Va oliy nerv faoliyati


Oqsillar, nuklein kislotalar va modda almashinuvidagi ba`zi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Oqsillar, nuklein kislotalar va modda almashinuvidagi ba`zi 
jarayonlarning fiziologik ahamiyati.  Bir organizmning va har xil turga mansub 
hayvonlarning turli organ, to‗qima, hujayralarida ro‗y beradigan ximiyaviy 
o‗zgarishlar bir xil emas, ularning fiziologik ahamiyat ham turlicha. Hujayra va 
butun organizmning hayot faoliyatida rol o‗ynaydigan muayyan ximiyaviy 
birikmalarning hosil bo‗lishi sintetik protsesslar tirik organizmlar har xil 
turlarining turli to‗qima, organ, hujayralariga hammasi uchun umumiy va faqat 
ba`zilari uchun uziga xos protsesslar hisoblanadi. 
Turlar evolyutsiyasi va organizmlarning individual rivojlanishi morfologik 
o‗zgarishlardagina emas, funksiyalarning filogenezi bilan ontogenezi zaminidagi 
bioximiyaviy o‗zgarishlarda ham namoyon bo‗ladi (bioximiyaviy evolyutsiya). 
Forma hosil bo‘lish protsesslari, ya`ni organizmning o‗sishi va rivojlanishi, 
hujayralarining differentsiallanishi modda almashinuv protsesslarining muayyan 
yo‗nalganligi bilan ta`riflanadi. Hujayralar yadrosi bilan protoplazmasining 
mikrostrukturalarida, 
organellalarida 
ro‗y 
beradigan 
molekulyar 
va 
intramolekulyar fizik-ximiyaviy protsesslardagi tafovutlar ularning hayot faoliyat 
xususiyatlariga, funktsiyalariga chambarchas bog‗liq. Hujayralar haqida ulardagi 


142 
modda almashinuvida oqsillar bilan nuklein kislotalarning biologik ahamiyati 
kattaroq, hayotning boshqa hamma belgilari shu moddalarga bog‗liq. 
So‗nggi yillarda hujayralar yadrosi bilan protoplazmasi tarkibidagi 
nuklein kislotalarni o‗rganish katta ilmiy kashfiyotlarga olib keldi, organizm 
oqsillarining sintezlanishida va irsiy xossalarning o‗tishida nuklein kislotalarning 
qanday ahamiyat borligi aniqlandi,Hujayra yadrosining nuklein kislotasi - 
dezoksiribonuklein kislota DNK) va protoplazmaning nuklein kislotasi - 
ribonuklein kislota (RNK) hujayraning eng murakkab makromolekulalaridir. Bular 
birtalay mononukleotidlardan iborat bo‗lib, polimerlar - polinukleotedlar 
hisoblanadi. DNK molekulasida kamida 10 000 manonukleotid bor. 
Mononukleotid molekulasining negizi fosfot kislota bilan besh uglerodli qand 
(DNK 
molekulasida 
dezoksiriboza 
va 
RNK 
molekulasida 
riboza)ning 
navbatlanuvchi qoldiqlaridan tuzilgan. Uglevod qoldiqlariga yon zanjirlarni hosil 
qiluvchi azotli asoslar: adenin, guanin, sitozin va timin (DNK molekulasida) yoki 
adenin, sitozin va uratsil (RNK molekulasida) birikkan.
Mononukleotidda shu to‗rtta asosning har xil kombinatsiyalaridan 
polinukleotidlarning juda turli-tuman strukturalari vujudga keladi. Krik bilan 
Uotsonning rentgenostruktura tadqiqotlari (rentgen nurlarining diffraktsiyasini 
tekshirish) shuni ko‗rsatdiki, DNK molekulalari bir-biriga chirmashadigan va shu 
tariqa qo‗shaloq spiral hosil qiladigan ikkita uzunchoq zanjirdan iborat. DNK 
strukturasi tirik organizmlarning har bir turi uchun spetsifik bo‗ladi.U DNK 
molekulasining tuzilishi RNK strukturasini belgilab beradi, bu birikmaning 
strukturasi esa hujayralar protoplazmasida sintezlanadigan oqsil molekulalarining 
tuzilishini, ya`ni oqsil tarkibiga kiradigan aminokislotalarning joylashuv tartibini 
belgilab beradi. DNK ning rolini imorat loyixasini tuzib beradigan arxitektorning 
roliga, RNK ning rolini esa ayrim g‗ishtlardan imorat qouruvchi binokor 
injenerning ishiga tenglashtirishadi. 
Ko‗pchilik biologlar DNK ga genetik axborot egasi, ya`ni o‗z strukturasi 
bilan organizmning irsiy xossalarini belgilab beradigan modda deb qarashadi. Irsiy 
xossalar DNK molekulasidagi asoslarning joylashuv tartibida kodlangan; 
rivojlanayotgan embrion organlarining hujayralarida oqsillar va fermentlar 
sintezining irsiyatda mustahkamlanib qolgan xususiyatlari DNK molekulasidagi 
asoslarning joylashuv tartibiga bog‗liq. Bu tadqiqotlar K. A. Timiryazev va boshqa 
taniqli biologlar orzu qilganidek "organik formalarni yashash" mumkin bo‗ladigan 
zamonni yaqinlashtirmoqda. Xozirning o‗zidayoq bakteriyalarning bir shtamidan 
ikkinchisiga DNK ko‗chirib, bir shtamni ikkinchisiga, ya`ni bir turni ikkinchi turgа 
aylantirish mumkin bo‗lib qoldi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling