Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 33-rasm Tizza refleksi
- Reflektor duga (refleks yoyi)
Tizza refleksi:
Tizza refleksining reflektor yo‘llari orqa miyaning kulrang moddasida tutashadi. Tizza refleksi shu bilan ifodalanadiki, son to‘rt boshli muskulining payiga tizza qopqog‘ining pastki chegarasi yaqinidan tukillatib urib ko‘rilganida oyoq reflektor yo‘l bilan tizza bo‘g‘imidan yoziladi. 33-rasm Tizza refleksi Buning sababi shuki, payiga urilganida muskul tarang tortib, uning nerv reseptorlarida qo‘zg‘alish yuzaga keladi va bu qo‘zg‘alish markazga intiluvchi neyronlardan orqa miyaning kulrang moddasiga borib, markazdan qochuvchi neyronlarga va ularning uzun o‘simtalaridan oyoqni yozuvchi muskullarga o‘tadi. Tizza refleksida ikki turdagi neyronlar: markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi neyronlar ishtirok etadi. Yuqorida qayd qilganimizdek reflekslarning bunday klassifikatsiyasi shartli: markaziy nerv sistemasining biron bo‗limi butun turganda va yuqoriroqdagi bo‗limlar yemirilganda biron refleksi yuzaga chiqarish mumkin bo‗lsa, undan normal organizmda shu refleks faqat o‗sha bo‗limning ishtirokida ro‗yobga chiqadi, degan ma`noni anglash yaramaydi har bir refleksda markaziy nerv sistemasining hamma bo‗limlari bir qadar qatnashadi. 34-rasm. Ko‗zning shoхpardasiga biror narsa tekkanda ko‗z qovoqlari yumiladi (korneal refleks) Reflektor duga (refleks yoyi) Retseptor neyronlar, kiritma neyronlar va effektor neyronlarning zanjirlari reflektor faoliyatning struktura asosini tashkil 168 etadi. Har qanday refleksning yuzaga chiqishida impulslarning retseptordan ijrochi organga o‗tadigan yo`li o‗sha zanjirlardan hosil bo‗ladi. Bu yo‗l reflektor duga (refleks yoyi) deb ataladi. Unga quyidagilar kiradi: 1) ta`surotlarni qabul qiluvchi retseptorlar; 2) retseptor neyronlarning qo‗zg‗alishi markaziy nerv sistemasiga yetkazib beruvchi o‗siqlari afferent nerv tolalari; 3) impulslarni effektor neyronlarga o‗tkazuvchi sinapslar va neyronlar; 4) impulslarni markaziy nerv sistemasidan periferiyaga o‗tkazuvchi efferent nerv tolalari; 5) refleks natijasida faoliyati o‗zgaradigan ijrochi organ. 24-rasm. Orqa miya refleksining ikki neyronli (A) va uch neyronli (B) dugalari (sxemalar). R - spinal gangliyaning retseptor neyroni; M - motoneyron. Eng oddiy reflektor dugani sxema tarzida atigi ikkita neyron, bitta sinaps orqali bog‗langan retseptor va effektor neyronlardan hosil bo‗lgan deb tasavvur qilish mumkin. Bunday reflektor duga ikki neyronli va monosinaptik duga deb ataladi (35-rasm, A). Aksari reflekslarning reflektor dugalariga ikkita emas, balki ko‗proq. neyron retseptor neyron, bitta yoki bir necha kiritma neyron va effektor neyron kiradi. Bunday reflektor dugalar ko‗p neyronli va polisinaptik dugalar deb ataladi. Polisinaptik reflektor dugalarning har xil variantlari bo‗lishi mumkin. Shunday eng oddiy dugaga atiga uchta neyron va ularning orasidagi ikkita sinaps kiradi . Polisinaptik reflektor dugalar bor. Ularda retseptor neyron bir necha kiritma neyron bilan birlashgan, kiritma neyronlardan har biri turli effektor neyronlarda yoki bir effektor neyronning o‗zida sinapslar hosil qiladi. Shundan keyin bitta va bir necha (har xil) kiritma neyronlar bilan birlashgan bir necha retseptor neyrondan tuzilgan reflektor dugalarni tasavvur qilish oson. Hatto sxema shaklida ko‗rsatilgan polisinaptik reflektor dugalar g‗oyatda murakkab bo‗lishi mumkin . Reflektor dugalarning sxemalarini ko‗zdan kechirganda shuni uqtirish kerakki, odatda bir retseptor emas, balki gavdaning biron sohasidagi ko‗p retseptorlar ta`sirlanganda reflekslar yuzaga chiqadi. Gavdaning ta`sirlanganda muayyan refleks kelib chiqadigan sohasi (masalan, badanning bir qismi) refleksogen zona, yoki refleksning retseptiv maydoni deb ataladi. Turli reflekslarning badandagi retseptov maydonlari bir-biriga kirib borishi mumkin. Shuning natijasida badanning muayyan qismiga berilgan ta`surot o‗z kuchiga va 169 markaziy nerv sistemasining holatiga qarab, goh bir, goh ikkinchi refleksni yuzaga chiqara oladi. Reflektor dugalarning sxemalarini retseptor, kiritma va effektor neyronlarning bir qancha qotorlaridan tuzilgan deb tasavvur qilish kerak Bundan anglashiladiki, eng oddiy reflektor dugani faqat shartli ravishda "monosinaptik" duga deb atash mumkin, chunki ikki neyron o‗rtasidagi bir sinaps emas, balki retseptor neyronlar gruppasini bir xil javob reaksiyasiga sabab bo‗luvchi effektor neyronlar gruppasi bilan birlashtiruvchi bir qotor parallel sinapslar kiradi. Monosinaptik reflektor dugalar g‗oyat kam uchraydi. Ularga muskulning cho‗zilish refleksi, yoki miotatik refleks dugasi misol bo‗la oladi. Ta`sirlanganda shu reflekslarni yuzaga chiqaradigan retseptorlar muskul dugalari skelet muskullarida joylashgan, retseptor nerv hujayralarining tanalari spinal gangliyalarda, effektor nerv hujayralarining tanalari orqa miyaning oldingi shoxlarida bo‗ladi. Muskulning cho‗zilishi retseptorlarda nerv impul'slarining razryadini yuzaga chiqaradi. Nerv impulslari retseptor neyronlarning o‗siqlari orqali orqa miyaga borib, harakatlantiruvchi neyronlarga bevosita (kiritma neyronlar ishtirokisiz) o‗tadi, impulslar razryadi esa bu neyronlardan o‗sha muskulning harakat plastinkalariga boradi. Natijada muskulning cho‗zilishi uning refleks yo`li bilan kaltalanishiga sabab bo‗ladi. Bunday reflektor dugada qo‗zg‗alish atigi bitta neyronlararo sinapsdan o‗tgani uchun bunday "monosinaptik" reflekslar boshqa (reflektor dugasiga ko‗proq. neyron va sinapslar kiradigan) reflekslarga nisbatan tezroq yuzaga chiqadi. 36-rasm. Reflektor aktlarda qatnashuvchi neyronlarning bog‗lanish sxemalari. 1 - retseptor; 2 - retseptor hujayrasi; 3 - effektor neyron; kiritma neyron; 5 - muskul. Polisinaptik reflektor dugalarga neyronlar va ular orasidagi sinapslarning ketma-ket birlashgan bir necha qatori kiradi. Hayvonlar va odam qo‗l-oyog‗ining 170 terisi og‗riydigan darajada ta`sirlanishiga javoban qo‗l-oyoqni tortib olish refleksi bunday refleksga misol bo‗la oladi. Bu refleks atiga bitta retseptorga ta`sir etib, sun`iy yo‗l bilan vujudga keltirilganda ham ko‗p neyronli refleks hisoblanadi. Reflektor duga (refleks yoyi) haqidagi tasavvurga biron reflektor aktda muqarrar qatnashadigan neyronlarning analiz uchun qulay sxemasi deb qarash kerak Shu bilan birga har qanday refleksda nerv impulslari markaziy nerv sestemasida ko‗pgina o‗tkazuvchi yo‗llar orqali keng tarqala oladi. Masalan, hayvonlarning markaziy nerv sistemasi butun turganda og‗rituvchi ta`surotga javoban kelib chiqqan qo‗zg‗alish po‗stloq ostidagi yadrolarga ham, katta yarim sharlar pustlog‗iga ham tarqaladi, bu yerdan esa efferent yo‗llar orqali orqa miyaga qaytib keladi. Xuddi shu tufayli o‗qituvchi kuchli ta`surotga javoban himoya reaksiyasida po‗stloq osti yadrolarining va po‗stloqning neyronlari qatnashib, og‗riq sezgisi kelib chiqadi, bu sezgi esa bir qancha vegetativ reaksiyalar puls chastotasi, nafas olish chastotasi va chuqurligi, tomirlar tonusi va shu kabilarning o‗zgarishi bilan birga boradi. Xuddi shuningdek ovqat reflekslari (chaynash, so‗lak ajratish, ovqat yutish, hazm shiralari sekretsiyasi) yoki nafas olish va tomir harakatlantirish reflekslarining yuzaga chiqishida markaziy nerv sistemasining turli bosqichlarida orqa miya bilan uzunchoq miyada, ko‗ruv dumboqlarining yadrolarida, katta yarim sharlar pustlog‗ida joylashgan neyronlar qatnashadi. Hatto eng oddiy reflektor reaksiyalar – pay muskul proprioretseptiv reflekslarida ham (ularning yuzaga chiqishi uchun ikkitа neyron ishtirok etishi kifoya), qo‗zg‗alish markaziy nerv sistemasi bo‗ylab keng tarqaladi. Masalan, muskul payiga urilganda bosh miya katta yarim sharlar pustlog‗ining elektr aktivligi o‗zgaradi. Binobarin, orqa miya refleksida nerv impulsi markaziy nerv sistemasining reflektor reaktsiyada bir qadar qatnasha oladigan oliy bo‗limlariga yetib bora oladi. Markaziy nerv sistemasidagi turli bo‗limlarning nerv hujayralari reaksiyaga qanchalik qatnashuvi ta`surot kuchiga, uning qancha vaqt ta`sir etishiga va markaziy nerv sistemasining holatiga bog‗liq.. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling