Va oliy nerv faoliyati


Ba`zi zaharlarning markaziy nerv sistemasiga spetsifik ta`siri


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Ba`zi zaharlarning markaziy nerv sistemasiga spetsifik ta`siri. Nerv 
hujayralari va sinapslar ba`zi zaharlarga nisbatan tanlab sezuvchan bo‗ladi. 
Shuning uchun bu zaharlarni nerv zaharlari deb atashadi. Ularga ximiyaviy 
tuzilishi har xil bo‗lgan juda ko‗p moddalar: strixnin, morfin, fenamin, kardiazol, 
narkotik moddalar (efir, xloroform, barbito‗ratlar va xokazo), alkogol va boshqa 
ko‗pgina moddalar kiradi. 
Markaziy tormozlanish hodisasini I. M. Sechenov! 1862- yilda kashf 
etgan. I. M. Sechenovning asosiy tajribasi qo‗yidagicha edi. Baqa bosh miyasi 
ko‗ruv dumboqlari sohasidan tilinib, katta yarimsharlari olib tashlandi. Shundan 
so‗ng baqaning keyingi oyoqlarini sulfat kislotaga botirib, shu oyoqlarni tortib 
olish refleksining vaqti o‗lchandi (Tyurk metodikasi). Ana shu refleks orqa miya 
markazlarida 
yuzaga 
chiqadi, 
bu 
refleks 
vaqti 
nerv 
markazlarining 
qo‗zg‗aluvchanligini ko‗rsatib beradi (37-rasm).


179 
37-rasm. Baqaning bosh miyasi va I. M. Sechenov tajribasida bosh miyani
kesish chizig‗i. 1 - hidlov nervi; 2 - hidlov bo‗lagi; 3 - katta yarimsharlar; 4 – 
ko‗ruv dumbog‗i; 5 - bosh miyani kesish chizig‗i; 6- ikki tepalik; 7 - miyacha; 8 - 
uzunchoq miya va rombsimon chuqurcha. 
Ko‗ruv dumboqlarining qirqilgan joyiga osh tuzi kristali qo‗yilsa yoki 
miyaning shu sohasiga kuchsiz elektr toki bilan ta‘sir etilsa, refleks vaqtining 
keskin darajada uzayib ketishini I. M. Sechenov aniqladi. Shu faktga asoslanib, I. 
M. Sechenov bosh miyasining talamus sohasida orqa miya reflekslarini 
tormozlovchi nerv markazlari bor, degan xulosaga keldi. I. M. Sechenov o‗zi kashf 
etgan markaziy tormozlanish hodisasining muhim ahamiyati borligiga to‗g‗ri baho 
berdi va nazariy asarlarida odam xulq-atvorining fiziologik mexanizmlarini 
tushuntirish uchun shu hodisadan foydalandi. 
Markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish hodisasini isbotlab beradigan 
yangi faktlar tez orada topildi. Baqaning keyingi oyog‗ini kislota eritmasiga 
botirishga javoban o‗sha oyoqni tortib olish refleksini to‗xtatib qo‗yish uchun 
ikkinchi oyoqni bir vaqtning o‗zida mexanik yo‗l bilan ta`sirlash, masalan, pintset 
bilan qisish mumkin ekanligini Golts ko‗rsatib berdi. Baqa tanasining devorlari 
bosilganda kuzatiladigan va qo‗llash refleksini to‗xtatish uchun oyoqlariga ta`sir 
etish mumkinligini ham F. Golts aniqladi. 
F. Golts baqalarning talamus soxasi olib tashlangandan keyin ham orqa miya 
reflekslarining tormozlanishini kuzatdi va shu sababli miya stvolida tormozlovchi 
maxsus markazlar bor degan tasavvurga qarshi chiqdi. Turli reflekslarni yuzaga 
chiqaradigan ikki yoki bir necha ta`sirot o‗zaro duch kelganda markaziy nerv 
sestemasining har qanday bo‗limida tormozlanish hodisasi kelib chiqishi mumkin, 
deb hisobladi Golts. Tormozlanish hodisasi markaziy nerv sestemasidagi barcha 
bo‗limlar faoliyatida muhim rol o‗ynashini Ch. Sherrington, N. E. Vvedenskiy, A. 
A. Uxtomskiy va boshqa ko‗pgina tadqiqotchilar ko‗rsatib berishdi. Sut emizuvchi 
hayvonlarning orqa miyasida qo‗zg‗alish va tormozlanish protsesslarining o‗zaro 
ta`sir etish qonuniyatlarini har tomonlama o‗rgangan Ch. Sherrington asarlaridan 
markaz ichidagi tormozlanish mo‗jizasining ba`zi misollarini keltiramiz. 


180 
38-rasm Chap rasmda: 1 - vaqt belgisi; 2 - muskul qisqarishi; 3 – 
poplitiusga ta`sir etish belgisi, shu ta`sirot natijasida muskul refleks yo`li
bilan kistsargan (A) va bu qisqarish refleks yo`li bilan tormozlangan (B).
O‗ng rasmda: 1-muskul qisqarishining yozuvi; 2 - bir nomli tomonning oyoq
terisiga ta`sir etish belgisi; 3 - qarama-qarshi tomonning oyoq terisiga ta`sir etish
belgisi; 4 - vaqt belgisi (1/2 sekund). 
Tizzani yozuvchi muskul refleks yo`li bilan qisqarishi uchun qarama-
qarshi tomonning oyoq terisiga ta`sir etish ham mumkin (kesishuvchi yozish 
refleksi). Bir nomli tomonning oyoq terisi qattiq ta`sirlansa, markazlarda 
tormozlanish hodisasi kelib chiqqani sababli shu muskul refleks yo`li bilan 
bo‗shashib qoladi (178-rasm). Bir nomli tomonning nerviga ta`sir etib, mushuk 
oyog‗ida yuzaga chiqarilgan bukish refleksi simmetrik tomonning nervi yoki terisi 
ta`sirlanganda tormozlanib qoladi 
Reflektor tormozlanish intensivligi nerv markazini qo‗zg‗atuvchi yoki 
tormozlovchi ta`sirotlarning kuch nisbatiga bog‗liq. Refleksni yuzaga chiqaradigan 
ta`sirot kuchli bo‗lsayu, tormozlovchi ta`sirot sust bo‗lsa, tormozlanish intensivligi 
kam bo‗ladi. Bu ta`sirotlarning kuch nisbati qarama-qarshi bo‗lsa, refleks batamom 
tormozlanadi. Nerv markazini tormozlovchi bir necha kuchsiz ta`sirot nervga 
berilishi tormozlanish kuchayib keladi, ya`ni tormozlovchi ta`sirlar bir-biriga
qo‗shiladi (summatsiya). 
Bosh miya katta yarimsharlari po‗stlog‗idagi tormozlanish hodisasi E. 
Vvedenskiy kuzatgan. Uning tajribalarida birinchi yarimshar pustlog‗idagi
harakatlantiruvchi zonaning ma`lum bir nuqtasiga ta`sir eta turib (shuning 
natijasida gavdaning qarama-qarshi tomondagi oyoqlardan biri bukilgan), ikkinchi 
yarimshar po‗stlog‗ining simmetrik nuqtasiga ta`sir etilgan. Natijada birinchi 
ta`sirot effekti tormozlanishidan (bukilgan oyoq yozilgan)to‗xtaydi. 


181 
39-rasm. 
Tormozlovchi 
postsinaptik 
potentsial 
(TPSP) 
va 
uning 
qo‗zg‗atuvchi postsinaptik potentsial (KX1SP) bilan o‗zaro ta`siri. A-son to‗rt 
boshli muskulnnnng afferent nerviga ta`sir etilganda (*) son ikki boshli 
muskulining motoneyronidagi TPSP. B va V - tormozlovchi ta`-sirotga (+) 
qo‗zg‗atuvchi stimul
( + ) qo‗shilishi; qarama-qarshi yo‗nalgan TPSP bilan KPSP bir-biriga 
algebrik qo‗shiladi. Stimullar (5) o‗rtasidagi interval kalta bo‗lganda QPSP 
depolyarizatsiyaning kritik darajasiga yetmaydi (punktir chiziq bilan ko‗rsatilgan) 
va harakat potentsiali yuzaga chiqmaydi. Ta`sirotlar (V) o‗rtasidagi interval 
uzayganda TPSP kamayadi va KPSP harakat potentsialini vujudga keltiradi 
(rasmda karakat potentsialining uchi ko‗rsatilmagan). 
Shartli reflekslarning tormozlarini o‗rgangan va oliy nerv faoliyati bilan 
organizm xulq-atvorining hamma ko‗rinishlarida tormozlanish hodisasining 
muhim ahamiyati borligini ko‗rsatib bergan I. Pavlov markaziy tormozlanish 
haqidagi ta`limotga juda katta hissa qo‗shdi. Markaziy tormozlanish mexanizmi 
haqidagi masalada sirtdan qarashda poyma-poy tuyiladigan har xil fikrlar bayon 
qilinib kelgan.
Ba`zi tadqiqotchilar markaziy nerv sistemasida tormozlanish funksiyasiga 
ixtisoslashgan alohida strukturalar bor, deb faraz qilar va tormozlanish fizik-
ximiyaviy tabiati qo‗zg‗alishga qarama-qarshi deb o‗ylar edilar. Boshqa 
tadqiqotchilar markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish bir necha qo‗zg‗alishning 
konflikta natijasida yoki haddan tashqari kuchli va uzoq qo‗zg‗alish (o‗tа 
qo‗zg‗alish ") natijasida ro‗y beradi. 
J- Ekkls, D. Purpura, II. G. Kostyuk va boshqa tadqiqotchilarning zamonaviy 
elektro fiziologik tekshirishlari tadqiqotchilarning ikkala gruppasi ham bir qadar 
haqli ekanligini aniqlashda imkon berdi, chunki markaziy nerv sistemasida 
tormozlanishning bir necha turi bor, bu turlar tabiati va lokalizatsiyasi jihatdan har 
xil bo‗ladi. 


182 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling