Va oliy nerv faoliyati


Modda va energiya almashinuvi organizm faoliyatining asosiy funksiyasi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Modda va energiya almashinuvi organizm faoliyatining asosiy funksiyasi. 
Modda almashinuv protsesslari turli moddalarning tashqi muhitdan organizmga 
kirishi, 
o‗zlashtirilishi, o‗zgarishi va hosil bo‗lgan tashlandiqlarning 
chiqarilishidan iborat. Organizmda moddalar o‗zgaradigan shu protsesslarda 
ko‗pgina turli ximiyaviy, mexanik termik va elektr xodisalari ro‗y beradi, energiya 
beto‗xtov o‗zgaradi, murakkab organik birikmalar parchalanganda ularning 
potentsial energiyasi bo‗shab chiqib, issiqlik mexanik elektr energiyasiga aylanadi. 
Issiqlik energiyasi va mexanik energiya asosan organizmda yuzaga chiqadi. 
Organizmda elektr energiyasi juda oz bo‗shab chiqadi, ammo u nerv 
sistemasining funktsiyalarida muhim fiziologik ahamiyatga ega. Potentsial 
ximiyaviy energiya ba`zi organizmlarda yorug‗lik energiyasiga ham aylanadi. 
Organizmda bo‗shab chiqadigan energiya gavda temperaturasini saqlash va 
tashqi ish bajarishgа sarf bo‗lishdan tashqari, hujayralarning strukturasi va xayot 
faoliyatini saqlashda, ularning o‗sishi vа rivojlanishi bilan bog‗langan 
protsesslarda ham foydalaniladi. Hayvonlar organizmi parchalanuvchi turli 
moddalarni va talaygina energiyani doim sarflab turadi. Shu sababli u murakkab 
organik birikmalar bo‗lgan ovqatga extiyoj sezadi, bu birikmalar esa plastik 
material va energiya manbai hisoblanadi. 
Moddalar almashinuvi va energiya o‗zgarishi bir-biridan ajratib bo‗lmaydigan 
protsesslardir. Energiya almashinmasa, modda o‗zgarmaydi va moddalar 
almashinmasa, energiya almashinmaydi. Organizmda ro‗y beradigan energetik 
protsesslar natijasida ko‗proq issiqlik hosil bo‗ladi. Organizmda bo‗shab chiqqan 
issiqlik energiyasini aniqlab, tashqi ish bajarishga ketadigan mexanik energiyani 
issiqlik birligiga aylantirib hisob qilib, organizmning qancha energiya sarflaganini


140 
aniqlash va almashinuv protsesslari nechog‗lik intensiv ekanligini bilish mumkin. 
Xozirgi zamon fiziologiyasi energetika ma`lumotlaridan, termodinamikaning 
nazariy asoslaridan va biologik protsesslarni o‗rganish uchun termodinamikaning 
tadqiqot metodlaridan keng foydalanadi. Tadqiqotda bunday yo‗l tutish 
mumkinligining boisi shuki, tirik organizmda modda va energiya almashinuv 
protsesslari tabiiyotning eng buyuk qonuni - materiya va energiyaning saqlanish 
qonuniga muvofiq sodir bo‗ladi. 
Tirik organizmda materiya va energiya yaratilmaydi va yo‗qolib ketmaydi, 
ular faqat o‗zgaradi, yutiladi va ajralib chiqadi. Buni isbot etadigan dastlabki 
eksperimental dalillarni 1781 yildayoq A. L. Lavuaz'e bilan P. S. Laplas olishgan. 
Ular muz kalorimetrda dengiz cho‗chqasi sarflagan issiqlik miqdorini aniqlashgan. 
Ayni vaqtda xayvonning karbonat angidrid chiqarishi tekshirildi, bu esa 
organizmda oksidlangan uglerod (karbon) miqdorini bilishga imkon berdi. So‗ngra 
Lavuaz'e bilan Laplas kalorimetrda ko‗mir yonganda bo‗shab chiqadigan issiqlik 
energiyasi miqdorini aniqlashdi, bu miqdor xayvon gavdasida oksidlangan uglerod 
miqdoriga mos keladigan bo‗ldi. Kalorimetrda ikki turdagi tekshirish natijalari bir 
xil bo‗lib chiqdi. Organizmda energiya bo‗shab chiqishi oksidlanish
protsesslarining oqibati ekanligi isbot etildi. 
Lavuaz'e bilan Laplasning xulosalari qayta-qayta tekshirib ko‗rildi, shu bilan 
birga tobora mukammalroq tadqiqot texnikasi tatbiq etildi va nazariy ahamiyati 
jihatdan o‗xshash natijalar olinaverdi. M. Rubner itlar ustida tajribalar qilib va U. 
Etuoter odamlar ustida tadqiqotlar o‗tkazib, ayniqsa ravshan ma`lumotlar olishdi. 
Eksperiment g‗oyat murakkabligiga qaramay, muayyan oziq moddalar organizmda 
oksidlanganda ham, organizmdan tashqarida yoqilganda ham ajralib chiqadigan 
issiqlik energiyasi miqdori tahsin olarlik darajada bir-biriga mos kelishini 
tadqiqotchilar aniqlashdi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling