Va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili o`qish matematika tabiiyot
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari
Download 69.83 Kb.
|
dts
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: A1 mavjud axborot manbalaridan eshittirishlarni tinglab tushunib va gapirib bera olish; o‘z yoshiga mos kitoblarni, gazeta va jurnallarni tanlay olish va kutubxonadan foydalana olish; kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar (oddiy tabriknomalarni yoza olish) bilan ishlay olish. A1+ axborot manbalardan (turli badiiy adabiyotlardan) oqilona foydalana olish va ulardan xulosa chiqarish. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A1 o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlay olish; o‘z xatosini tushunib, tuzatishga harakat qilish; turli janrdagi (ertak, masal, hikoya va she’rga doir) kitoblarni muntazam o‘qib-o‘rganib borish va bilimini oshirish; yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish va yaxshi fazilatlarni o‘zida aks ettirish. A1+ o‘zini nazorat qilish; og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho berish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A1 davlat ramzlarini bilish; o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini bilishi va unga rioya qilish; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish. A1+ sinfda va oilada o‘z o‘rniga ega bo‘lish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: A1 orasta kiyinish, yurish turishda kattalardan o‘rnak olish; milliy bayramlarni bilish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish. A1+ o‘z uyi, maktabi, turar mahallasini qadrlash. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompentensiyasi: A1 maktabga kelib ketadigan vaqtni bilish; tejamkorlikka rioya qilish; kundalik rejalarini tuza olish. A1+ ehtiyoji uchun kerak bo‘ladigan narsalardan (o‘quv qurollari, kiyim-kechagi va h.k.) tejab foydalanish. Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi. Download 69.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling