Va oliy nerv faoliyati
Nerv markazlarining xossalari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Nerv markazlarining xossalari. Reflektor javob retsoptorlarning
ta`sirlanish kuchiga va uzunligiga bog‗liq. Retseptiv maydonning ta`sirlanishi kuchaytirilganda impulslarni nerv markaziga o‗tkazuvchi nerv tolalari va qo‗zg‗algan retseptorlar soni ko‗payadi, binobarin, reaktsiyaga tortiladigan oraliq va effektor neyronlar soni ham oshadi. Shu bilan birga retseptor- larda neyronlarning shunga yarasha har birida vujudga keluvchi nerv impulslarning chastotasi oshadi, buning natijasida ham refleks kuchayadi muskullarning qisqarishi, bezlar sekretsiyasi va shu kabilar kuchayadi. Ta‘sirot kuchi hatto bir xilda turganda ham ta`sirot uzunligi bir xilda turganda bir qancha hollarda yangi nerv elementlarining reaktsiyaga tortilishi hisobiga reflekslar kuchayadi. Qo‘zg‘alishlarning qo‘shilishi (summatsiya). Qo‗zg‗alishlarning qushilishi nerv markazlarining o‗ziga xos xususiyati bo‗lib, uni I. M. Sechenov 1863- yilda birinchi marta tasvir etgan .Qo‗zg‗alishlarning qo‗shilishi shunda kurinadiki, periferik retseptorning yoki afferent nervlarning ikkita yoki bir nechta ta`siroti qo‗shilganda refleksni yuzaga chiqaradi, xolbuki shu ta`sirotlardan har biri alohida qo‗llanilganda reflektor reaktsiyani yuzaga chiqarishgа kamlik qiladi. Qo‗shilishning ikki turi: ketma-ket (vaqtdagi) va masofada (fazoda) qo‗shilish bor. Nerv markaziga bir xil afferent nerv tolalari orqali kalta ketma-ket keluvchi qo‗zg‗alishlarning o‗zaro ta`siri ketma-ket qo‗shilish deb ataladi. Bir afferent nervga yoki refleksning retseptiv maydoniga ritmik stimullar seriyasini berib, ketma-ket qo‗shilishni eksperimentda kuzatish mumkin. Shu stimullardan har birining kuchi refleksni yuzagа chiqarish uchun kifoya qilsa, bu stimullar ritm bilan qo‗llanilganda refleks kuchayadi. Ta`sirot kuchini har bir yakka stimulning 176 o‗zi refleksni yuzaga chiqarmaydigan qilib tanlansa, stimullar ketma-ket qo‗llanilganda reflektor javob yuzaga chiqishini qo‗zg‗atsa bo‗ladi. Hatto katta kuchli yakka stimul retseptorlarga qo‗yilganda ham ba`zi reflekslar umuman yuzaga chiqmaydi. Masalan, bosh miyasidan mahrum qilingan (spinal) itda hatto katta kuchli yakka induktsion zarb qashinish refleksini yuzaga chiqara olmaydi. Bu refleksning teridagi retseptiv maydoni sekundiga 18 zarbli chastota bilan keluvchi kuchsiz induktsion tok bilan ritmik ravishda ta`sirlansa, 2- 3 soniyadan keyin reflektor reaktsiya yuzaga chiqadi. Bir retseptiv maydonga kiradigan turli retseptorlarga ikkita yoki bir nechta stimul bir vaqtda ta`sir etsa, qo‗zg‗alishlar masofada qo‗shiladi. Masalan, itda qashinish refleksining retseptiv maydoni doirasida terining bir-biridan 10 m uzoqdagi ikki qismi bo‗sag‗adan past kuch bilan bir vaqtda ta`sirlansa, bu refleks yuzaga chiqishi mumkin. Xolbuki, shunday ta`sirotning har biri alohida qo‗llanilganda qashinish refleksini yuzaga chiqarmaydi, bir vaqtda qo‗llanilganda esa reflektor, reaktsiya ro‗y beradi. Bir refleks retseptiv maydonining markazga intiluvchi ikkita nerv, tolasi ko‗p deganda 15 msek intervalda bo‗sag‗adan past kuch bilan ta`sirlanganda ham qo‗zg‗alishlar masofada qo‗shiladi. Nerv markazlaridagi qo‗zg‗alishlarning qo‗shilish mexanizmi quyidagidan iborat. Neyronda harakat potentsiali yuzaga chiqishi uchun nerv hujayrasidagi postsinaptik membrana depolyarizatsiyasi muayyan kritik darajaga yetishi kerak. Nerv oxirlaridan ajralib chiqadigan qo‗zg‗atuvchi mediator ta`sirida postsinaptik membrana shunday depolyarizatsiyalanadi. Ammo yakka impulsga javoban har bir ayrim nerv oxiridan otilib chiqadigan mediator portsiyasi juda kam, shu sababli yakkа sinapsda yuzaga chiqadigan qo‗zg‗atuvchi postsinaptik potentsial bo‗sag‗a miqdoridan 8-10 baravar kamroq. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling