Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

harakteriga qarab ham ajratiladi. Masalan, reflekslar harakatlantiruvchi, yoki 
motor (bunda muskullar ijrochi organ hisoblanadi), sekretor (bezlar sekretsiyasi 
bilan tugaydigan), tomir harakatlantiruvchi (qon tomirlarining torayishida yoki 
kengayishida namoyon bo‗ladigan) reflekslarga bo‗linadi. Bu klassifikatsiya bir 
qadar oddiy reflekslarga tug‗ri keladi. Markaziy nerv sistemasining oliy 
bo‗limlaridagi neyronlar ishtirokida yuzaga chiqadigan murakkab reflekslarda esa 
odatda turli ijrochi organlar reflektor reaktsiyaga tortiladi. 
Butun organizmning barcha reflektor aktlari shartsiz va shartli reflekslarga 
bo‗linadi, ularning o‗rtasidagi tafovut quyida ko‗zdan kechiriladi. Laboratoriya 
eksperimenti sharoitida hayvon ustida yoki klinikada odam nerv sistemasining 


166 
kasalliklarida hammadan ko‗p tekshiriladigan bir qadar oddiy reflekslardan 
ba`zilariga misollar keltiraylik. 
Baqaning oyoq terisiga igna sanchilsa yoki baqa oyog‗i kuchsiz kislota 
eritmasiga botirilsa, o‗sha oyoq muskullari refleks yo`li bilan qisqaradi baqa 
oyog‗i bukilib, ta`sirotdan uzoqlashadi. Bu bukish refleksidir. Baqa tanasining yon 
terisiga bir parcha filtr qog‗ozini kislotaga hollab bosilsa, o‗sha tomondagi oyoqni 
yaqinlashtiruvchi muskullar qisqaradi, baqa ta`sirlangan joyini artadi va qog‗ozni 
uloqtirib yuboradi Bu refleks artish refleksi deb ataladi. 
Itning oyoq terisiga elektr toki bilan ta`sir etilganda ham refleks yo‗l bilan 
bukish harakati yuzaga chiqadi. Yon terisini artish qashinish refleksining 
ta`sirlovchisi hisoblanadi, ta`sirlanayotgan tomondagi keyingi oyoq tananing yon 
yuzasiga tortiladi va qashinishning ritmik bukish harakatlari ro‗y beradi. 
Odam oyoq kaftining terisiga ta`sir etilganda oyoq panjasi va barmoqlari 
refleks yo`li bilan bukiladi , oyoq kaftining refleksi deb shuni aytiladi. Sog‗lom 
bolalar hayotining dastlabki oylarida va katta yoshli kishilar markaziy nerv 
sistemasining ba`zi kasalliklarida oyoq kaftining terisiga ta`sir etish natijasida bosh 
barmoq yoziladi va oyoqning boshqa barmoqlari yelpigichga o‗xshash taralib 
ketadi , Babinskiy refleksi deb shuni aytiladi. 
Muskul payiga bolg‗acha yengilgina urilganda muskulning cho‗zilishi uning 
reflektor qisqarishiga sabab bo‗ladi. Bu pay muskul proprioretseptiv refleksidir. 
Jumladan, tizza refleksi (son to‗rt boshli muskulining payiga tizza ko‗zining 
pastidan urilganda oyoqning tizzadan keskin yozilishi) va axill refleksi (axill 
payiga urilganda boldir muskulining keskin qisqarishi) shunday reflekslarga kiradi. 
Emadigan bolaning labiga tegish ritmik emish harakatlarining kelib chiqishiga 
sabab bo‗ladi. Bu emish refleksidir. Halqum (yutqin)ning orqa devoriga biron 
qattiq narsa bilan ta`sir etilganda odam refleks yo`li bilan qusishi mumkin.( qusish 
refleksi) 
Yuqorida nomi aytilgan reflekslardan ba`zilari spinal reflekslardir, ya`ni 
ular yuzaga chiqishi uchun orqa miya butun bo‗lishi kifoya ,baqa boshidan judo 
qilingach uning oyog‗ini bukish va yon terisini artish reflekslari shunday. Pay-
muskul reflekslari (tizza, Axill reflekslari va boshqalar), oyoq kafti refleksi, sut 
emizuvchi hayvonlar va odamning siydik chiqarish va defekatsiya reflekslari ham 
spinal reflekslardan hisoblanadi. Orqa miya bo‗yin yoki ko‗krak segmentlarining 
to‗g‗risidan ko‗ndalangiga qirqib qo‗yilganda ham bu reflekslarni kuzatish 
mumkin. Emish refleksi bilan korneal refleks bulbar reflekslarning (ya`ni 
uzunchoq miya reflekslarining) misollari hisoblanadi, qorachiq refleksi esa o‗rta 
miya neyronlarining muqarrar ishtirokida yuzagа chiqadigan mezentsefal refleks 
misolidir. 


167 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling