tetanusdagi 
kabi, impulslarning tez-tez ritmik razryadlari aniqlanadi. 
Oraliq miyani butun qoldirib, miya yarim sharlari olib tashlangandan so‗ng, 
ya`ni bosh miya yuqoriroqdan qirqib qo‗yilganda (talamik hayvonlarda) tonusning 
boshqa formasi kuzatiladi. Bu holda muskullarning maxsus holati vujudga keladi ,
ular "mumga o‗xshab" qoladi: oyoqlarini istagan vaziyatga solish oson bo‗ladi, 
oyoqlar bu vaziyatni uzoq vaqt, ba`zan soatlab o‗zgartirmasdan saqlab turadi.
Muskullarning Orqa ildizlar bir-tomonlama qirqib qo‗yilgan bunday holat plastik 
tonus deyiladi. Markaziy nerv sistemasi butun bo‗lgani holda ba`zi zaharlardan 
zaharlanish natijasida, nerv sistemasining kasalliklarida, shuningdek gipnoz 
ta`sirida ham plastik tonus kelib chiqadi. Odamda plastik tonus nerv sistemasining 
katalepsiya yoki mumsimon rigidlik degan maxsus holatiga harakterli. Bu holatda 
odam qanday bo‗lmasin g‗ayri tabiiy pozada bir necha vaqt qotib qoladi va bu 
pozani uzoq vaqtgacha o‗zgartirmaydi. 
Kontraktil tonus kabi, plastik tonus ham refleks yo`li bilan kelib chiqadi. 
Oyoq afferent innervatsiyadan mahrum qilingach, ya`ni deaf-ferentatsiyadan keyin 
shu oyoq muskullarining kontraktil va plastik tonus belgilari yo‗qoladi. Tonik 
reflekslar har qanday harakat aktining muqarrar yo‗ldoshi hisoblanadi. Fazoda 
gavdani harakatlantirishda, ya`ni lokomotsiyada tonik reflekslarning ahamiyati
ayniqsa katta. 


178 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling