Va oliy nerv faoliyati
Qo‘zg‘alishning bir tomonlama o‘tkazilishi
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sekinroq o‘tkazilish.
Qo‘zg‘alishning bir tomonlama o‘tkazilishi. Nerv markazlarining bir
qancha harakterli xossalari bor. Bu xossalar nerv markazlarini hosil qiluvchi neyron zanjirlarining tuzulishidan va nerv impulslarining sinaps orqali o‗tish xususiyatlaridan kelib chiqadi. Nerv tolasida impulslar ikki tomonga o‗tkazilishi mumkin. Markaziy nerv sistemasida qo‗zg‗alish faqat bir tomonga tarqalishi, ya`ni retseptor neyrondan oraliq neyronlar orqali effektor neyronga o‗tkazilish mumkin. Bu hodisa nerv markazlarida qo‗zg‗alishning bir tomonga o‗tkazilish qonuni deb ataladi. Nerv impulslari harakatining reflektor duga uchun harakterli yo‗nalishi shundan kelib chiqadi. Nerv markazlarida qo‗zg‗alishining bir tomonlama o‗tkazilishini quyidagi tajribada hammadan yaqqol ko‗rsatish mumkin. Hayvon orqa miyasinnng biron segmentidagi oldingi va orqa ildizlari qirqib qo‗yilib oldingi ildizdan efferent nerv tolalari, orqa ildizdan esa afferent nerv tolalari o‗tadi. Orqa ildizning markaziy uchiga elektr toki bilan ta`sir etilsa, oldingi ildizning markaziy uchidan esa elektr potentsiallari kuchaytirgich va osillografga uzatilsa, harakat potentsiallarining razryadlarini qayd qilish mumkin. Oldingi ildizga elektr toki bilan ta`sir etib, potentsiallar orqa ildizdan olib tashlansa, unda osillograf harakat potentsiallarini qayd qilmaydi buning boisi shuki, nerv impulslari sinapslar orqali faqat bir tomonga o‗tadi. Impulslarni bir tomonlama o‗tkazish shu tariqa barcha - periferik va markaz ichidagi sinapslarning umumiy xossasidir. Sekinroq o‘tkazilish. Qo‗zg‗alish nerv tolalaridagiga nisbatan nerv markazlarida sekinroq o‗tkaziladi, refleks vaqtining ya`ni retseptor ta`sirlangan 174 paytdan boshlab javob reaksiyasi yuzaga chiqquncha o‗tadigan vaqtning nisbiy uzunligi shu bilan izohlanadi. Bu vaqtni refleksning latent davri deb ham yuritishadi. Latent davr mobaynida quyidagi protsesslar ro‗y beradi: retseptorlar quzg‗aladi (A), qo‗zg‗alish markazga intiluvchi nerv tolalari orqali nerv markazlariga o‗tkaziladi (B), qo‗zgalish markaziy nerv sistemasining ichida bir xil neyronlardan ikkinchi xil neyronlarga o‗tkaziladi (V), qo‗zg‗alish markaziy nerv sistemasidan markazdan qochuvchi neyronlarga o‗tkaziladi (G), qo‗zg‗alish nervdan organga o‗tkaziladi va shu organ faoliyatining latent davri boshlanadi (D). Shunday qilib, refleks vaqti (R) shu barcha protsesslar uzunligining yig‗indi ifodasidan iborat: R=A + B + V+G+D. Markaz ichida qo‗zg‗alishning afferent neyrondan efferent neyronga o‗tkaziladigan vaqti (V) refleksning chin, yoki markaziy vaqti deb ataladi. Bu vaqtni aniqlash uchun yuqorida aytilgan boshqa barchа protsesslarga sarf qilingan vaqtni refleksning umumiy vaqtidan chegirib tashlash zarur: V=R-(A+B+G+D). Odamda pay reflekslarining, masalan tizza refleksining vaqti hammadan kamroq; u atigi 0,0196-0,0238 sekundni tashkil etadi. Bu reflekslarning markaziy vaqti 0,003 sekundga teng. Ko‗z qovog‗iga ta`sir etilganda yoki ko‗zga ravshan yorug‗lik tushganda paydo bo‗ladigan ko‗z yumish refleksining vaqti uzunroq, u 0,05-0,2 sekundni tashkil etadi. Shu refleksning markaziy vaqti 0,036-0,186 sekundga teng ichki organlar, qon tomirlari va ter bezlarining reflektor reaksiyalar vaqti hammadan uzunroq. Bu organlarga impulslar vegetativ nerv sistemasi orqali o‗tadi. Masalan, teri tomirlarining kengayishi natijasida teri qizarish refleksining umumiy vaqti 20 sekundni tashkil etadi va undan ham oshadi. Vegetativ reflekslar vaqtining bunday uzunligiga sabab refleks vaqtining uzunligigina emas, periferik effektor organning sekin javob qaytarishi hamdir. Refleks vaqti ta`surot kuchiga va markaziy nerv sistemasining holatiga bog‗liq. Ta`surot kuchli bo‗lganda refleks vaqti kuchsiz ta`surotdagiga nisbatan kaltaroq bo‗ladi. Charchaganda esa refleks vaqti uzayadi. Nerv markazlarining qo‗zg‗aluvchanligi oshganda refleks vaqti ancha qisqaradi. Markaziy nerv sistemasida qo‗zg‗alishning sekinroq o‗tkazilishi qo‗zg‗alishning sinapslar orqali o‗tish xususiyatlaridan kelib chiqadi. Yuqorida aytilganidek qo‗zg‗alishning sinaps orqali o‗tishi quyidagi uch asosiy protsessdan iborat: 1) nerv oxiri o‗ziga akson orqali kelgan impulsga javoban mediator ishlab chiqaradi; 2) mediator sinaps yorig‗i orqali postsinaptik membranaga diffuziyalanib o‗tadi; 3) shu mediator ta`sirida qo‗zg‗atuvchi postsinaptik potentsial vujudga keladi. Nerv oxiriga impuls kelgan paytdan boshlab, to qo‗zg‗atuvchi postsinaptik potentsial kelib chiqa boshlaguncha taxminan 0,5 msek o‗tishi aniq o‗lchab aniqlanadi. 175 Nerv oxiridan mediator ajralib chiqishi postsinaptik membranaga diffuziyalanib o‗tishi uchun shuncha vaqt ketadi vaqt sinapsda kechikish deb ataladi. Postsinaptik potentsial kelib chiqqan paytdan tortib, to cho‗qqi potentsiali paydo bo‗lguncha yanа 1,5 -2 msek vaqt o‗tadi. Bu vaqt qo‗zg‗atuvchi postsinaptik potentsial kritik miqdorga ko‗tarilishi uchun zarurdir. Shunday qilib, qo‗zg‗alishning bir sinaps orqali o‗tishi uchun hammasi bo‗lib 2-3 msek vaqt ketadi.Shunga asoslanib, nerv impulsini markaziy nerv sistemasiga o‗tkazuvchi sinapslar miqdorini aniqlash mumkin. Masalan, aksari pay-muskul reflekslarining, jumladan tizza refleksining markaziy vaqti odamda taxminan 3 msek ni tashkil etgani uchun bu reflekslar dugasi tarkibiga faqat bitta sinaps (to‗g‗risi parallel ulangan bir qator sinapslar) kiradi, deb hisoblashadi. Shuning uchun ham bundan reflekslarga monosinaptik reflekslar deb nom berilgan. Boshqa reflekslardan aksariyatining dugasi, yuqorida aytilganidek kamida 2 - 3 sinapsdan yoki shu sinaps qotorlaridan iborat. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling