Va terrorizmga
Xorijiylikning kelib chiqishi
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari
Xorijiylikning kelib chiqishi. Xalifa Ali (r.a.) bilan Muoviya
o‘rtasidagi tuzilgan bitimdan Kufa yaqinida turgan 12 ming kishi dan iborat qo‘shinning bir qismi norozi bo‘ldi. Ular «hukm chiqa rish faqat Allohning qo‘lidadir», degan shior bilan qo‘shinni tark etib, Kufa yaqinidagi Harura qishlog‘iga ketdilar. Bu firqaning Ku fadagi «xuruj» (bo‘ysunmaslik) voqeasi ularning «xavorij» (qarshi chiquvchilar) nomini olishlariga sabab bo‘ldi. Bu voqea Harura 20 qishlog‘ida yuz berganligi bois avvaliga ularni «haruriy lar» deb ham ataganlar. Ular o‘zlarini «shurot» (jonlarini Alloh yo‘lida tikkan kishilar) deb nomlaganlar. Yana ularning «Muhakkima» («hukm Allohning qo‘lida» deguvchilar) degan nomlari ham bo‘lgan. Xavorijlar o‘zlariga Abdulloh ibn Vahb arRosibiyni amir etib saylab, Ali (r.a.) va Muoviyani yo‘q qilish payiga tushdilar. Xali fa Ali (r.a.)ni 660yilda xorijiy Abdurrahmon ibn Muljam o‘ldir gach, xavorijlar ikki firqaga bo‘linib, biri Iroqda qoldi, ikkinchisi Arabiston yarim oroliga ketdi. Umaviylar davrida xavorijlarga qarshi keskin kurash olib borildi. Chunki ular Umaviylar davlati ga katta xavf solardilar. Bu davrda xavorijlar kuchayib, Kirmon, Fors, Yamoma, Hadramavt, Toif va Yaman kabi shahar hamda o‘lkalar ni egalladilar. Hokimiyat Umaviylardan Abbosiylar sulolasi (749–1258) qo‘li ga o‘tganidan keyin ham bu toifa bir muddat o‘z kuchini yo‘qot madi. Biroq Abbosiylar uzoq vaqt ularga qarshi uzluksiz olib bor gan kurashlaridan so‘nggina xavorijlar inqirozga yuz tutdi. Xavorijlar ta’limotlari asosi quyidagilardan iborat: – ular gunohkorni «kofir» deb e’lon qildilar. Shunga ko‘ra xalifa Usmon (r.a.)ni Abu Bakr (r.a.) va Umar (r.a.) yo‘lidan yur magani uchun kofir deyishadi. Ali (r.a.), Muoviya, Abu Muso alAshhariy, Amr ibn alOslar muxolif guruhlarda qatnashgan lari uchun ular nazdida kofirlar; – «zolim» podshohga qo‘lda qilich bilan qarshi chiqishni diniy vazifa (vojib) deb biladilar. O‘z e’tiqodini yashirish tamoyi li (taqiya) rad etadilar. O‘zlari harbiy jihatdan zaif bo‘lsalar ham, qudratli «zolim» podshohga qarshi chiqish vojib bo‘laveradi, deb hisobladilar; – xalifalikka har qanday odam, Quraysh qabilasidan yoki arab bo‘lishligidan qat’i nazar, musulmonlar tomonidan saylani shi mumkin. Xalifalik, shialar aytganidek, ma’lum jamoat (sulo la) ichida cheklanmagan; – namoz, ro‘za, zakot va boshqa amallarni imonning bir bo‘lagi, deb hisoblaydilar. Kishi to barcha amallarni bajarma 21 guncha, dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytishi musulmon deb tan olini shi uchun kifoya emas. Demak, islomda dastlab paydo bo‘lgan firqa «xorijiylar»dir. Boshqa dinlarda bo‘lgani kabi musulmonlar ichida ham firqalar bo‘lgan. Muhammad payg‘ambar (a.s.) aytganlaridek, islom dini da 73 ta firqaga bo‘linish yuz beradi. Ularning bittasigina to‘g‘ri yo‘lda qolganlari esa, zalolatda hisoblanadi. Qur’on oyatlari va hadislarda ham firqalarga bo‘linmaslikka buyuriladi. «Xorijiylar» o‘z talqinlaridagi «sof» islom qoidalariga qat’iy rioya qilish taraf dori edi. Aynan xorijiylar o‘z qarashlari va faoliyatiga qo‘shilma ganlarni imonsizga chiqarish, ularga qarshi «jihod» olib borish haqidagi g‘oyalarni ishlab chiqib, terror uslubini qo‘llash orqa li hukmdorlarni jismonan yo‘q qilish amaliyotini boshlab ber gan edi. Bunday g‘oyalar kelib chiqishiga ko‘ra hokimiyat uchun kurashning zo‘ravonlikka asoslangan usullaridan bo‘lib, minglab kishilarning halok bo‘lishiga olib kelgan. Azraqiylar (Azoriqa) guruhining asoschisi Nofih ibn alAz raqdir (vaf. 685y.). Xavorij guruhlari orasida eng murosasiz va beshafqat sanalgan bu jamoa hozirgi kungacha yetib kelmagan. Azoriqa ta’limotiga xos bo‘lgan jihatlar quyidagilar: – xalifa Alini «kofir» deb hisoblaganlar; – gunohi kabira qilgan musulmonlarni kofir deb e’lon qilgan lar; – azoriqalardan bo‘lmagan musulmonlar, ularning qari yalari, ayol va bolalari qonini to‘kishni (istiroda) halol deb hisob laganlar; – hayz ko‘rgan ayollarga ham namoz o‘qish va ro‘za tutishni farz deb hisoblaganlar; – mayda o‘g‘rilik uchun ham qo‘lni butunlay yelkadan kesib tashlashni buyurganlar. IX asr oxirida Iroqda yuzaga kelgan qarmatiylar ekstremis tik harakati ham islom arkonlarini tan olmagan holda, haj ama lini ham bid’at, butparastlik deb e’lon qilgan edi. Harakat o‘z nomini uning asoschisi Hamdon ibn alAshhasning laqabi «qar 22 mat» so‘zidan olgan bo‘lib, uning ma’nosi manbalarda turlicha «kalta oyoq» yoki «qizil ko‘z» kabi ma’nolarda ifodalangan. Qar matiylar islom tarixida o‘chmas dog‘ qoldirgan jinoyatlarni so dir etgan. Ular haj mavsumlarida karvonlarga hujum uyushtirib, bosqinchilik bilan shug‘ullangan. Xususan, 930yilda ular Mak kaga bostirib kirib, shaharni talontaroj qilganlar, bir necha ming hojilarni va Makka aholisini qatl etib, asirga olganlar. Ka’bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo‘lib, Bahraynga olib ketgan lar, faqat 20 yildan keyin katta to‘lov evaziga u Makkaga qayta rib berilgan. XI asr oxirida Eronda yuzaga kelib, maxfiy ravishda ish ko‘rgan «hashshoshiylar» (arab: hashish (nasha) chekuvchilar, gi yohvandlar) terrorchilik oqimi esa hokimiyatni egallash maqsadi da ularga xayrixoh bo‘lmagan hukmdorlarga suiqasd uyushtirish amaliyotini oldinga surgan edi. Uzoq vaqt hashshoshiylar ko‘plab hukmdorlarga tahdid solib turgan, hattoki, ayrim Yevropa mam lakatlari rahbarlari o‘z xavfsizliklarini ta’minlash uchun ularga to‘lov to‘lashga majbur bo‘lgan. Ingliz tilidagi suiqasd ma’nosi ni anglatuvchi «assassinate» so‘zi ham aynan «hashshoshiy» ata masidan kelib chiqqani oqimning o‘z davrida davlatlar xavfsizli giga katta tahdid tug‘dirganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, «hashshoshiylar» zamonaviy terrorchilar tomonidan ham keng qo‘llanilayotgan, oddiy kishilar va yoshlarga giyohvand modda larni iste’mol qildirib, o‘lsa shubhasiz jannatga tushishiga ishon tirgan. Diniy mutaassiblikka asoslangan ixtiloflar oqibatida chek siz nizolar, kelishmovchiliklar, hatto qonli urushlar kelib chi qib, katta talafotlarga va jamiyatning inqiroz tomon yuz tu tishiga sabab bo‘lgan. Buzg‘unchilik va zo‘ravonlikka asos langan, e’tiqodiy birlikka tahdid solgan bunday oqimlar faoliya ti o‘z davri ulamolari tomonidan qattiq qoralanib, sultonlar to monidan ta’qib qilinganini alohida ta’kidlash lozim. Masalan, Umaviy va Abbosiy xalifalar xorijiylarni butunlay qirib tashlash siyosatini olib borgan edilar. Islomning mohiyatiga butunlay zid 23 bo‘lgan bunday oqimlarning barchasi oxir oqibatda tanazzulga duchor bo‘lgan. Shunday bo‘lsada, yuqorida qayd etilgan oqimlarning g‘oya lari va amaliyot shakllari keyingi davrlarda ham rivoj topganini aytish joiz. Xususan, VII asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lib, to XVIII asrning oxiriga qadar islom olamida davom etib kelgan diniyekstremistik harakatlar inqirozga uchragan bo‘lsa ham, oradan oz muddat o‘tib, ular tomonidan talqin qilingan g‘o yalar zamonaviy ko‘rinishdagi turli mutaassib guruhlar yetak chilari mafkurasiga asos bo‘lib xizmat qildi va bu bilan diniy ekstremis tik harakatlar rivojining yangi davri boshlandi deyish mumkin. Shunday bo‘lsada, islomning asl mohiyatiga butunlay zid bo‘lgan yuqoridagi g‘oyalar va amaliyot shakllari keyingi davrlar da ham rivoj topdi. Islomda «inqilobiy kurash» ta’limotini yarat gan suriyalik Ahmad ibn Taymiya (1263–1328)ning fikrlari ke yinchalik «soxta salafiylik» kabi turli radikal harakatlarning yuzaga kelishiga xizmat qildi. Aslida islomda «salaf» (arab: «ajdodlar», «avval yashab o‘tganlar») deganda, hadislarga ko‘ra, Muhammad payg‘am bar (a.s.) zamonlari va undan keyingi ikki davrda yasha gan musulmonlar tushuniladi. Islom mujtahid ulamolari ilk musulmonlarni «salafi solih», ya’ni «solih ajdodlar» deb yak dil hisoblashadi. Ulardan keyingi davrlarda yashagan musul monlarga nisbatan «salaf» yoki «salafiy»lar tushunchalari as lo ishlatilmaydi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling