O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali
Download 239.41 Kb.
|
pirometal slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Sulfidlarning oksidlanish mexanizmi va kinetikasi Reja
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALIMUSTAQIL ISH Mavzu: Sulfidlarning oksidlanish mexanizmi va kinetikasi. Bajardi: 1 as-19 met guruh talabasi Abduvaitov Islomjon Qabul qildi: Mirzavaliyev Doston Mavzu: Sulfidlarning oksidlanish mexanizmi va kinetikasi Reja1. Sul’fidlarning oksidlanish kinetikasi va mexanizmi.2. Eritmadagi sul’fidlarni oksidlanishining ajralib turadigan xususiyatlari.3. Xulosa.4. Foydalangan adabiyotlar.Sulfidlarni oksidlanishi reaksiya davomida katta hajmda issiqlik ajralib chiqadigan geterogen ekzotermik jarayondir. Issiqlik kimyoviy reaksiyaning bo‘lim chegarasida ajralib shiqadi. Har bir sulfidning o‘ziga xos alanga olish harorati bor. Issiqlik ajraladigan reaksion hududning harorati gazli oqim va atrof muhitning haroratlaridan farq qiladi. Vaqt birligida ajraladigan issiqlikning soni kimyoviy reaksiyaning tezligi bilan aniqlanadi. Reaksion hududdan issiqlikning tarqalishi issiqlik o‘tkazish sharoitlariga bog‘liqdir. Issiqlik o‘tkazishning tezligi sulfid sirtining harorati va gazli oqim markazidagi haroratlar orasidagi ayirmaga to‘g‘ri proporsionaldir.Reaksion hududdan issiqlikning tarqalishi issiqlik o‘tkazish sharoitlariga bog‘liqdir. Issiqlik o‘tkazishning tezligi sulfid sirtining harorati va gazli oqim markazidagi haroratlar orasidagi ayirmaga to‘g‘ri proporsionaldir.G=a(-(-)tI - sulfid sirtini harorati;t2 - gaz oqim markazini harorati;a va v doimiyliklar.Ma’lum sharoitlarda, vaqt birligida ajralib chiqayotgan issiqlikning soni –Q1, modda hajmiga tarqalayotgan issiqlik sonidan -Q2 ko‘proq bo‘ladi. Q1>Q2 tengsizlik sulfidning alanga olish sharoitlariga javob beradi. SHu haroratga etishishi bilan berilgan oqim tezligida oksidlanish shunday tez ketadiki, ajralib chiqqan issiqlik modda massasining tez isitilishiga va reaksion moddaning hamma jinsi bo‘yicha o‘z-o‘zidan tarqalishiga etarli bo‘ladi. Sulfidlarning alanga olish harorati bir qator omillarga bog‘liqdir: sulfidlarning tuzilish xususiyatlari, tarkiblanish darajasi, dislokatsiya miqdorligi va sirtidagi boshqa zarracha o‘lchami, issiqlik singdiruvchanligi, oksidlanayotgan modda va jarayon mahsulotlarining zichligi va boshqa fizik-kimyoviy xususiyatlari. Sulfidlarning mayda zarrachalari past haroratda alanga oladi. Sulfidning issiqlik o‘tkazish va zichligi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha uning alanga olish harorati baland bo‘ladi.Download 239.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling