Va oliy nerv faoliyati


Neyronlarni tekshirish usullari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Neyronlarni tekshirish usullari. Afferent nerv tolalarini elektr toki bilan 
ta`sirlash neyronlarning funksiyalarini tekshirishda eng ko‗p qo‗llaniladigan 
usullardan biridir. Markaziy nerv sistemasida qo‗zg‗alish bir nerv hujayrasidan 
ikkinchisiga tabiiy sharoitdagi kabi qo‗zg‗atuvchi sinapslar orqali o‗tadi. 
Qo‗zg‗alish o‗tishining ana shu yo`li ortodrom usul deb ataladi. 


162 
31-rasm. 
Afferent 
nervning 
yakka 
ta`sirlanishiga (A) va motoneyron-ning o‗zgarmas 
tok bilan bevosita ta`sirlanishiga (B va V) motoney-
ronning 
javoblari 
(A. 
I. 
Shapovalovdan). 
Mikroelektrod bilan olish. B - ta`sirotning bo‗sag‗a 
kuchida berilgan javob; V -tok kuchi bo‗sag‗adan 
yuqori bo‗lganda berilgan javoblar. Stimulyatsiya 
paytlari strelkalar bilan ko‗rsatilgan. 
Fiziologik eksperiment sharoitida nerv hujayrasini qo‗zg‗atishning yana bir 
usuli ham qo‗llaniladi. Nerv hujayrasining aksoni sun`iy yo‗l bilan 
ta`sirlanadi. Bu usul nerv faoliyatining mexanizmlarini analiz qilishda katta rol 
o‗ynaydi. Aksonda vujudga keluvchi harakat potensiali ta`sirlash joyidan ikki 
tomonga, periferiyaga - markazdan qochuvchi tartibda, shuningdek markazga 
intiluvchi tartibda - hujayra tanasiga tomon tarqaladi, qo‗zg‗alish tarqalishining 
bunday yo`li antidrom usul deb ataladi. 
Ortodrom usulda tarqalish bilan antidrom usulda tarqalish o‗rtasidagi tafovut 
shundan iboratki, ortodrom yo‗lda neyron membranasida harakat potentsiali 
vujudga kelishidan ilgari qo‗zg‗atuvchi postsinaptik potentsial maydonga keladi
antidrom yo‗lda esa akson bo‗ylab tarqaluvchi harakat potentsiali neyron 
membranasiga bevosita ta`sir etadi. Eksperiment sharoitida nerv hujayrasiga
bevosita ta`sir etish yo`li bilan ham uni qo‗zg‗alish holatiga keltirsa bo‗ladi (169-
rasm, B va V). Buning uchun neyronga (xujayradan tashqariga yoki xujayra ichiga 
mikroelektrod quyib) elektr stimuli beriladi yoki hujayraga turli moddalar bilan 
ta`sir etiladi. 
Neyronlar va sinapslarining funksiyalarini o‗rganish uchun nerv to‗qimasi 
g‗oyatda sezgir bo‗lgan ba`zi zaharlar va moddalar (masalan, strixnin, atsetilxolin 
va boshqalar) bilan ximiyaviy ta`sir etish usuli ham qo‗llaniladi. Avvalgi 
tadqiqotlarda 
markaziy 
nerv 
sistemasining 
tegishli 
bo‗limlaridan 
innervatsiyalanadigan periferik organlarning reaksiyalarigina neyronlarning 
qo‗zg‗alish ko‗rsatkichlari hisoblangan edi. Hozir neyronlar qo‗zg‗alishini qayd 
qilishning elektrofiziologik usullari, jumladan nerv hujayrasiga mikroelektrodlar 
kiritib, bioelektr potentsiallarini yozib olish usullari ko‗proq rasm bo‗ldi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling