Va oliy nerv faoliyati


Postsinaptik tormozlanish


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Postsinaptik tormozlanish. Orqa miyadagi kabi, bosh miyaning turli 
bo‗limlarida ham qo‗zg‗atuvchi neyronlar bilan birga tormozlovchi neyronlar ham 
borligi hozir aniq. Bu neyronlarning aksonlari qo‗zg‗atuvchi hujayralarning 
tanalarida va dendritlarida nerv oxirlarini hosil qiladi, bulardan esa tormozlovchi 
maxsus mediator ishlanib chiqadi, ana shu mediatorning tabiati uzil-kesil 
aniqlangan emas (ba`zi tadqiqotchilarning fikricha, tormozlovchi mediator gamma-
amino-moy kislotadan iborat). Tormozlovchi neyronlar qo‗zg‗alganda paydo 
bo‗ladigan nerv impulslari odatdagi qo‗zg‗atuvchi neyronlarning harakat
potentsiallaridan farq qilmaydi.
Ammo tormozlovchi neyronlarning nerv oxirlarida akson orqali 
keluvchi impuls ta`sirida mediator ajralib chiqadi, bu mediator esa postsinaptik 
membranani depolyarizatsiyalamay, balki aksincha, giperpolyarizatsiyalaydi. Ana 
shu giperpolyarizatsiya tormozlovchi postsinaptik potentsial degan musbat elektr 
zaryadli to‗lqin shaklidа qayd qilinadi (179-rasm). Qo‗zgatuvchi potentsiallar kabi, 
ayrim sinapslarda yuzaga keladigan tormozlovchi potentsiallar ham masofada va 
ketma-ket o‗zaro qo‗shilishi mumkin; shuning uchun nerv markazlarini 
tormozlaydigan ta`sirotlar kuchi oshganda tormozlovchi potentsial ham oshadi. 
Har bir nerv hujayrasida qo‗zg‗atuvchi va tormozlovchi sinapslar ko‗p bo‗lib, bir-
biriga zich taqalib turadi. Bu esa sinapslarning o‗zaro ta`sir etishi uchun sharoit 
tug‗diradi. 
Tormozlovchi postsinaptik potentsial qo‗zg‗atuvchi potentsialni susaytiradi 
va shu tariqa tarqaluvchi qo‗zg‗alish vujudga kelishi uchun zarur shartning 
muxayyo bo‗lishiga, ya`ni membrana depolyarizatsiyasining kritik darajaga 
yetishiga to‗sqinlik qiladi. Shu sababli biron afferent nervni ta`sirlab tormozlanish 
hodisasini yuzaga chiqaradigan ta`sirot qo‗zg‗atuvchi stimuldan vaqt e`tibori bilan 
birmuncha ilgari kelsa, nerv hujayrasida harakat potentsiali yuzaga chiqmaydi. 
Tormozlovchi ta`sirot qo‗zg‗alish boshlangan vaqtda, ya`ni nerv impulslarining 
ritmik razryadlari yuzaga chiqqan vaqtda qo‗llanilsa, bu impulslar siyraklanib 
qoladi yoki taqqa to‗xtaydi (28-rasm). Hujayraning tormozlanish effektivligi 
qo‗zg‗atuvchi potentsial bilan tormozlovchi potentsial miqdorlari o‗rtasidagi 
nisbatga va reaksiyaga tortilgan qo‗zg‗atuvchi sinapslar bilan tormozlovchi 
sinapslar soniga bog‗liq. 
Qo‗zg‗atuvchi 
potentsial 
bo‗sag‗adan 
yuqori 
miqdorda 
bo‗lsa-yu, 
tormozlovchi potentsial kam bo‗lsa, qo‗zg‗atuvchi potentsial susayishiga qaramay, 
neyron membranasining kritik depolyarizatsiyasi vа tarqaluvchi qo‗zg‗alish kelib 
chiqishi uchun baribir yetarli bo‗lib chiqishi mumkin tormozlovchi potentsial 
kuchayganda neyron membranasining depolyarizatsiyasi qo‗zg‗atuvchi stimul 
ta`sirida kritik darajaga yeta olmaydi. 


183 
Tormozlovchi postsinaptik potentsial miqdori vaqt e`tibori bilan tez kamayadi 
(yakka ta`sirotda bu potentsial uzunligi 10 msek dan oshmaydi), shu sababli 
qo‗zg‗atuvchi va tormozlovchi stimullar o‗rtasidagi interval oshganda
tormozlanish effekti kamayadi. Refleks qancha kuchli bo‗lsa, ya`ni shu 
refleksning yuzaga chiqishida qancha ko‗p nerv hujayrasi qatnashsa, bunday 
refleksni susaytirish uchun tormozlovchi ta`sirot o‗shancha kuchli bo‗lishi
kerak. 
40-rasm. Aksonlarning presinaptik tarmoqlarida tormozlovchi
sinapslarning joylashuvi (sxema). N - 1 tola orqali keluvchi afferent impulslar 
ta`sirida qo‘zg‘aladigan neyron; T-1 tolaning presinaptik tarmoqlarida 
tormozlovchi sinapslarni hosil qiladigan neyron; 2 - tormozlovchi neyron (t) 
aktivligini vujudga keltiradigan afferent tolalar. 
Tormozlanishning hozir ko‗zdan kechirilgan turi postsinaptik tormozlanish 
deb ataladi, chunki u postsinaptik membrana giperpolyarizatsiyasidan kelib 
chiqadi. Postsinaptik tormozlanishning farq qiladigan xususiyatlaridan biri shuki, u 
tormozlovchi sinapslarni blokada qiladigan strixnin ta`sirida barham topadi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling