Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Nazorat savollari. 
1.Neyron nima va u qanday tuzilishga ega ?. 
2. Sinapslar va mediatorlar qayrda joylashgan va u nima vazifani bajaradi ?. 
3.Sinapslarda quzg‗alishning o‗tish mehanizmini qaysi usullar orqali aniqlash 
mumkin?. 
4.Neyronlarni tekshirishning qanday usullari bor ?. 
5.Neyronlar qanday turlarga bo‗linadi ?. 
 
 
NERV SISTEMASINING REFLEKTOR FAOLIYATI. SHARTLI VA 
SHARTSIZ REFLEKSLAR. NERV MARKAZLARINING XOSSALARI. 
NERV TOLASIDAGI IMPUL’SLAR.  
Refleks tushunchasi. Bu tushunchani X1X-asrning oxirlarida fransuz 
olimi Reni Dekart fanga kiritgan.Markaziy nerv sistemasi faoliyatining asosiy va 
o‗ziga xos belgisi reflektor aktlarni yoki reflekslarni yuzaga chiqarishdir. I. P 
Pavlov bu xaqda quyidagilarni yozgan edi: "Murakkab organizm xayotida refleks 
eng muhim va eng ko‗p uchraydigan nerv hodisasidir.‖ Organizm qismlarining 
doimiy, turli va aniq, o‗zaro nisbati va butun organizmning tevarak-atrofdagi 
sharoitga munosabati refleks yordamida qaror topadi. 
Refleks tashqi yoki ichki muhit o‗zgarganda reseptorlarning ta`sirlanishiga 
javoban organizmning markaziy nerv sistemasi yordamida ko‗rsatadigan qonuniy 
reaksiyasidir. Reflekslar organizm biron faoliyatining maydonga kelishi yoki 
to‗xtashida, muskullarning qisqarishi yoki bo‗shashuvida, bezlаr sekretsiyasida 
yoki sekretsiyaning to‗xtashida, tomirlarning torayishi yoki kengayishida va 
shungа o‗xshashlarda namoyon bo‗ladi. Organizm reflektor faoliyat tufayli tashqi 
muhitning yoki o‗z ichki holatining turli o‗zgarishlariga tez reaksiya ko‗rsata oladi 
va shu o‗zgarishlarga tez moslasha oladi. Umurtqali hayvonlarda markaziy nerv 
sistemasi reflektor faoliyatining ahamiyati shu qadar kattaki, bu faoliyat qisman 
yo‗qolganda ham (nerv sistemasining ayrim bo‗laklari operatsiyada olib 
tashlanganda yoki kasallanganda) ko‗pincha chuqur nogironlik ro‗y berib, doimo 
sinchiklab parvarish qilinmagan taqdirda zarur xayotiy funktsiyalarni yuzaga 
chiqarib bo‗lmaydi. 
Markaziy nerv sistemasi reflektor faoliyatining ahamiyati I. M. Sechenov va 
I. P. Pavlovning klassik asarlarida to‗liq ochib berilgan. I. M. Sechenov 1862-


165 
yildayoq "Bosh miya reflekslari"degan shoх asarida: "Ongli va ongsiz hayotning 
hamma aktlari kelib chiqish usuli jixatidan reflekslardir" degan edi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling